O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Sug„urta kompaniyalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

9.2. Sug„urta kompaniyalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalanish tajribalari 
 
Bugungi kunda innovatsiya har qanday faoliyatning, shu jumladan, 
sug‗urta tizimining ajralmas bo‗g‗ini hisoblanmoqda. Sug‗urta sohasiga 
innovatsiyalarning kiritilishi sug‗urta xizmatlari bozorini rivojlantirish va 
sug‗urta biznesini sifatli tashkil etishga ko‗mak beradi. Umuman olganda, 
sug‗urta sohasidagi innovatsiyaga yangi sug‗urta mahsuloti va xizmatlarini 
ishlab chiqish, shuningdek, axborot texnologiyalari asosida jami faoliyat 
tizimini takomillashtirish sifatida qarash mumkin, bu esa o‗z navbatida 
sug‗urta xizmatlari bozori sub‘ektlari o‗rtasidagi munosabatlar tizimini va 
sug‗urta mahsulotining hayotiy siklini ta‘minlaydi.
Sug‗urta 
xizmatlarining 
ko‗rsatilishi 
sug‗urtalovchi 
va
sug‗urtalanuvchi o‗rtasidagi doimiy hamkorlik munosabatlarining qaror 
topishini anglatadi va bu so‗zsiz sifatli sug‗urta mahsuloti ishlab 
chiqilishiga bog‗liq bo‗ladi. Sug‗urtalanuvchilar bilan hamkorlikni saqlab 
qolish uchun zarur bo‗lgan sifatga erishish sug‗urta shartnomasi davrida 
innovatsiyalarning mavjud bo‗lishini talab qiladi.
Hozirda milliy sug‗urta kompaniyalarida zamonaviy axborot 
texnologiyalarini jalb etish bo‗yicha keng ko‗lamdagi tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil
3 apreldagi 2158-sonli ―Iqtisodiyotning real tarmoqlariga axborot 
texnologiyalarini kiritish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori ijrosini 
ta‘minlash bo‗yicha tadbirlar majmuasi amalga oshirilmoqda. Bunda 
asosiy e‘tibor hujjatlar almashish tizimiga, moliya-xo‗jalik faoliyatiga, 
ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlariga axborot–kommunikatsiya 
texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni keng jalb qilishga qaratilgan. 
Ayni paytda xizmatlar sifatini oshirish, moddiy-texnika resurslaridan 


94 
foydalanish, mijozlar bilan o‗zaro munosabatlarni yo‗lga qo‗yish bo‗yicha 
zamonaviy axborot tizimi va dasturiy mahsulotlarni sohaga keng jalb etish 
natijasida sug‗urta xizmatlarining tannarxini pasaytirish yuzasidan keng 
ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sug‗urta kompaniyalarida 
―Moliyaviy hisob va hisobotlarni, mijozlar bilan ishlash, sug‗urtaning 
ishlab chiqarish va texnik faoliyatini kompyuterlashtirish bo‗yicha axborot 
tizimini kompleks ravishda jalb etish‖ loyihasi keng qo‗llanilmoqda. 
Mazkur loyiha doirasida kompaniyaning barcha biznes jarayonlarini 
kompyuterlashtirish ko‗zda tutilgan. Ushbu loyihada ishlab chiqarish va 
boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini o‗rganish, texnik 
masalalarni hal etish, axborot tizimini ishlab chiqish bo‗yicha tanlovlar 
o‗tkazishni tasdiqlangan tarmoqli grafik bo‗yicha amalga oshiradi.
Mazkur loyiha doirasida sug‗urta biznesini avtomatlashtirish 
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, transport vositalari 
egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi bo‗yicha sug‗urta 
polisini rasmiylashtirgan va o‗z mobil telefon raqamini taqdim etgan 
kompaniyaning har bir mijozi SMS-xabarga ega bo‗ladi, unda transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi polisining 
raqami, uning amal qilish davri va to‗langan summa aks etgan bo‗ladi. 
Ushbu tadbir sug‗urta xizmatlari iste‘molchilarining polis haqiqiyligi va 
uning tannarxi to‗g‗ri hisoblab chiqilganligiga ishonch hosil qilishiga 
yordam beradi. Buning negizida kompaniyaning barcha mijozlariga polisni 
rasmiylashtirish sanasi va uning telefon raqamlari mavjudligidan qat‘iy 
nazar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy 
sug‗urtasi polisining muddati tugashidan 5 va 1 kun oldin mazkur 
polisning muddati oxirlayotgani hamda yangi muddat uchun polisni 
rasmiylashtirish taklifi aks etgan SMS-xabar jo‗natiladi. Ushbu tadbir 
mijozlarning muddati tugagan sug‗urta polislari natijasida jarimalar 
to‗lashi kabi noqulay holatlarning oldini olishga qaratilgan.
Mijozlarga xizmat ko‗rsatish bazasi sug‗urta kompaniyalari 
faoliyatida eng muhim elementlardan biri hisoblanadi. Aynan servis 
darajasi sug‗urta xizmatlariga bo‗lgan talabning oshishiga bevosita ta‘sir 
ko‗rsatadi. Xizmat ko‗rsatish darajasini oshirish uchun esa mijozlarning 
aniq bir sug‗urta mahsuloti yoki xizmati to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z 
vaqtida va qulay usulda olish imkoniyatlarini oshirish lozim. Ayni paytda 
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasini 
amalga oshiruvchi barcha sug‗urta kompaniyalari tomonidan transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi bo‗yicha 
sug‗urta mukofotini hisoblash bo‗yicha ―Kalkulyator OSGO‖ mobil 


95 
ilovasi ishlab chiqilgan. Mazkur ilova foydalanuvchiga mustaqil ravishda 
transport vositalari egalarining FJMS polisi narxini hisoblash imkoniyatini 
beradi. Hisob-kitob FJMSning shartlari va o‗rnatilgan qonunchilikka 
asosan olib boriladi. Shuningdek, u FJMS polislarini sotuvchi sug‗urta 
agentlari hamda O‗zbekiston Respublikasining istagan sug‗urta 
kompaniyasidan sug‗urta polisini sotib olgan iste‘molchilarning sug‗urta 
mukofoti to‗g‗ri hisoblab chiqilganligini tekshirishi uchun foydali unsur 
bo‗lib hisoblanadi. Ilovadan foydalanish va uni kompaniya veb-saytidan 
ko‗chirib olish tekin hisoblanadi.
Shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, 2014 yil noyabr oyida 
avtomatlashtirish, aynan esa onlayn rejimida internet tarmog‗i orqali 
kompaniya xizmatlarini taqdim etish bo‗yicha yana bir bosqich 
yakunlandi. Onlayn rejimidagi sug‗urta xizmatini olishi uchun mijoz 
kompaniya saytida o‗z mobil telefon raqamini ko‗rsatgan holda ro‗yxatdan 
o‗tishi lozim. Ro‗yxatga olish muvaffaqiyatli kechsa mijozga shaxsiy 
virtual xona ajratiladi va unda balansni nazorat qilish, sug‗urta 
xizmatlaridan foydalanish, ma‘lumotlarni so‗rash va sug‗urta hodisasi 
haqida xabar berish imkoniyatlari mavjud bo‗ladi.
Bugungi kunda sug‗urta bozori mijozlari mazkur onlayn rejimida 
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‗urtasi, 
shuningdek baxtsiz hodisalardan sug‗urtalash turlaridan ―Bolajon‖, 
―Salomatlik‖ va ―Oilaviy‖ dasturlari bo‗yicha foydalanishlari mumkin. 
Bundan tashqari, sug‗urta xizmatlari uchun to‗lovlarni amalga oshirish 
ham ko‗zda tutilgan. MBank tizimidan foydalanish chog‗ida mijoz ish 
joyidan uzoqlashmagan holda o‗z plastik kartochkasi orqali sug‗urta 
mahsuloti yoki xizmati uchun to‗lovni veb-sayt orqali to‗lash imkoniyatiga 
ham ega. Mazkur xizmat mijozning vaqtini tejaydi, shuningdek to‗lov 
punktlariga murojaat etmagan holda qulay usulda to‗lovni amalga oshirish 
imkoniyatini beradi.
Ilg‗or tajribaga ega hisoblangan Yevropaning yetakchi davlatlarida 
sug‗urta kompaniyalari tizimini tashkiliy tuzilishi va taqsimlanishining 
asosiy mezonlaridan biri barcha mijozlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni 
mijozlar bazasida ro‗yxatga olishning umumiy tarkibiy dasturiy vositalari 
joriy qilinganligidir. Bu esa mijozga tegishli bo‗lgan shartnomalarni 
tiklash, yangilash, asosiy sanalar, sug‗urta ta‘minotini to‗lash tarixi, 
taqdim etilgan chegirmalar, mazkur mijozga biriktirilgan xodimlar 
(menenjer, agent) to‗g‗risidagi axborotlarga o‗z vaqtida ega bo‗lishga,
qisqa vaqt ichida sifatli xizmat ko‗rsatilishiga imkon beradi. 


96 
Mijozga xizmat ko‗rsatishning barcha davrlari avtomatlashtirilgan 
bo‗lib, shartnoma tuzishdan boshlab sug‗urta ta‘minoti to‗lovlari va 
keyingi xizmat ko‗rsatishlar bo‗yicha majburiyatlarni bajarish bilan 
tugallanadigan uzluksiz tizimga solingan. Xizmat ko‗rsatuvchi tashkilotlar 
bilan o‗zaro hamkorlik taktikasi O‗zbekistonning ko‗plab sug‗urta 
kompaniyalarida hujjat aylanishlar boshqaruvning chiziqli-funksional 
tuzilishi asosida amalga oshirilmoqda, bu esa ularning raqobatbardoshligi 
o‗sishiga to‗sqinlik qilmoqda. Bugungi kunda aholiga xizmat ko‗rsatish 
sohasini yanada kengaytirish g‗oyat muhim ahamiyatga ega. Bunday 
tarmoqlar tashqi konyunkturaga ham, ob-havo sharoitiga ham bog‗liq 
emas, ya‘ni tashqi omillarning o‗zgarishi ularga ta‘sir ko‗rsata olmaydi. 
Ayni paytda bu xizmatlar mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
ko‗plab turlariga ichki talabni oshiradi, shuningdek, iste‘mol bozorida 
mutanosiblikni saqlashda muhim rol o‗ynaydi‖. Bunday holat ayniqsa 
ko‗p filialli, ko‗p tarmoqli sug‗urta kompaniyalarida qoniqarsiz ahvolda 
bo‗lib, bu tashkil qilishning ichki va tashqi o‗zgarishlarga moslashuvchan, 
tezkor va to‗liq ma‘noda e‘tibor berishga imkon bermaydi. 
Nazariya va amaliyotda biznes-jarayonlar hamda ularni doimiy 
takomillashtirish 
tushunchalari 
mahsulot 
va 
xizmatlar 
bozorida 
kechayotgan uzluksiz o‗zgarishlar bilan bog‗liqdir. Shu bilan birga, 
nafaqat mahsulotlarning o‗ziga, balki ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifatiga 
ham talablar ortib bormoqda. Oqibatda sug‗urta xizmatlari bozoridagi 
rivojlanish kam sonli cheklangan kontingentga ega mijozlar mavjudligi 
sharoitida sug‗urta kompaniyalari o‗rtasida raqobatning kuchayishiga olib 
keladi. 
Ikkinchidan, biznes yuritishning ichki va tashqi sharoitlari birdaniga 
o‗zgarib ketadi, bu esa bozorda yangi qoidalar asosida ish yuritish 
muammolarini 
keltirib 
chiqaradi 
va 
oqibatda, 
O‗zbekiston 
sug‗urtalovchilari doimiy o‗zgaruvchan sharoitda faoliyat olib borishiga 
to‗g‗ri keladi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə