O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


Ishlab chiqarish funktsiyalar bo’yicha prognozlantirish



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə91/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

11.4.Ishlab chiqarish funktsiyalar bo’yicha prognozlantirish

bosqichlari.
Ekonometrik model deganda, prognozlantirish ob’ektning barcha mavjud omillarini o‘zaro bog‘lanishini ifodalovchi regressiya tenglamalar tizimlari tushuniladi.

Ilmiy tadqiqotlarda keng tarkalgan ekonometrik tenglamalar - bu ishlab chiqarish funksiyasidir. Ishlab chiqarish funksiyalarini qurishdan maqsad - ishlab chiqarish jarayonini natijalariga omillarning ta’siri darajasi va xarakteristikalarini aniqlash, miqdoriy baholashdir.

Ishlab chiqarish funksiyalari turli ko‘rinishga ega bo‘lib, analitik ko‘rinishi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli.

Noma’lum o‘zgaruvchilar soni bo‘yicha ishlab chiqarish funksiyalari quyidagilarga bo‘linadi:

- bir omilli: ishlab chiqarish mahsuloti, yoki asosiy fondlar, yoki mehnat harajatlari bilan bog‘liqligini bildiradi;

- ko‘p omilli: ishlab chiqarilgan mahsulot bir nechta omillar bilan bog‘langan.

Ishlab chiqarish funksiyalar bo‘yicha prognozlash uchun ketma-ket bir nechta bosqichlardan o‘tish lozim:

1. Berilgan ma’lumotlar asosida korrelyatsion tahlil o‘tkaziladi:

a) xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentlar matritsasi hisoblanadi;

b) juft korrelyatsiya koeffitsiyentlari matritsasi hisoblanadi.

2. Korrelyatsion tahlil natijasida tanlangan omillar asosida regressiya tenglamasi quriladi;

3. Qurilgan tenglama quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

a) Fisher mezoni;

b) Styudent mezoni;

v) Darbin-Uotson mezoni;

g) Ko‘plik korrelyatsiya koeffitsiyenti;

d) Determinatsiya koeffitsiyenti;

ye) approksimatsiya xatoligi.

4. Qurilgan tenglama mezonlarga mos kelsa, keyin asosiy ko‘rsatkich tenglama asosida prognoz davri hisoblanadi.

5. Ishlab chiqarish funksiyasini asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

a) o‘rtacha unumdorlik omillari;

b) chegaraviy unumdorlik omillari;

v) resurslar bo‘yicha elastiklik koeffitsiyentlari;

g) resurslarga talab;

d) resurslarni almashtirish chegaralari.


Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə