O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali



Yüklə 218,43 Kb.
səhifə2/12
tarix05.04.2022
ölçüsü218,43 Kb.
#85066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TDIU SF Zakovat buyruq

Direktor O.Murtazayev


Kiritildi:

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi TDIU SF


BT yetakchisi B.Baxodirov ________

Kelishildi:

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor


o‘rinbosari F.Axrorov__________




O‘rganib chiqildi:

Yuriskonsult_______________


Jismoniy va yuridik shaxslar bilan
ishlash, nazorat va monitoring
bo‘limi N.Tuxtamurodova
___________________



1-ilova

Oliy ta’lim muassasasida “Zakovat” intellektual klubini tashkil etish

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.1. “Zakovat” intellektual klubi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida yuritadi.

1.2. “Zakovat” intellektual klubi (keyingi o‘rinlarda Klub deb yuritiladi) oliy ta’lim muassasasining bilimli, aql-u zakovatli yoshlaridan tashkil etilgan intellektual klub hisoblanadi.

II. “Zakovat” klubining maqsad va vazifalari

2.1. “Zakovat” klubining maqsadi talaba-yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-96-son qarori doirasida qamrab olish, yoshlarni iste’dodi, qobiliyatini rivojlantirish, intellektual o‘yinlar orqali yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish, yoshlardagi intellektual salohiyatni ko‘tarish va ularning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

“Zakovat” intellektual klubini tashkil etishdan maqsad:

– Intellektual o‘yinlar orqali talaba-yoshlarni bilim salohiyatini oshirish, faol ishtirok etishlariga ko‘maklashish, yoshlarning qobiliyati, bilimini rivojlantirish;

– talaba-yoshlarni mustaqil va intellektual faoliyatga yo‘naltiruvchi tashabbuskorlik va bunyodkor g‘oyalar ruhida tarbiyalash;




Yüklə 218,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə