O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti



Yüklə 4,91 Mb.
səhifə34/165
tarix21.04.2022
ölçüsü4,91 Mb.
#85765
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165
O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi t

masalalari.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodieti turli-tuman va korxonalardan iborat bo‘lib ular respublika hududining turli joylarida faoliyat olib boradilar. Ularning samarali faoliyati respublika iqtisodiyotini asosini tashkil qiladi, shuning uchun ham ularni samarali joylashtirish va rivojlantirish doimo dolzarb muammodir. Respublikaning barcha hududlari tabiiy resurslar va ishchi kuchlariga boydir.

Iqtisodiy nazariyadan ma’lumki, har bir tarmoqning korxonalarini rivojlantirish va joylashtirishga turli xildagi omillar ta’sir etadi va ularni hisobga olish talab qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tarmoqning, korxonaning rivojlanishi va joylashishi uning mahsulotiga bo‘lgan talablarning shakllanishi bilan aniqlanadi. Tarmoq tizimini optimallashtirishda uning mahsulotiga bo‘lgan talab bilan birga quyidagi asosiy elementlar va jarayonlarni ko‘rsatish mumkin:

- ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish asosi bo‘lib tarmoq masalasida asosiy elementdir. Masalaning qo‘yilishiga qarab bu korxonalar guruhi, korxona yoki sex, uchastka bo‘lishi mumkin:

- korxonaning faoliyat olib borish turlari - bu uning ishlab chiqarish xarakteristikasi bo‘lib, ishlab chiqarish harajatlari va natijalarining miqdorini, samaradorligini bildiradi:

- transport aloqalarini amalga oshirish turlari - ob’ektdan, korxonadan iste’molchilarga mahsulotni tashib ketish shartlarini xarakterlaydi. Bunda yuk tashish yo‘nalishi, transport turi va samaradorligi aniqlanadi. Ishlab chiqarishni optimal rivojlantirish va joylashtirish modellari tanlangan maqsad mezoniga qarab quyidagi muammolarni aniqlashga imkon beradi:

a) ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish, joylashtirish va ixtisoslashtirish:

b) mavjud texnologiyalar ichidan eng samaralilarini tanlash:

v) yangi qurilish va qayta jihozlash o‘rtasidagi optimal nisbatni tanlash:

g) transport aloqalarini aniqlash:

d) rivojlanish uchun zarur bo‘lgan kapital mablag‘lar va boshqa resurslarga bo‘lgan talabni aniqlash va ularni samarali taqsimlash:

e) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni samaradorligini baholash:
4.2.Bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish modellari
Korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish modellari mazmuni, ko‘rib chiqilishi va boshqa belgilari bo‘yicha turli tiplarga bo‘linadi. Iqtisodiy-matematik va modellashtirish nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan adabiyotlarda quyidagi tiplari keltirilgan:

- optimallashtirilayotgan sistemani (tarmoqni) ifodalanishiga qarab bir bosqichli va ko‘p bosqichli. Bir bosqichli masalada sistema bir butun deb faraz qilinadi va shunday holda bir model yordamida modellashtirish. Ko‘p bosqichli masalada sistema uni tashkil qiluvchilariga ajratiladi va ular orasidagi munosabatlar bilan birgalikda optimallashtiriladi;

- tanlangan maqsad mezoniga qarab tuzilan masala harajatlarini minimallashtirish, talabi yuqori bo‘lgan kamyob mahsulotlarni ishlab chiqarishni

- olinadigan foydani maksimallashtirish, tejamkorlik samarasini oshirish va boshqalar;

- masalaga kiritilgan yillar davriga qarab statistik va dinamik modellar;

- ishlab chiqarish usullariga va kiritilgan o‘zgaruvchilarning o‘zgarishiga qarab

- diskret F o‘zgarmas F va o‘zgaruvchi xarakterli modellar;

- masalaga kiritilgan mahsulotlar va resurslar turlari bo‘yicha bir mahsulotli va ko‘p mahsulotli ishlab chiqarish modellari;

ishlab chiqarish rejasiga transport omilini ta’sirini hisobga olish bo‘yicha;

- ishlab chiqarish va ishlab chiqarish-transport modellari;

- ishlab chiqarish korxonalarini kamrab olinishiga qarab bir etapli va ko‘p etapli modelllar;

- transport aloqalarini ifodalanishiga qarab ishlab chiqarish-transport malalasi turli va jadvalli modellarga bo‘linadi.

Yuqorida keltirilgan korxonalarning rivojlantirish va joylashtirish modellaridan amalda foydalanish modellashtirilayotgan tarmoq, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, foydalanilaetgan resurslarga va boshqa bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish modellari.

Har qanday iqtisodiy ob’ekt-korxona uz faoliyati davrida turli xildagi o‘zgarishlarni ta’siri ostida bo‘lishi mumkin; kengayishi, qayta jixozlanishi, ishlab chiqarishni kamaytirishi va boshqalar.

Bunda korxonaning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini bozor talabiga moslashtirish va ularni xajmini aniqlash joriy rejalashtirish muammolariga kiradi. Yangi quvvatlarni yaratish, mavjudlarini o‘zgartirish, kengaytirish muammolari esa perspektiv rejalashtirish usullari orqali hal qilinadi.



Yüklə 4,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə