67
Personalni amalda boshqarish uchun ishchi kuchigacha yo’naltirilgan barcha
funktsiyalarni qamrab olishning o’zi etarli emas. Bu ishda inson resurslari to’la
hayotiy siklining barcha bosqichlari — xodimlarni izlab topish va ishga yollash (shu
jumladan, ish haqi, mukofotlash, qo’shimcha ijtimoiy sug’urta qilish, personalni
rejalashtirish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash maxsus dasturlarini ishlab
chiqish)dan pensiyaga kuzatish yoki ishdan bo’shatishgacha bo’lgan chora-
tadbirlarni mujassamlashtirish darkor.
Personaddagi tabiiy o’zgarishlar — pensiyaga chiqish, kasalligi yoki o’qishga
kirganligi, harbiy xizmatga chaqirilganligi sababli ishdan bo’shatishni rejalashtirish
qiyin ish emas. Jamoa salohiyatini kuchaytirish, uning raqobatbardoshligini oshirish
esa ancha murakkabdir.
Faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonada personalni rejalashtirishni mavjud
ishchi kuchini bahblashdan boshlash mantiqiydir. Rahbariyat belgilangan aniq
maqsadni amalga oshirish uchun talab etiladigan ish jarayonlarini bajarishga qancha
ishchi va mutaxassis jalb etilganligini anikdab olish kerak. Masalan, hatto juda oddiy
ish hisoblangan aeroportlarda yo’lovchilar yuklarini joylash bilan ko’pgina xodimlar
band bo’ladi.
Bundan tashqari, rahbariyat o’z personali ish sifatini ham baholashi lozim.
Rejalashtirishning keyingi bosqichi qisqa muddatli va istiq-bolli rejalarni
amalga oshirish uchun talab etiladigan personal sonini aniqlashdan iborat bo’ladi.
Personalni rejalashtirishda orttirilgan tajriba bu jarayon asosan uch qismdan
Dostları ilə paylaş: