O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali


Boshlovchi va uning yordamchilari tomoshabinlarni jamoalarga yordam berish holatlarini oldini olishni nazorat qiladi



Yüklə 218,43 Kb.
səhifə9/12
tarix05.04.2022
ölçüsü218,43 Kb.
#85066
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
TDIU SF Zakovat buyruq

Boshlovchi va uning yordamchilari tomoshabinlarni jamoalarga yordam berish holatlarini oldini olishni nazorat qiladi.

Barcha javoblar yig‘ib kelingach boshlovchi savolning javobini e’lon qiladi. Savolning javobi e’lon qilinganda qaysidir jamoada javobga e’tiroz bo‘lsa, o‘yin tugab umumiy natijalar e’lon qilingandan so‘ng apellyatsiya jarayonida e’tirozlar ko‘rib chiqiladi.

Boshlovchi 1-tur yakunlangach 5 daqiqa tanaffus e’lon qiladi va shu tanaffus davomida 1-turda jamoalarning natijalarini hisoblab, 2-tur boshlanishidan oldin e’lon qiladi. Jamoaning zaxira o‘yinchisini 1-tur yakunlangandan so‘ng boshqa o‘yinchi bilan almashtirish mumkin.

Jamoalarni baholash uchun boshlovchiga yordam beruvchi hisob hay’ati tuzilishi mumkin. Hisob hay’ati o‘yinda ishtirok etuvchi jamoalar soni 10 tadan oshganda tuzish tavsiya qilinadi. Hisob hay’ati a’zoligiga Klub koordinatoridan tashqari maktabning boshqa o‘qituvchilari va jamoasi o‘yinda ishtirok etmayotgan klub a’zolarini jalb qilish mumkin.

Komissiya a’zolarining asosiy vazifalari:

– har bir jamoa tomonidan berilgan to‘g‘ri javobga bir baldan berish;

– har bir raund yakunidan so‘ng javob varaqalarini yig‘ib, raundlarga ajratgan holda apellyatsiya jarayonigacha saqlab qo‘yish;

O‘yin yakunida eng ko‘p ball to‘plagan jamoa g‘olib sifatida topiladi. Bunda jamoalarning apellyatsiya natijasida olgan ballari ham inobatga olinadi. Jamoalar ballari reyting jadvaliga yozib boriladi (nizomning 2-ilovasi).

Har bir o‘yindan so‘ng umumiy natijalar “Zakovat intellektual klubi” elektron platformasiga Klub koordinatori tomonidan joylashtiriladi.





  1. Yüklə 218,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə