O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N


Nisbiy ko‘rsatkichlarning tasnifi



Yüklə 6,68 Mb.
səhifə24/165
tarix27.04.2023
ölçüsü6,68 Mb.
#107102
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T

Nisbiy ko‘rsatkichlarning tasnifi

Nisbiy miqdorlarning mazmuni, ya’ni voqelikning qanday tomonini ta’riflashi va hisoblash usuliga qarab ularni quyidagi tasnif guruhlariga ajratish mumkin (3.5-tarh).


Birinchi guruh nisbiy ko‘rsatkichlari murakkab obyekt yoki to‘plamning tuzilishi va uning farqlarini umumlashtirib ta’riflaydi. Tuzilish nisbiy miqdorlari ayrim unsur (qism)larning umumiy to‘plamdagi (murakkab obyekt hajmidagi) salmog‘i yoki hissasi qanday ekanligini aniqlaydi. Buning uchun ayrim unsur (qism) hajmi umumiy to‘plam hajmi bilan taqqoslanadi, ya’ni:
Si = ni / ni Bu holda  Si = 1.
Agarda salmoq yoki hissalarni foizda ifodalasak:

Si = ni*100 / ni Bu holda  Si = 100.


Bu yerda:
ni - i - unsur (qism)ning hajmi;
ni=N - to‘plam (murakkab obyekt)ning umumiy hajmi;
Si – i-unsur(qism)ning salmog‘i yoki hissasi.


3.5-tarh. Nisbiy ko‘rsatkichlar turlari.


Tuzilish va uning farqlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar ham kiradi:


a) koordinatsiya nisbiy miqdorlari: ular ayrim unsur (qism)larning bir-biriga nisbatini ta’riflaydi, ya’ni:
Ki = ni / ni-1 = Si / Si-1
Ki - koordinatsiya nisbiy miqdorlari (bir unsurni ikkinchisiga nisbati);
b) to‘plam tuzilishining murakkablik darajasini, hissalarning notekislik darajasini ta’riflovchi o‘rtacha absolut va o‘rtacha kvadratik tafovut ko‘rsatkichlari hamda ularning nisbiy ko‘rsatkichlari, ya’ni:


;


; ;
Bu yerda:
- hissalarning o‘rtacha absolut tafovuti.
- hissalarning o‘rtacha kvadratik tafovuti.
- o‘rtacha absolut tafovutning nisbiy ko‘rsatkichi.
- o‘rtacha kvadratik tafovutning nisbiy ko‘rsatkichi.
- o‘rtacha hissa darajasi, ya’ni = Si / N
N - to‘plam hajmi, ya’ni N = ni ;
v) ikki to‘plam tuzilishidagi farqlarni umumlashtirib ta’riflovchi ko‘rsatkichlar, masalan


sA-sB = (SiA - SiB )2 / (S2iA + S2iB ) ;
Bu yerda: SiA - A to‘plamdagi ayrim unsur(bo‘lak)lar hissasi;
SiB - B to‘plamdagi ayrim unsur(bo‘lak)lar hissasi.
Yuqorida zikr etilgan ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibini Andijon va Navoiy viloyatlaridagi qo‘shma korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar misolida ko‘rib chiqamiz.
3.2.-jadval.

Yüklə 6,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə