O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

Ts = gR + dG + vB, 
bunda g, d va v – moskeluvchi asosiy ranglar miqdori. 
g, d va v koeffitsiyentlarining nisbatlarini Maksvell keyinchalik uning nomi 
bilan atalgan uchburchak yordamida yaqqol ko‗rsatib berdi. Maksvell uchburchagi 
teng tomonli bo‗lib, uning uchlariga asosiy R, G va B ranglar joylashtiriladi (2 – 


47 
rasm). Berilgan nuqtalardan uchburchak tomonlariga perpendikulyar bo‗lgan 
chiziqlar o‗tkaziladi. Har bir chiziqning uzunligi g, d yoki v koeffitsiyentlarga teng g 
= d =v bo‗lgan nuqta uchburchakning markazida bo‗ladi va oq nurga mos keladi. 
Shuni ham ta‘kidlab o‗tish kerakki, ba‘zi rang uchburchakning ichidagi nuqta bilan 
ham tasvirlanishi mumkin. Keyingi holda bu mos keluvchi rang koeffitsiyentining 
manfiy qiymatiga mos keladi. Koeffitsiyentlar yig‗indisi uchburchakning 
balandligiga teng bo‗ladi.
Maksvell asosiy ranglar sifatida quyidagi to‗lqin uzunligiga ega bo‗lgan 
nurlardan foydalandi: 630, 528, 457 nm. 
Hozirgi paytda RGB tizimi rasmiy standart bo‗lib hisoblanadi. Yoritilganlik 
bo‗yicha Xalqaro Komissiyaning – YoXK (CIE – Comision International Eclairage) 
qaroriga ko‗ra 1931 yilda asosiy ranglar standartlashtirilib, ular R, G va B sifatida 
foydalanilishi tavsiya etildi. Bular quyidagi to‗lqin uzunliklariga mos keluvchi R – 
700 nm, G – 5461nm, B – 4358 nm monoxromatik ranglardir: qizil rang filtr 
o‗rnatilgan cho‗g‗lanma lampa yordamida olinadi. Sof yashil va ko‗k ranglarni olish 
uchun simobli lampa qo‗llaniladi. Shuningdek, har bir asosiy rang uchun yorug‗lik 
oqimining qiymati ham standartlashtirilgan.
RGB tizimi uchun yana bir muhim parametr – uch tashkil etuvchi qiymatining 
bir xil miqdorda aralashuvidan hosil bo‗ladigan rangdir. Bu oq rangdir. R, G va B 
tashkil etuvchilarni qo‗shib oq rang olish uchun mos manbalarning yorqinligi bir – 
birlariga teng bo‗lmasdan, quyidagi nisbatda bo‗lishi kerak ekan:
L

: L

:L
B
= 1 : 4,5907 : 0,0601. 
4 – rasm. Maksvell uch burchagi. 


48 
Agar ranglar hisobi bir xil yorqinlikdagi yorug‗lik manbalari uchun qilinadigan 
bo‗lsa, unda yorqinlikning yuqorida ko‗rsatilgan nisbatini unga mos keluvchi 
masshtab koeffitsiyentlari bilan hisobiga olish mumkin. 
5 – rasm. RGB ning uch o„lchamli koordinatalari. 
Endi boshqa tomonlarini ko‗rib chiqamiz. Uch asosiy tashkil etuvchilarining 
qo‗shilishidan hosil bo‗lgan rangni 3 – rasmda ifodalangan R, G va B koordinatalar 
sistemasidagi vektor bilan berish mumkin. Qora rangga koordinatalar markazi – 
(0,0,0) nuqta mos keladi. Oq rang tashkil etuvchilarning teng miqdori bilan 
ifodalanadi. Har bir o‗q bo‗yicha maksimal miqdorning kattaligi birga teng bo‗lsin. 
Unda oq rang – (1,1,1) vektori bo‗ladi. Kubning diagonalida qoradan oqqa yo‗nalgan 
chiziqqa joylashgan nuqtalar tashkil etuvchilarning teng qiymatlari – R
i
= G
i
= B

ga 
mos keladi. Bu kul rangning gradatsiyalari bo‗lib, ularni turli yorqinlikdagi oq nur 
deb hisoblash mumkin. Umuman olganda, (r, g, b) vektorining barcha tashkil 
etuvchilarini bir xil koeffitsiyent (I = 0…1) ga ko‗paytirsak, unda (kr, kg, kb) rang 
saqlanib qoladi, faqat rangning yorqinligi o‗zgaradi. Shuning uchun rang tahlili 
uchun tashkil etuvchilarning nisbati muhimdir. Agar U = rR + gG + bB rang 
tenglamasida r, g va b koeffitsiyentlarni shu koeffitsiyentlari yig‗indisiga bo‗lsak:
,
'
,
'
;
'
b
g
r
b
b
b
g
r
g
g
b
g
r
r
r









bunda quyidagi rang tenglamasini yozish mumkin: 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə