O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti


-bir necha resursli ishlab chiqarish funktsiyalariga ta’rif berish



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə88/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

-bir necha resursli ishlab chiqarish funktsiyalariga ta’rif berish.
11.1.Ishlab chiqarish funktsiyalarning umumiy xossalari.
Ishlab chiqarish funktsiyasi yozuvining umumiy formasi quyidagichadir:

(1)

bunda: Y - mahsulot chiqarish xajmi;

x1, x2,..., xn - ishlab chiqarish omillari;

- tasodifiy miqdorlar.

Qo’shimcha mahsulot umumiy mahsulotga ishlab chiqarish resurslarining har bir keyingi biriligi tomonidan qo’shilgan kattalikni harakterlaydi. Xi resursi uchun qo’shimcha mahsulotlar (ishlab chiqarish sirti og’ish burchagining tangensi yoki harajatlar - chiqarishning egri chizig’i) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

(2)

i va j resurslar almashinuvining so’ngi normasi quyidagicha aniqlanadi:



(3)

Bunday tenglamalar izokvant tenglamalari (xarajat kombinatsiyalari turlicha bo’lganda bir xil darajadagi harajatlar) deyilib, ishlab chiqarish darajasidan bir resurs xarajatini boshqa resursning chiqarish va xarajat darajasi funktsiyasi tarzida ifodalash yo’li bilan keltirib chiqariladi, ya’ni:



(4)

bunda funktsionaldir.

Izoklinallar tenglamasi mahsulot chiqishining ortishi uchun xarajatlar kombinatsiyasidagi o’zgarishlarning yo’nalishini ko’rsatadi:

(5)

bunda k - qayd qilingan miqdor.

Amaliy hisob-kitoblar resurslarning optimal kombinatsiyalarini topish uchun eng so’nggi samaradorliklar nisbati ular narxining nisbati bilan qiyoslanadi, shuning uchun k qo’llanayotgan resurslar narxining nisbatini ifodalaydi.

Qarorni qabul qilish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishga taalluqli amaliy xarakterdagi tadqiqotlarda tadqiqotchi yuqorida ko’rsatilgan iqtisodiy ko’rsatkichlar asosida qo’llanilayotgan resurslarning optimal miqdori va strukturasini aniqlashi lozim. Ishlab chiqarish funktsiyalari, shuningdek resurslarni tumanlar yoki ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasida taqsimlashda ham qo’llanilishi mumkin. Chyeklangan resurslarni (masalan, o’g’it, kapital qo’yilmalar va x.k.) tarmoqlar yoki xo’jaliklar o’rtasida taqsimlashda Lagranj ko’paytuvchilaridan foydalanib, ishlab chiqarishning regression tenglamalari tizimi tuziladi.

Ishlab chiqarish funktsiyalarining apparati matematikaning boshqa metodlaridan farq qilib, ba’zi afzalliklarga ega: funktsiya va argument o’rtasidagi aloqalar aniqroq bayon qilinadi; har bir resurs sarfining samaradorligi, shuningdek uning funktsiyaga absolyut va nisbatan «musaffo» ta’siri ko’rsatiladi.

Ishlab chiqarish funktsiyasidan, agar u bexato belgilangan va haqiqatga muvofiq bo’lsa, samarali foydalanish mumkin. Agar ishlab chiqarish funktsiyasi rejali davr, xarajatlar normasi va ishlab chiqarish texnologiyasidagi o’zgarishlar hisobga olingan holda ishlab chiqarishdagi mantiqiy aloqalarni o’rganish asosida olingan bo’lsa, uning formasi aloqalarning haqiqiy formasiga yaqin bo’ladi. Bunday aniq funktsiya formasini bilgan holda funktsiyaning kerakli parametrlarini uning o’zgarishlar sohasiga chyeklanishlar yuklamay olish mumkin bo’ladi. Statistik material asosidagina olingan funktsiyalar ishlab chiqarish jarayonining mantiqini va undagi bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni nazarda tutmasligi mumkin. Shuning uchun milliy iqtisodiyot bo’yicha iqtisodiy hisob-kitoblarda uning tenglashtiriladigan ma’lumotlar doirasidagi qiymatidan foydalaniladi.

Ishlab chiqarish funktsiyasi tushunchasi model spetsifikasi bilan, modelda belgilovchi omillar statik axborotda dalil mavjudligi hamda xatoliklar yo’qligi bilan uzviy bog’langandir. Shuning uchun model tuzishda ikki zaruriyat hal etiladi: birinchidan, modelga imkoni boricha barcha omil-argumentlar kiritiladi, ikkinchidan, model mukammal va katta bo’lmasligi kerak, aks holda undan amalda foydalanish qiyinlashadi.


Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə