71
Yagona
Umumrespublika
Protsessing
Markazi
mutaxassislarining
ta'kidlashicha, QR-kodlarni kundalik hayotda elektron to‘lovlarni amalga
oshirishdagi vosita sifatida qo‘llanilishi aholi va savdo va xizmat ko‘rsatish
korxonalariga yangi imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi.
Internet do‘konlar va internet birja. Bugungi kunda “Internet do‘kon” nomi
ostida turli ko‘lam va maqsaddagi yechimlarning keng spektri taklif qilinmoqda.
Websum elektron to‘lov tizimidan foydalanadigan internet do‘konlar
quyida
keltirilgan:
UzEx internet birja – bu shaxsiy kompyuter orqali UzEx savdo
maydonchalarida savdo qilish imkoniyatini beruvchi
global milliy savdo
maydonchasi. Ushbu savdo tizimi, iPAY
tizimi foydalanuvchilariga, maksimal
qulayliklar bilan osongina o‘z tovarlarini sotish va kerakli
tovarlarni harid qilish
imkonini beradi.
3.2.–rasm
Uzbex.com O‘zbekiston global savdo tizimi
72
To‘lovlarning bankdan tashqari sektorini rivojlantirishning keyingi bosqichi
bu mobil to‘lovlar tizimlari bo‘ldi.
O‘zbekistonda Uzcard tizimi tadbiq etilganligi va har qaysi vaqt va har qaysi
joydan mobil moslamalar va kompyuterlar yordamida to‘lovlarni amalga oshirish
imkonini bergan bir qator loyihalar joriy etilganligi tufayli
elektron tijorat jadal
rivojlanmoqda. Hozirda Click, MBank, Sms T'olov
kabi onlayn rejimda
xizmatlarga to‘lash vositalari muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Odamlar
uylaridan chiqmay Mytech.uz, Esavdo.uz, Uzbekmarket.uz, Bozor.uz kabi
internet-do‘konlarda,
shu
jumladan, oziq-ovqat,
kiyim-kechak, texnika,
parfyumeriya, xo‘jalik tovarlari va hatto mebelni xarid qilishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: