9
KIRISH
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida “Biz ta’lim va tarbiya tizimining
barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni
o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”, - deb ta’kidlagan edilar.
Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgargan xodimlarimiz,
mutaxassislarimizga ko‘p jixatdan bog‘liqdir.
Yangicha fikrlaydigan, bozor
sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yuritadigan,
yuksak malakali, chuqur bilimli
mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan
davlatlar qatoridan mustaxkam o‘rin egallashi
uchun zamonaviy kompyuter
texnologiyalarini xayotimizning barcha jabxalariga keng joriy etib kelinmoqda.
Xozirgi vaqtda kompyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda asosiy
e`tibor foydalanuvchilarga emas, dasturchilarga qaratilmoqda. Shuni hisobga olib,
talabalarda dasturlar tuzish ko‘nikmalarini hosil qilish
va ularda kerakli amaliy
dasturlarni yarata olish imkoniyati shakllantirishga katta e`tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturida ham yosh
avlodni yangi kompyuter texnologiyalarini egallashi, ularning
bilimlarini chet el
talabalari saviyasiga etkazish dolzarb masala qilib qo‘yilgan.
So‘ngi yillarda kompyuterning dasturiy ta’minoti rivojlanishi asosiy
yo‘nalishlaridan biri bu obyektga yo‘naltirilgan dasturlash sohasi bo‘ldi. Obektga
yo‘naltirilgan operatsion tizimlar (Masalan, Windows), amaliy dasturlar va obyektga
yo‘naltirilgan dasturlash tizimlari ham ommaviylashdi.
Birinchi obyektga yo‘naltirilgan dasturlash elementi Simula-67 (1967 y.,
Norvegiya) tili bo‘ldi. Turbo PASCAL ning 5,5 versiyasidan
boshlab obyektga
yo‘naltirilgan dasturlash vositalari paydo bo‘ldi. Turbo PASCAL ning rivoji yakuni
sifatida BORLAND filmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi yaratilishi bo‘ldi.
Ushbu tizim yordamida tez va oson murakkab bo‘lgan grafik interfeysni
10
dasturlash imkoniyati mavjud. 1991- yilda Visual BASIC ning I versiyasidan
boshlab bu til to‘laligicha obyektga yo‘naltirildi (1997- yil).
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan yana biri 1995-
yilda Jeyms
Gosling boshchiligida Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir.
Uni ishlab chiqishda maxsus o‘rganish talab qilmaydigan, sodda tilni maqsad
qilingan.
JAVA tili maksimal darajada C ++ tiliga o‘xshash bo‘lishi uchun yaratilgan.
JAVA Internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal vositasidir. So‘ngi
yillarda
Microsoft kompaniyasi tomonidan C++ davomchisi sifatida C # (Ci sharp) tili
yaratildi.
1985- yilda Bell Labs (AQSh) laboratoriyasi C++ dasturlash tili
yaratilganligini xabarini berdi. Bugungi kunda bu til obyektga yo‘naltirilgan
dasturlash tillari orasida mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun –
shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi
Born Straustrupdir.
Dostları ilə paylaş: