O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə103/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

13-Bob. Mavsumiy tebranishlar
Ushbu bob materiallarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgandan so‘ng talabalar quyidagi bilim, ko‘nikma va mahoratga ega bo‘ladilar:

-mavsumiy tebranishlar mohiyatini tushunish;

-ekonometrik modellarda identifikatsiya muammolarini yechish yo’llarini bilish;

-regression model o’zgaruvchilarini chiziqsizligi va uni hal etish usullarini qo’llash tamoyillarini bilish.
13.1. Mavsumiy tebranishlar to’g’risida tushuncha.
Ekonometrik modellar turkumi, ijtimoiy-iqtisodiy bog’liqlikni kengroq yoritgan holda, ayniyat va yagona usulda aniqlandigan regression ko’paytmalardan tarkib topgan bo’lib, shu sababdan ularni boshlang’ich shaklida tuzilmaviy tenglama deb ataydilar. Tuzilmaviy tenglamalarning o’ng tomoni avvaldan aniqlangan o’zgaruvchilardan iborat bo’lib, ular tizimning kechikuv endogen o’zgaruvchilar va qator egzogen o’zgaruvchilardan tashkil topgan. Har bir tenglamada bitta qidirilayotgan endogen o’zgaruvchi ishtirok etadi. Bularga qo’shimcha tarzda ayrim modellar o’ziga ayniyat va tenglamalarni ham kiritgan bo’lib, bularning o’lchamlari baholanmaydi, balki aprior asosida beriladi.

Ekonometrik tenglamalarning tuzilmaviy tizimi va ularning o’lchamlari iqtisodiy taxlilda salmoqli qiziqishga ega bo’lib, iqtisodiyotning asl moxiyatini tushunishga imkon yaratib, qarorlar qabul qabul qilishda muhim qurol bo’lib xizmat qiladi.

Tarmoqni majmui ekonometrik tenglamalari tizimini shakllantirish o’rnida vujudga kelgan O’zbekistonda qishloq xo’jaligining rivojlantirishning asosiy tendentsiyalari va qonuniyatlarini sifatli tahlili, uning iqtisodiy o’sish dinamikasining yaxlitligi bilan tavsiflanadigan asosiy iqtisodiy o’lchamlari orasidagi bog’liqlikni o’rganish imkoniyatini berdi. Qishloq xo’jaligining rivojlninshini modellashtirish va oldindan taxmin qilishda, keyinchalik quyidagi belgilashlar qabul qilindi.

Endogen o’zgaruvchilar: - qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan asosiy ishlab chiqarish fondlarini sof o’sishi va o’lchami, mln. so’m; - asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizasiya fondlari miqdori, mln. so’m; -qishloq xo’jaligiga, jumladan suv xo’jaligi qurilishiga qo’yiladigan kapital qo’yilmalarning umumiy hajmi mln. so’m; -qishloq xo’jaligidagi umumiy ekin maydonlari o’sishi va o’lchamlari, ming ga; Ht - qishloq xo’jaligiga yetkazib beriladigan mineral o’g’itlar miqdori ming tonna; - ishtirok etadigan ishlovchilarning o’rtacha yillik miqdori, ming kishi; - qishloq xo’jaligidagi yalpi va sof mahsulotning hajmi, mln. so’m; - qishloq xo’jaligidagi materil harajatlari, mln so’m.

Kechikuvchi endogen o’zgaruvchilar: - asosiy ishlab chiqarish fondlari, ishlovchilar soni va t-1 yilda sof mahsulot hajmi.

Avaldan aniqlangan o’zgaruvchilar: - qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish kapital qo’yilmalarning t- yildagi bir, hamda ikki yilga kechikishi bilan hajmi, mln. so’m; St - respublikaning jamg’arma fondi, mln. so’m; Ptnp - sanoatning yalpi mahsulot hajmi, mln. so’m; T - vaqt; Q - suv resurslar hajmi, mlrd. m3.

Ekonometrik modelda 8 ta oldindan aniqlangan va kechikayotgan o’zgaruvchili 12 ta tenglama bor. Ular chiziqli tenglamalar yechish algoritmlaridan birining yordamida yechish mumkin. Model nisbatan agrigirlangan va mos shaklda qishloq xo’jaligi rivojlanishining hal qiluvchi parametrlarining asosiy bog’liqliklarini aks ettiradi, hamda tarmoqning o’sish sur’atlarini sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yillar bo’yicha va uzoq muddatli davrga hisob-kitobini ko’zda tutadi.

Ekonometrik model rekursiv va dinamik hisoblanib, tarmoq rivojining dinamikadagi qonuniyatlarini tasavvur etish imkoniyatini yaratadi. Model o’lchamlari mustahkam bo’lib, demakki, qisqa muddatli va uzoq muddatli mulütiplikatorlarni hisoblash mumkin.

Model teskari aloqalarning bir asosiy zanjiriga ega:
(1)

Bu o’zgaruvchilar ekonometrik modelning asosiy negizini tashkil qiladilar. Shu bilan birgalikda St , parametrlari, ekonometrik modellarini yechish yo’li bilan hosil qilinadi.

Qishloq xo’jaligidagi moddiy harajatlarning yalpi mahsulot hajmiga bog’liqligi aks ettiruvchi (1) tenglama, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi sof mahsulot hajmini topish va oldindan aytib berish uchun nazorat qiymatiga ega. Model faqatgina oldindan aytib berish qiymatiga ega bo’libgina qolmasdan, undan, oldindan aniqlangan o’zgaruvchilarga oid axborotga ega bo’lgandagi reja bajarilishining nazaroti uchun ham ishlatilishi mumkin, ya’ni amalda qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishga bog’liqlikni solishtirishning zarur vositasi hisoblanadi.

Tuzilmaviy ekonometrik model umumlashtirib, oddiy shaklga ega bo’lishi mumkin:


, (2)

bunda Xt - n endogen o’zgaruvchilarning vektori; Zt - m ekzogen o’zgaruvchilvrnig vektori; t - n xatolarning vektori.

(2) tizimning har bir tenglamasi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri o’zgarishi qonuniyatlari o’zgarishini yoritib beradi. Ekonometrik modelning mo’ljallanishi shundan iboratki, ya’ni, qanday usulda (Zt) ekzogen o’zgaruvchilar va ayrim (t) tasodifiy xatolar qiymatlari asosida endogen o’zgaruvchilar qiymatlari aniqlanishini belgilashdir.

Agar matritsa o’ziga bo’lsa, tuzilmaviy modeldan keltirilgan modelga o’tsa bo’ladi. Bunda har bir endogen o’zgaruvchilarning va ayrim tasodif og’ishmalarning funktsiyasi hisoblanadi. Shuning uchun:


(3)

bunda
(4)


Ekonometrik modelning keltirilgan formulasidan bevosita oldindan aytib berish uchun foydalanish mumkin, chunki masasla oldindan aniqlangan o’zgarvuchilarning taxmin qilingan qiymatlariga mos keladigan endogen o’zgaruvchilar qiymatlarini topishdan iborat.

Tuzilmaviy va keltirilgan parametrlar orasida bir jihatli moslikning mavjudligi identifikatsiyalash muammolari bilan bog’liq. Uning ahamiyati ayniqsa eng kichik kvadratlari bevosita usulida tenglamalar o’lchamlarini baholashda juda salmoqli. Identifikatsiyalash keltirilgan shaklning hisoblangan parametrlari asosida tuzilmaviy parametrlarni aniqlash mumkinligi savolga javob beradi. Natijada identifikatsiya dastlabki ko’rsatkichlar muammosiga emas, balki o’ziga xoslik muammosiga borib taqaladi.

Ekonometrik modellar yuqori identifikatsiyalangan, to’la identifikatsiyalanmagan va aniq identifikatsiyalangan darajasiga ega bo’ladi. Birinchi modellar keltirilgan shakl koeffitsientlari asosida ikki va undan ortiq bir tuzilmaviy parametr qiymatlarini olish mumkin bo’lsa; ikkinchi modellar esa keltirilgan shakl koeffitsientlari asosida tuzilmaviy parametrlarni aniqlashga imkoniyat bermasa, o’zo’rniga ega bo’ladi; aniq identifikatsiyalangan modelda tuzilmaviy tenglamalar parametrlari faqat keltirilgan shakl koeffitsientlari asosida aniqlanadi.


Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə