O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə100/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

Qisqa xulosalar.

Prognozlashda ekstropolyatsiya usuli o’rganiladigan ob’ektning rivojlanishiga taalluqli bo’lgan omillarning doiraviylik, o’zgarmaslik shartiga asoslangan bo’lib, ob’ektning o’tmishdagi va shuncha asoslanib kelajakdagi rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.

Dinamik qatorlarning o’zgarish darajalariga qarab ekstrapolyatsiya oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Prognozlashning oddiy ekstrapolyatsiya usuli tenglamalarining absolyut qiymatlari, qatorlarning o’rta qiymatlari o’rtacha absolyut o’sish va o’sishning o’rtacha tezligi nisbatan o’zgarmas qiymatlarga ega degan xulosaga asoslangan. Prognozning murakkab ekstropolyatsiya usuli, trendni ifodolovchi statistik formulalarni qo’llashga asoslangan bo’lib ikki turga: moslashgan va analitik turlarga bo’linadi. Qisqa muddatga prognozlash keng qo’llaniladigan prognozlash usuli ekstrapolyatsiya usulidir. Ekstrapolyatsiya usuli prognozlashni odatda bir o’lchamli vaqtlar qatori asosida amalga oshiradi. Ma’lumki bir o’lchamli vaqt qatorlarini modellash usullari iqtisodiy ko’rsatkichlarning dinamik qatorlarga asoslangan bo’lib quyidagi to’rt tarkibiy qismlardan tashkil topgan.

Iqtisodiy-ijimoiy jarayonlarni modellashning keng tarqalgan usuli vaqt qatorlarni tekislash usulidir. Tekislashgan har xil usullari mavjud bo’lib ularning eng asosiylari qatorlarning amaldagi qiymatlarini hisoblab topilganlari bilan almashtirishdir.

Prognoz iqtisodiy rivojlanish variantlarini avvalgi rivojlanish omillari va yo’nalishlari prognoz qilinish davrida ham saqlanib qoladi degan gipoteza kelib chiqib aniqlaydi. Bunday gipoteza qilishga iqtisodiy holat va jarayonlarning yetarlicha inertligi sabab bo’ladi.

Dinamik qatorlarning ekstropolyatsiyasi asosida prognoz qilish har kanday statistik prognozlashlar singari erishilishi lozim bo’lgan aniq maqsadga yo’naltirilgan yoki intervalli bo’lishi mumkin.


Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Prognozlashning ekstrapolyatsiya usuliga ta’rif bering.

  2. O’rtacha absolyut o’sish bo’yicha ekstropolyatsiya nima?

  3. Ishlab chiqarish funksiyalarini prognoz modellarida qo’llash yo’llari qanday?

  4. Dinamik qatorlarning rivojlanish yo’nalishiga ta’rif bering?

  5. Trend deganida nimani tushunasiz?

  6. Tasodifiy tarqibiy qismini qanday tushunasiz?

  7. Chiziqli trendlarni ko’rsating.

  8. Egri chiziq deganida nimani tushunasiz?

  9. Gompers egri chizig’ini ko’rsating.

  10. O’rtacha kvadrat xatolikni qanday tushunasiz?



Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə