O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73

tanbeh berishning o`zi kimgadir ruhiy hisni uyg`otsa, boshqa birining sirtiga ham 
kirmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi 
qo`zg`atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari  
tuzilishi yig`indisi bilan boyitilgani evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo`ladi. 
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning nndividualligidir, 
yaьni yakkaxolligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik 
xususiyatlariniig betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, 
temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar 
yig`indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil 
shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning 
birikmasini aynan o`xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, 
yaqin odamdan ayrilganligi g`amu-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab 
bo`lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab vokelikning 
mangulikka yo`nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o`zining qadr-qimmati va 
nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya 
yordamida yuzaga kelgan o`zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, 
betakror oliy zotdir. 
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko`pincha, ularda 
har xil vazifalarni  bajaradi.  
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o`z zimmasiga olgan vazifalari 
va rollari qanchalik rang-barang bo`lmasii, turmushdagi mavqei ko`p ma’no, ko`p 
qirrali xususiyatga ega bo`lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to`la mos 
keladigan hakiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan 
tavsif fakat uning o`ynaydigap asosiy rollarini, egallagan mavqeiiing 
individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, balki uning 
ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o`zlashtirishga nisbatan munosabatini 
o`rganish orqali beriladi.  
Psixik holatlar, hodisalar, ya’ni hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar 
uzluksiz ravishda o`zgarib turishi, ijtimoiy guruxlarda, hayotiy vaziyatlarda odam 
o`z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o`zgarishi, yoshni ulg`ayib 
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi, ya’ni milliylik, etnik ta’sir asosida 
muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam 
katnashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan 
uyg`unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig`indisining doimiyligi 
bilan uzviy bog`liqdir.  
Demak, shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari 
inson xislatlarining yaxlitligi va o`zaro bog`liqligidan tarkib topuvchi murakkab 
birlikdan iboratdir.  
Jaxon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to`g`risida 
xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo`lib, tadqiqogchilar inson shaxsini 
o`rganishda turlicha pozitsiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda 
o`ziga xos yondashishga egadirlar. Mazkur  nazariyalar  qatoriga biogenetik,  
sotsiogenetik,  psixogenetik,  kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik 
kabilarni kiritishi mumkin. Quyida sanab o`tilgan nazariyalar va ularning ayrim 
 
29


namoyandalari    tomonidan    shaxsni    rivojlantirishning    printsiplari 
to`g`risidagi qarashlariga to`xtalib o`tamiz. 
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil 
sifatida qabul qilingan bo`lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy 
xususiyat kasb etib, ular bilan o`zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. 
Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning; bosh maqsadi - biologik 
aniqlovchilariga qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik 
xususiyatlar keltirilib chiqariladi. 
Taraqqiyot jarayonining o`zi, dastavval biologik yetilishning universal 
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. 
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq hali u odam emas, balki 
faqat sut emizuvchi hayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik taraqqiyoti 
jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa oddiy odam 
holiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar darajasiga yetadi, 
maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab 
yoshida o`rta asr kishilar ongiga va nihoyat yetukli davrdagina (16-18 yoshlarda) 
u hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga urishadi. 
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo`lmish amerikalik 
psixolog S.Xolldir. 
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko`rinishi Zigmund Freydning 
shaxs talqinida o`z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan shaxsning barcha 
xatti-harakatlari ongini biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, 
ayniqsa birinchi navbatda, u jinsiy  mayliga bog`liqdir. Bunga o`xshash 
biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror 
turtki rolini bajara olmaydi. 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko`rinishi - bu aqsil qutbga 
joylashgan sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik  yondashishga 
binoan, shaxsda ro`y beradigan o`zgarishlar jamiyatini tuzilishi, ijtimoiylashish  
usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o`zaro munosabati vositalaridan kelib 
chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko`ra inson biologik tur 
sifatida tug`ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida 
shaxsga aylanadi. 
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo`lib, u sotsiogenetik 
omillarning himmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotining 
birinchi darajali ahamiyatga ega hisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta 
mustaqil yo`nalishga ajralib tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o`z 
mohiyati, mahnat va jarayon sifatida kechishi bilan o`zaro tafovutlanadi. 
Psixikaning irratsional tarkibiy qismlari bo`lmish emotsiya, mayl va shu kabilar 
yordamida shaxs xulqini taxlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. 
Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridai biri - bu amerikalik psixolog 
E.Eriksondir. U shaxs rivojiii 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o`ziga 
xos betakror xususiyatga egadir. 
Birinchi davr - go`daklik. Ushbu davrda go`dakda ongsizlikka asoslangan 
tashqi dunyoga nisbatan ''ishonch" tuyg`usi vujudga keladi. Buning bosh 
sababchisi ota—onaning mehr-muhabbati, g`amxo`rligi va jonkuyarligining 
 
30


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə