O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


Iqtisodiy o‘sishning ekonometrik tahlillarida ishlab chiqarish funksiyalarini qo‘llash



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə61/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

8.2. Iqtisodiy o‘sishning ekonometrik tahlillarida ishlab chiqarish funksiyalarini qo‘llash

Ishlab chiqarish funksiyalari xo‘jalik faoliyatining ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi, mehnat va kapital sarfi, fondlar qaytimi mehnat unumdorligi kabi ko‘rsatkichlararo bog‘liqliklarni modellash hisoblanadi.

Umumiy holda mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi funksiya ko‘rinishida berishimiz mumkin.
N = f ( F1, F2, F3…Fn ) (1)

bunda N – ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi;

F1, F2, F3…Fn - ishlab chiqarishga, ya’ni iqtisodiy o‘sishga ta’sir

qiluvchi omillar (mehnat, asosiy fondlar, xomayoshe va h.k.)

Shunday qilib ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi funksiya ya’ni ishlab chiqarish funksiyasini to‘plam korrelyatsiya tenglamasi bilan ifodalash mumkin.

Iqtisodiy matematik modellarni tuzishda iqtisodiy o‘sish (ishlab chiqiladigan mahsulotlar hajmi) va unga ta’sir qiladigan omillararo chiziqli bog‘liqlik mavjud deyiladi. Bua tahmin iqtisodiy o‘sish va uning omillariaro bog‘liqlikning proporsional aniq koeffitsiyenti, ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarf koeffitsiyenti bilan belgilanadi. Iqtisodiy o‘sish tahlilida qo‘llaniladigan chiziqli dasturlash modellaridagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va omillar (resurslar) sarfi to‘g‘ri proporsional nisbatda bo‘ladi.

Ishlab chiqarishning chiziqli funksiyalaridan foydalanish amalda qo‘llaniladigan va tuzish oson bo‘lgan matematik modellarni tuzish imkonini beradi.

Ammo iqtisodiy o‘sish va uning omillararo faqat chiziqli bog‘liqlik bo‘ladi deyish noto‘g‘ri tushunchadir. Haqiqatan iqtisodiy o‘sish, xomashyo va asosiy vositalar sarfi aro chiziqli bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, mehnat va asosiy fondlar sarfi aro bog‘liqliklar chiziqli ko‘rinishdan murakkabdir. Iqtisodiy o‘sish tahlilining iqtisodiy-matematik modellarini tuzish va yangi usullardan foydalanish o‘sish va uning omillari o‘rtasidagi bog‘liqliklarni chuqurroq va aniqroq o‘rganib chiqishni talab etadi.

Ko‘p hollarda iqtisodiy o‘sishning chiziqsiz ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

(2)
Bu ishlab chiqarish funksiyasi yordamida har bir omilning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini aniqlashimiz mumkin. Iqtisodiy o‘sishg tezligi ikki xil, o‘sishning absolyut tezligi va o‘sishning nisbiy tezligi ko‘rinishida bo‘ladi. Har ikkala o‘sish tezligini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.

Iqtisodiy o‘sishning har bir omili uchun iqtisodiy o‘sishning absolyut o‘sish tezligi o‘sishning chiziqsiz ko‘rinishidan biron bir omil bo‘yicha xususiy hosila olish bilan aniqlanadi. Masalan birinchi omil uchun



(3)

Ma’lumki, iqtisodiy o‘sish uning barcha omillariga bog‘liq. Omil bo‘yicha olingan xususiy xosilalar nisbati bu omillarning o‘rin almashuvining o‘ziga xos me’yoriy ko‘rsatkichi bo‘ladi.

Iqtisodiy o‘sishning absolyut tezligidan tashqari o‘sishning nisbiy tezligi ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy o‘sishning nisbiy tezligi o‘sishning biron bir omil sarfi 1% o‘zgarganda ishlab chiqarilgan mahsulot qancha foizga o‘zgarishini ko‘rsatuvchi miqdordir.

O‘sishning nisbiy tezligi absolyut tezlikni biron omilning (ishlab chiqarish resursi) bilan ishlab chiqarilgan mahsulot nisbatiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Uning matematik ko‘rini quyidagicha bo‘ladi.

(4)

Iqtisodiy o‘sishning nisbiy tezligi ishlab chiqarishning omillar sarflari bo‘yicha elastikligi deyiladi va odatda Ye bilan belgilanadi. Demak har qanday iqtisodiy o‘sish omili (resurs turi) uchun ishlab chiqarishning omillar sarflari bo‘yicha elastikligi



(5)

bo‘ladi.


Shunday qilib iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot funksiyasidan foydalanilsa, sarflar bo‘yicha elastikli barcha o‘sish omillari uchun o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lib tegishli regressiya koeffitsiyentlarga teng bo‘ladi. Boshqacha aytsak maxsulot hajmining qancha bo‘lishidan qat’iy nazar i – turidagi o‘sish omilining (ishlab chiqarish resursining) sarfini 1% ga ko‘paytirish ishlab chiqiladigan mahsulot hajmining ai% ga ko‘paytiradi.

Iqtisodiy o‘sish tahlilida qo‘llaniladigan ishlab chiqarish funksiyalarining xususiyatlarini aniqlashda umumiy elastiklik A ning miqdori bilan belgilanuvchi regressiya koeffitsiyentlari yig‘indisi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

A = a1 + a2 + a3 +...+an (6)

Agar iqtisodiy o‘sishning barcha omillari K martaga o‘zgarsa ishlab chiqiladigan mahsulotning miqdori quyidagicha bo‘ladi.



(7)

bunda A=1, A1 va A<1 qiymatlarini qabul qilish mumkin.

Agar A=1 bo‘lsa, ishlab chiqarish sarfini k martaga ko‘paytirish, ishlab chiqilgan mahsulotlar miqdorlarining ham k marta ko‘payishiga sabab bo‘ladi, demak, iqtisodiy o‘sishning ham shuncha martaga o‘sishiga olib keladi.

Agar A1 bo‘lsa, ishlab chiqarish sarfining k martaga ko‘payishi ishlab chiqilgan mahsulot miqdorining k martadan ko‘proq ko‘payishiga sabab bo‘ladi, iqtisodiy o‘sishning k martadan ortiqroq ko‘payishiga olib keladi.

Agar A<1bo‘lishi ishlab chiqarish sarfining k martaga ko‘paytirish ishlab chiqilgan mahsulotning k marta ko‘payishini ta’minlaydi, demak iqtisodiy o‘sishning k martadan kamroq miqdorga ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Iqtisodiy o‘sish tahlilida ishlab chiqarishning sarflari bo‘yicha elastikligidan tashqari biron –bir omilning sarfini bir-birlikka ko‘paytirganimizda va boshqa omillar o‘zgarishsiz qolganda ishlab chiqilgan mahsulot miqdorining o‘zgarishini ko‘rsatuvchi differensiallashgan o‘sish ko‘rsatkichi ham mavjuddir.

Тahlilning ishlab chiqarish omillarining umumiy usuli, barcha omillarning bir vaqtda 1% o‘zgarishi mahsulot miqdorining qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatuvchi usuldir.

O‘zaro almashuvning elastikliligi omillarning differensiallashgan o‘sishining 1%ga o‘zgarishi bilan belgilanadi.

Тexnik vositalari va ma’nolari bilan bir-biridan farq qiladigan yuqoridagi ishlab chiqarish funksiyalaridan uchtasini ko‘rib chiqaylik.

1.Kobb-Duglas (KD) funksiyasi.

2.UEU (Errou-Cheneri, Minxasa va Solou) funksiyasi yoki boshqacha aytganda ishlab chiqarish omillarining o‘zgarmas elastikligi o‘zaro almashuvi funksiyasi.

3.UChK (Bruno) funksiyasi ya’ni omillarning ishlab chiqarishga o‘zgarmas miqdorda (darajada) o‘atnashuvchi funksiyasi.

Ishlab chiqarish funksiyalarini amalda birinchi marta AQSh yengil sanoatiga tegishli bo‘lgan statistik ma’lumotlar asosida Ch.Kobb va P.Duglas tadqiq qilishib quyidagi ishlab chiqarish funksiyasini taklif qiladilar.

(8)

bunda N – ishlab chiqilgan mahsulot miqdori;

L – ishchi kuchi miqdori;

K – asosiy kapital.

Тenglama parametrlari boshlanishida a1 + a2 = 1 deb qabul qilinadi. Bu shart bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishi iqtisodiy o‘sish ish kuchining va kapitalning miqdoriy o‘sishi bilan amalga oshadi degan xulosaga olib keladi. Umuman bu qandaydir ma’noda iqtisodiy to‘g‘ri, agar ishlab chiqarish korxonalar soni ortsa albatta mahsulotlar miqdori ham ortadi.

Ammo chuqur tahlil ishlab chiqarish hajmiga nisbatan omillar sarfi neytral munosabatda bo‘lmasligini ta’kidladi. Ayrim tarmoqlarda (energetika, metallurgiya) korxonalar o‘lchamining kattalashuvi, mehnat va kapital sarfini ko‘payish yaxshi samara bersa, boshqa ko‘p ishlab chiqarish tarmoqlarida (qishloq xo‘jaligi, savdo, yengil sanoat) mehnat va kapital sarfining kengayishi ma’lum chegaralardan so‘ng samaradorlikning pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Agar ishlab chiqarish funksiyalari parametrlarini aniqlashda a1 +a2 = 1 sharti qo‘yilsa natijasida tarmoq va tarmoqlar guruhlari ishla chiqarishlari kengayishining samaradorligini ko‘rsatuvchi elastiklik koeffitsiyentiga ega bo‘linadi, agar a1+a21 bo‘lsa, samaradorlik bor, o‘suvchi, agar a1+a2<1 bo‘lsa, ishlab chiqarish korxonalari hajmining o‘sishi samaradorlikning pasayishiga sabab bo‘ladi.

Iqtisodiy o‘sishda ishlab chiqarish resurslari hajmini ko‘paytirish bilan bir qatorda texnika va texnologiyani takomillashtirish, ichshilar malakasini oshirish, ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish shu kabi omillarning ham ahamiyati katta bo‘ladi.

Тexnik progresslar ishlab chiqarish funksiyalarida vaqt davomida ishlab chiqarishning o‘sishi tendensiyalari shakllarida beriladi. Shularni hisobga olgan Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko‘rinishni oladi:




Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə