O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


Hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash usullari



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə78/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

10.1.Hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash usullari.
Umumlashgan katta sonni tahlil qilish va konkret kuzatishda u yoki bu qonuniyatlarni aniqlash zaruriyatlari ko’pgina iqtisodiy tadqiqotlarning xarakterli xususiyati hisoblanadi. Real borlikda hech bir iqtisodiy zarurat bevosita sof holda namoyon bo’lmaydi.

Bir qiymatli o’zgartirish boshqasining o’rtacha qiymatining o’zgarishiga olib keladigan hollarda bog’lanishni o’rganish katta qiziqish uyg’otadi. Mana shunday bog’lanishga korrelyatsion bog’lanish deyiladi. Korrelyatsiyani tahlil qilishdan maqsad hodisalar o’rtasidagi bog’lanishning zichligini o’rganishdir. Bog’lanishlar o’z mohiyatiga ko’ra, sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Ijtimoiy hodisalar, shu jumladan iqtisodiy hodisalar odatda murakkab bog’lanishga ega bo’ladi.

Korrelyatsion tahlil – hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni aniqlaydigan usullaridan biri hisoblanadi. Lekin faqat korrelyatsion tahlil bog’lanishning zichligi haqida oddiy baho bera oladi. bu holat iqtisodiy tadqiqotlarda korrelyatsion tahlilni keng qo’llash imkoniyatini beradi. Korrelyatsion tahlil haqida gapirganda, regression tahlilni unutmaslik kerak. Regression tahlil hodisalar o’rtasidagi bog’lanishning statistik tahlil usuli bo’lib, bog’lanish formalarini tahlil qiladi. Regression tahlil natijalari regressiya tenglamalari va koeffitsiyentlarida sifat ifodasiga ega.

Korrelyatsion va regression tahlilning samaradorligini ko’pgina muammolarning hal qilinishiga bog’liq bo’ladi. Korrelyatsion va regression tahlil qilishdan oldin o’rganilayotgan hodisalar o’rtasida bog’lanish har tomonlama sinchiklab tahlil qilinishi lozim. Haqiqatan ham bog’lanish mavjud bo’lsa, korrelyatsion va regression tahlil usulidan foydalanish hamda real ahamiyatiga ega bo’lgan natijalarni olish mumkin bo’ladi.

Korrelyatsion tahlilning birinchi vazifasi korrelyatsion bog’lanish formalari, ya’ni regressiya funksiyasi ko’rinishlarini (chiziqli, darajali, logarifmik va x.k.) aniqlashdan iborat. Bog’lanish formalarini tanlash regressiya tahlili va tanlanayotgan funksiya haqidagi ma’lum gipotezalarni ishlab chiqish va tahlil qilishdan boshlanadi. Regressiyalarni tenglashtirish korrelyatsion modellarning tarkibiy qismi bo’lib, uni to’g’ri tanlay bilish modellashning eng mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi.

Tahlil vaqtida garchi bir tanlangan formaning to’g’riligini baholashning ba’zi bir usullari ishlab chiqilgan bo’lsa ham bog’lanish formasini tanlay bilish juda muhim hisoblanadi.




Iqtisodiy hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarning murakkabligi ko’pincha mavjud hodisalar butun kompleksini tahlil bilan qamrab olish mumkin bo’lmagan holatni keltirib chiqaradi. Regressiyalarni konkret tenglashtirish har doim ma’lum darajada abstraktlash asosida ko’riladi. Regressiya tenglamalarini ko’rish hodisalar o’rtasidagi bog’lanish konkret formasini aniqlashda gipotetik eksperiment hisoblanadi.




Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə