O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali



Yüklə 218,43 Kb.
səhifə10/12
tarix05.04.2022
ölçüsü218,43 Kb.
#85066
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
TDIU SF Zakovat buyruq

Apellyatsiya tartibi

O‘yinda yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun Klub koordinatori mas’ul bo‘ladi.

O‘yin yakunida jamoalar natijalari e’lon qilingach jamoalar apellyatsiya bilan chiqishi mumkin. Turlar o‘rtasida yoki o‘yin davomida apellyatsiya berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jamoa ball olmagan savol(lar)ga bergan javobini hisoblash uchun murojaat qiladi.

Boshqa mazmunda berilgan apellyatsiyalar (masalan, boshqa jamoalarning javobini hisoblash yoki hisoblamaslik bo‘yicha) qabul qilinmaydi.

Apellyatsiya berish uchun jamoadan 2 yoki undan ortiq vakilning koordinator oldiga kelishi, yaqinlashishi, apellyatsiya jarayoniga aralashishi qat’iyan man etiladi. Ushbu holatlar aniqlanishi bilan jamoa apellyatsiya berish huquqidan mahrum etiladi va shu holat yuz bergunga qadar apellyatsiya natijasida hisoblangan ballari ham bekor qilinadi.

Agar apellyatsiya natijasida noto‘g‘ri savol hisobdan chiqarilsa, unda o‘sha savol uchun barcha jamoalarning ballari bekor qilinadi va o‘sha savol bo‘yicha apellyatsiyalar ham ko‘rib chiqilmaydi.

Javobni to‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya kelib tushmagan bo‘lsa ham, xuddi shu savol bo‘yicha berilgan boshqa apellyatsiya natijasida jamoalarga ball yozilishi mumkin. Masalan, savolning to‘g‘ri javobi “chiston”. Bir jamoa “she’riy topishmoq” degan qabul qilinmagan javob variantiga apellyatsiya berdi. Ushbu javob varianti to‘g‘ri deya qabul qilindi va jamoaga ball berildi. Bunday vaziyatda apellyatsiya bergan yoki bermaganidan qat’i nazar, “she’riy topishmoq” variantini yozgan barcha jamoalarga ball taqdim etiladi.

Apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayonida aniqlashtirish uchun internet vositalari yoki boshqa manbalardan foydalanish mumkin.



  1. Yüklə 218,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə