91
7-BOB. HAYOT SUG„URTASINI TASHKIL ETISHNING O„ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
7.1. Hayot sug„urtasida umumiy nazorat va iqtisodiy muhit
Nazorat jarayoni tushunchasi biznesning barcha sohalarida qo‗llaniladi.
Sug‗urtada buni ko‗pincha aktuar nazorat jarayoni deb ataydi. Hayot sug‗urtasi
bo‗yicha faoliyat ko‗rsatuvchi sug‗urta kompaniyasini
boshqarishning barcha
asosiy jihatlari nazorat jarayonlaridagi ularning o‗rni bilan bog‗liq terminlarda
ko‗rilishi mumkin.
Biznesni boshqarishga jalb qilingan shaxslarning barchasi o‗zlarining
kundalik ish faoliyatida nazorat jarayonlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Kompaniyaning nazorat jarayonlarida ishtirok etayotganlar o‗zlarining o‗rni va
rolini yaxshi bilishlari o‗z vazifalarini samarali bajarishlarida qo‗l keladi. Aniqroq
aytganda, ―Umumiy tijorat va iqtisodiy muhit‖ qismi nazorat jarayoniga kirmaydi,
ammo sug‗urta kompaniyasi ishlayotgan umumiy jarayonni belgilab beradi.
Aktuar nazorat jarayonini kompaniyani umumiy boshqarish darajasida
(masalan, kompaniyaning biznes-strategiyasini ishlab chiqishda) va kompaniya
ishidagi aniq masalalarni hal etishda qo‗llash mumkin.
Bu bosqichda kompaniya tomonidan hayot sug‗urtasi bo‗yicha qabul
qilinayotgan qarorlarga ta‘sir ko‗rsatadigan masalalar o‗rganiladi.
Mijozlarning talablari.
Sug‗urta kompaniyasining maqsadi –
mijozlarning
talablarini qondirishdan iborat. Ularning talablari vaqt o‗tishi bilan o‗zgaradi.
Bunday o‗zgarishlarni birinchi bo‗lib ilg‗ab olgan kompaniya ularning talablarini
birinchi bo‗lib qondirish imkoniyatiga ega bo‗ladi va raqobatchilarni ortda
qoldiradi. Mijozlarning talablaridan kelib chiqib, mavjud sug‗urta mahsulotlarining
yetarlliligi va yangi sug‗urta mahsulotlariga bo‗lgan talablar aniqlanadi.
Sotish kanallari.
Sug‗urta mahsulotlarini quyidagi sotish kanallari orqali
amalga oshirilishi mumkin: o‗z agentlik tizimi, sug‗urta brokerlari, banklar,
onlayn-sotuv, supermarketlar, pochta va boshqalar.
Bunda kompaniya
quyidagilarni bilishi zarur: sotish kanallarining samaradorlik darajasini, turli
92
kanallar orqali sotilayotgan sug‗urta mahsulotlarining samaradorligini, sotish
kanalidan
kelib chiqib, sotuvchilarni rag‗batlantirish darajasini. Misol sifatida
kredit oluvchining hayotini sug‗urtalash xizmatiga bo‗lgan kuchli talabning yuzaga
kelgan paytlarini aytish mumkin. Ammo xalqaro iqtisodiy krizisning boshlanishi
bunday talabning pasayishiga sabab bo‗ldi. Ammo biznesning kuchayishi bilan
mazkur talab yana kuchayishi mumkin. Bundan tashqari uzoq muddatli ipoteka
kreditlari sug‗urtasiga bo‗lgan talab ham oshib ketishi mumkin.
Raqobat.
Asosiy raqobatchilarni bilish, ularning mahsulotlarini, qo‗llayotgan
tariflarini,
sotish kanallarini, sotuvchilarni rag‗batlantirish tartiblarini o‗rganish
raqobatda o‗z mavqeini saqlab qolishda muhim jihatlar hisoblanadi.Hayot
sug‗urtasining jamg‗arib boriladigan turlari bo‗yicha raqobatchilar faqatgina
sug‗urta koampaniyalari emas, balki banklar, pay fondlari,
nodavlat pensiya
jamg‗armalari va boshqa investitsiya institutlari ham raqobatchi sifatida faoliyat
yuritishi mumkin.
Tartibga solish.
Hayot sug‗urtasini tartibga solish va boshqarish – sug‗urta
kompaniyasining faqat hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanishini belgilab qo‗yish,
ular tomonidan sotiladigan sug‗urta mahsulotlari uchun turli chegara va qoidalarni
belgilab qo‗yish, aktivlarni investitsiyaga yo‗naltirish bo‗yicha qoida va
chegaralarni belgilash, sug‗urta zahiralarini shakllantirish qoidalarini belgilash,
buxgalteriyani yuritish tartiblarini belgilash va shu kabilar sug‗urta
kompaniyasi
faoliyatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu holatlar faqat sug‗urta kompaniyasining
o‗ziga emas, balki raqobatchilarga ham ta‘sir ko‗rsatadi.
Hayot sug‗urtasiga bo‗lgan talabga mamlakatdagi ijtimoiy sug‗urtaning
holati ham ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, aholining qarish darajasining ortishi bilan
davlat pensiya ta‘minotining pasayishi ixtiyoriy pensiya sug‗urtasi va va pensiya
ta‘minotiga bo‗lgan talabning ortishiga olib keladi.
Soliqqa tortish. Sug‗urta faoliyatini tartibga solish kabi, ushbu faoliyatni
soliqqa tortish ham sug‗urta kompaniyasining hamda
uning raqobatchilarining
imkoniyatlariga ta‘sir ko‗rsatadi. Ayniqsa, hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullaniuvchi
sug‗urta kompaniyalarining investitsion faoliyatini soliqqa tortish, ular bilan
93
raqobatchi hisoblangan boshqa tarmoq sub‘ektlarining investitsion faoliyatini
soliqqa tortishdagi farqlarning mavjud bo‗lishi ular faoliyatiga jiddiy ta‘sir
ko‗rsatadi. Ko‗plab mamlakatlarda pensiya sug‗urtasi bilan bog‗liq imtiyozlar
mavjud. Masalan AQSHda annuitetlar sug‗urtasi bilan bog‗liq soliq imtiyozininig
mavjudligi tufayli ushbu sug‗urta turidan kelib tushayotgan sug‗urta
mukofotlari
sug‗urta kompaniyalari tomonidan hayot sug‗urtasi bo‗yicha yig‗ilayotgan jami
sug‗urta mukofotlarida 50 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Iqtisodiyot.
Mamlakatdagi umumiy iqtisodiy holat mijozlarning to‗lovga
qobilligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Iqtisodiy pasayish davrida biznes hajmlari pasayadi
va bu ko‗plab sug‗urtalanuvchilar tomonidan tuzilgan uzoq muddatli sug‗urta
shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilinishiga olib keladi.
Investitsiya.
Hayot sug‗urtasi bilan shug‗ullanuvchi kompaniyalar, ayniqsa
jamg‗arib boriladigan hayot sug‗urtasi va annuitetlar sug‗urtasi bo‗yicha
to‗plangan sug‗urta mukofotlarini investitsiyaga yo‗naltiradi. Shuning uchun
ularning faoliyatida investitsion faoliyat muhim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: