O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


- bob. COREL DRAW VEKTOR GRAFIKASI DASTURI



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#133283
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93
Kompyuter grafikasi va dizayn

10- bob. COREL DRAW VEKTOR GRAFIKASI DASTURI 
 
10.1. Corel Draw dasturi haqida umumiy ma‟lumot 
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki 
uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o‗zida ham hosil qilish 
mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab 
chiqilgan. 
Axborotning asosiy qismini inson ko‗rish a‘zolari orqali oladi. Ko‗rgazmali 
axborotning o‗zlashtirilishi oson bo‗ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik 
operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik obyektlar: znachoklar
(belgilar), oynalar va rasmlar ko‗rinishida tasvirlanadi. 
Operatsion tizimning barcha grafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha 
tasvirlar qandaydir yo‗l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. 
Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari 
ishlatiladi. 
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, 
shuningdek, grafik obyektlar va fayllarda bo‗lgan nografik obyektlar o‗rtasida 
bog‗lanish o‗rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. 
Kompyuter grafikasi uch turga bo‗linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal 
grafika. Ular o‗rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‗tish usulidan iborat. 
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni 
yaratishga mo‗ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik 
byurolarida va nashriyotlarda qo‗llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan 
vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr - bu ekranning butun 
maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy 
elementi nuqtadan iborat. 
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar 
yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. Ko‗pincha ushbu maqsadda rassom 
tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga 


144 
mo‗ljallangan ko‗pgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga 
mo‗ljallangan. Internet tizimida ko‗proq rastrli tasvirlar qo‗llanilmokda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish - bu tasvirni chizish yoki jihozlash 
emas, balki uni dasturlashdir, ya`ni bunda tasvirlar formulalar yordamida quriladi. 
Fraktal grafika odatda o‗yin dasturlarida qo‗llaniladi.
Corel DRAW-vektorli grafikaning Windows operatsion sistemasida 
ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida 
turli grafik ko‗rinishlarni loyihalash, foto matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa 
badiiy ko‗rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog‗liq amallarni bajarish 
mumkin. Corel DRAW muharririni ishga tushirish uchun Corel DRAW ning 
belgisiga borib «sichqoncha»ni yoki Enter klavishini bosish kerak
Natijada, Windows sistemasining barcha oynalariga o‗xshash Corel DRAW 
muharririning oynasi ochiladi.

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə