O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


O’zbekistonda iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari va samaralari



Yüklə 100,38 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü100,38 Kb.
#134791
1   2   3   4   5
Real sektorining tarkibiy tuzilishi va ularning o\'zoro bog\'liklari tahlili va prognozlash

O’zbekistonda iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari va samaralari.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o’rin tutmoqda. Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror sharoitda yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: ―Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’zining iqtisodiyotimizdagi o’ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo’nalish o’rnini bosa olmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga erishilmoqda. Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko’paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo’naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o’tish masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz darkor. Yurtimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion rivojlanish yo’llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo’lgan e’tibor yildan-yilga oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. Shunday ekan, bunday sharoitda, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: - xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan koorperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi; - bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi, hamda o’zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.q.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi: - izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni talabning tez o’zgarib turish xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish; - tezkor texnik servisning ishonchligi va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish; - ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga, hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib borish; - ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish; - boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; - xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va samaraliroq foydalanish. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog’liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzulmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. Kichik biznesni yanada rivojlantirish istiqbollarini quyidagilarda ko’rish mumkin: - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish; - huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; - moliya-xo’jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish; - tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-texnik shartsharoitlarini ta’minlash; - soliq va boshqa to’lovlar borasida engilliklar yaratish, hisobot topshirish tizimini takomillashtirish; - kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish; - xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish; - tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish; - ilg’or ilm-fan yutuqlariga asoslangan KB va XTni rivojlantirishga keng yo’l ochib berish; - imtiyozlar va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish; Demak, qaysi hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida ustuvorlikka erishilsa, shu hudud ijtimoiy-iqtisodiy tomondan barqaror rivojlanadi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylari yaratish va shu orqali aholini samarali tarmoqlararo bandligini shakllantirish muammosini bir qadar hal etilishiga erishishni, aholi daromadlarini oshirishni hamda turli tarmoq sohalari o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarning mustahkamligini ta’minlaydi.
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanishi uchun qulay zamin yaratuvchi xususiyati – ishlab chiqarishni tabiiy va moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalangan holda tashkil eta olish qobiliyatidir. Shu bilan birga, kichik biznesda tadbirkorlik g’oyalari, muammolarning echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni ta’minlovchi asosiy motivatsiya – bu tadbirkorlik sub’ektlarining o’z daromadlarini oshirish, ularning moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, ma’lumot darajasi va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o’rta mulkdorlar qatlamiga mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish hisoblanadi. Hududlarning ichki iqtisodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish, undan samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo’llash tizimli tarzda amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor hududdagi muammolarni hal etishda kichik biznesning kengroq ishtirokini ta’minlash imkoniyatini beruvchi ishlab chiqarish tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim. Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi hamda xalqaro raqobatning kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini taqozo etadi. Bu borada kichik biznesdan hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarning manbai sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida o’tkazilgan iqtisodiy islohatlar o’z samarasini ko’rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha turlarining tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hamda shu bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, iqtisodiy samaradorlik taminlanmoqda. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti jarayonlarida ish yuritadigan tadbirkorlik asosiy iqtisodiy mehnat faoliyatidan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda bilim, malaka, tajribaga ega bo’lgan, yuqori daromad va foyda olishga erishish yo’lida tavakkalchilik bilan ish bajaradigan tashabuskor inson faoliyati sifatida muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish, ish o’rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlashda eng ma’qul bo’lgan xo’jalik yuritish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashning samarali mehanizimlari yaratilgan bo’lib, ― “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillari to’g’risida”, “Raqobat to’g’risida”, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”dagi qonun hujjatlarida taminlab berilgandir. Aholining kun sayin o’sib borayotgan moddiy ne’matlarga talab-ehtiyojlarini qondirish birinchi darajali vazifa hisoblanadi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo’lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o’xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funktsiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi . Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko’rsatish sohalarini o’z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi. Iqtisodiyotning real sektori kapitalni spekulyativ harakatini istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o’sish jarayonlarini birlashtiradigan soha. Iqtisodiyotning real sektori – kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik, o’rta va yirik korxonalar yig’indisidir Real sektor iqtisodiyoti tarkibi bu – milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko’rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’zaro aloqada va bog’liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo’ladilar. Real sektor iqtisodiyoti ichki va tashqi bozorga ne’matlar ishlab chiqaruvchi, zamon va bozor talabidagi o’zgarishlarga nisbatan moslanuvchan iqtisodiy subektlar faoliyati yig’indisidan iboratdir. Iqtisodiyotda real sektorning samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor muhim o’rin egallaydi. Moliyaviy sektor bu – qarz olish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to’plamidir. Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug’urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsiya kompaniyalari, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi. Real sektorda YaIMning asosiy qismi yaratiladi va uning moddiy ishlab chiqaruvchi eng muhim tarkibiy qismi sanoat va qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy resurslar qayta ishlanib, moddiy ne’matlar va iste’mol tovarlari yaratiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” - Т.: «O‘zbеkiston», 2009

  2. «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» - T.: «Ma’naviyat», 2008.

  3. I.A.Karimov «Mamlakatimiz taraqqiyoti va хalqimizning hayot darajasini yuksaltirish – barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir» - Т.: «O‘zbеkiston», 2007.

  4. «O‘zbek хalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi». - T.: «O‘zbеkiston»,

  5. «Inson, uning huquq va erkinliklari – oily qadriyat» - T.: “O‘zbеkiston”,

  6. «Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va хalqimizning hayot darajasini oshirish-barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir»- Т.: «O‘zbеkiston», 2007.

  7. O‘zbеkiston Rеspublikasi tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: (mеoyoriy hujjatlar to‘plami):I-kitob. (tuzuvchi:S.P.Sidiqov)-T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 1999.

  8. Abdullayеv Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari - T.: «Mеhnat», 1997.

  9. Abduraxmonov O` va boshqalar. Pеrsonalni boshqarish. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU,1998 y.

  10. Zaynuddinov Sh.N. va boshqalar. Mеnеjmеnt asoslari. -T.: Moliya, 2001.

Foydalanilgan internet saytlari

  1. www.O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasining rasmiy sayti.

  2. www.O'zbekiston Milliy axborot agentligi.

  3. www.arxiv.uz

  4. www.edu.uz

Yüklə 100,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə