O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73

 1)    o`lim-uyquniig bir turi, lekin ruh ba’zi bir sabablarga ko`ra tanaga 
qaytib kelmaydi; 
2)
 
tush ko`rish-uyqudagi tanani tark etib yurgan harakatdagi ruhning 
taassurotidir; 
3)
 
ruh-insonning aynan o`zidir; 
4)
 
ruhning ehtiyojlari, turmush sharoitlari tirik odamnikidan tafovutlanmaydi; 
 5) marhumlarning ruhlari muayyan mashg`ulotlar tizimiga, ijtimoiy qonun-
qoidalarga rioya qiluvchi hamjamiyatni yaratar emish; 
6)
 
tirik insonlar bilan marhumlarning ruhi bir-biriga bog`liq bo`lib, moddiy 
jihatdan o`zaro aloqadordirlar. 
 Jumladan Aflotun (eramizdan avvalgi 428/27 -347 yillar) joniing tarkibiy 
kismlari to`g`risidagi tushunchani psixologiyaga olib kiradi: a) aql-idrok, 
b)jasorat, v)orzu-istak kabilardan iborat bo`lib, ular bosh, ko`krak, qorin 
bo`shlig`iga joylashgandir. Aflotun psixologiyada dualizm  ta’limotini ruhiy 
olamni, tana bilan psixikani ikkita mustaqil narsa deb izohlaydi. 
Arastuning (eramizdan oldingi 384-322 yillar) ta’kidlashicha, jon qismlarga 
bo`linmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanish, his etish, harakatga keltirish, aql, 
idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda ro`yobga chiqadi. Uning mulohazasicha, 
sezgi bilishning dastlabki qobiliyati, u tasavvur shaklida iz koldirishi mumkin. 
  Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanishi pallalarida psixologik g`oyalar 
mukamallashib, unga oid tayanch tushunchalar vujudga kela boshladi, hatto ruh 
hozirgi zamon psixikasi kabi qo`llanish ko`lami kengaydi. 
 Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong 
tushunchasi yuzaga keldi.  
Jumladan, frantsuz olimi Dekart tomonidan xulq-atvorning reflektor  tabiatga 
ega ekanligini kashf etilishi, ayniqsa refleks  organizmnmng tashqi ta’sirga 
konuniy ravishdagi javob reaktsiyasi sifatida talqin qilinish, asab-mushak 
faoliyatini ob’ektiv tarzda bilish vositasiga aylandi, sezish, assotsiatsiya, ehtiros 
yuzaga kelishini izohlashga imkon yaratildi 
Psixologiya fanniing ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs ruhni mutlaqo 
rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uniig qonuniyatlari 
psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Niderlandiyalik olim 
Spinoza ongni katta ko`lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni 
yaqqol narsa deb tushuntirdi, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv 
sabablari bilan belgilanishi haqidagi ta’limotni  ilgari  suradi. 
    
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik, 
empirik, epifenomenalistik, geshtalьt, assotsiativ, vyurtsburg, psixogenetik, 
reduktsioiizm, soliptsizm, gumanistik, biogenetik, sotsiogenetik kabi yo`nalishlari 
tomonidan to`plangan ma’lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi. 
Xuddi shu yo`nalishlarning rang-barang metodikalari, metodlari umumiy 
psixologiya fanining predmetini va uning tadqiqoti printsiplarini aniqlab berdi. 
 Psixikaning reflektor xususiyati to`g`risida mulohaza yuritilganda rus olimi I. 
M.Sechenovning «Bosh miya reflekslari» nomli asarida fikr bildirishicha, «ong 
va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro`y berish usuliga ko`ra reflekslardan 
iboratdir». Psixik hodisa sifatida ongning harakati tanasiz ruxning xususiyatiga 
 
11


emas, balki vujudga kelish usuliga, binoan refleksga o`xshash xislatga ega bo`lgan 
jarayondir. Psixik hodisa insonning shaxsiy g`oyalarini, hissiy kechinmalarini, 
sezgi va idrok jarayonlarini o`zi kuzatish jarayonida aks etuvchi voqelikdangina 
iborat emas. Balki u refleks singari tashqi qo`zg`atuvchilarning ta’sirini va unga 
javoban bildiriladigan harakat reaktsiyasini ham o`zida mujassamlashtiradi. 
Psixologiyada tan olib kelinayotgan isixik jarayonlar ongning ichida tug`iladi va 
uning ichida yakunlanadi, degan g`oya I. M. Sechenov tomonidan inkor 
qilinadi.  
 I.M. Sechenovning fikricha, psixik hodisa yaxlit reflektor harakat tufayli 
yuzaga keluvchi va uning mahsuli bo`lishi bilan birga vujudga kelmagan, lekin 
ta’sir o`tkazish ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil funktsiyasini 
bajaradi. Psixik jarayonlar organizmda signal va boshqaruv  funktsiyasini ijro 
etib, o`zgaruvchan shart-sharoitlarga harakatni moslashtiradi. Psixik jarayon 
miyaning bo`lmalari yaьni tarkibiy qismlari funktsiyasi tariqasida tashqi olam 
to`g`risidagi axborot faoliyatini idora qiluvchi hisoblanadi. Shunday qilib, psixik 
hodisalar deganda miyaning  tashqi va ichki ta’sirlarga javobini tushunmoq 
kerak.  
 Shuni ta’kidlab o`tish joizki, I. M Sechenov psixikaning reflektorligi va 
faoliyatning psixik jixatdan boshqarilishi ta’limotini xaspo`shlab berdi. Bu ilg`or 
g`oya muhim ta’limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov ham odamlarning, ham 
hayvonlarning tashqi muhit bilan o`zaro harakati miya bilan boshqarilishi 
qonuniyatini ochib,  mazkur qonuniyatlarga taalluqli birinchi va ikkinchi 
signallar tizimi to`g`risidagi ta’limotni ilgari  surdi. 
Tevarak-atrof muhitidagi narsa va hodisalarning ko`rinishi, eshitilishi, yengil 
yoki og`irligi, qattiq yoki yumshoqligi kabilar hayvonlar uchun shartsiz 
qo`zg`atuvchi keyinchalik, ular shartli refleksga aylanishi mumkin. Binobarin, 
ularning psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi bosqichida amalga oshadi va 
unga uzluksiz ravishda amal kiladi. Inson faoliyati va xulk-atvori uchun ham 
birinchi signal sistemasiniig signallari yaьni tasavvurlar,  obrazlar ularni 
boshqarishi, yo`naltirishi, muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, yo`l, ko`cha 
qoidalari, xavf-xatar belgilari shaxs uchun muhim rolь o`ynaydi. Insonniig xulq-
atvorini signal qo`zg`atuvchilar mexanik ravishda boshqarmaydi, balki mazkur 
qo`zg`atuvchilarning miyaga o`rnashib qolgan timsollari, ya’ni signallari 
boshqarib turadi. Muayyan timsolga ega bo`lgan timsollar narsa va hodisalar 
to`g`risida signal jo`natadi, buning natijasida insonning xatti-harakatini boshqarib 
turadi. 
Odamlarda hayvonlardan farqli o`laroq, birinchi signallar sistemasi bilai bir 
qatorda ikkinchi signallar sistemasi ham mavjuddir. Ikkinchi signallar 
sistemasining signallari odamlar tomonidan talaffuz etilgan va so`zlardan tashkil 
topadi.  Agar  so`zning ma’nosi shaxsga tanish bo`lsa, u holda uning xulq-atvorini 
boshqara oladi, tabiiy yoki ijtimoiy muhitga moslashuvini ta’minlashga yordam 
ko`rsatadi. Agarda so`zning ma’nosi notanish bo`lsa, u odamga faqat birinchi 
signallar sistemasining signallari tarzida ta’sir o`tkazadi  va shaxs uchun  
ahamiyatsiz narsaga aylanib qoladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chikqan 
holda psixika ob’ektiv borliqning sub’ektiv obrazining voqelik tarzida miyada 
 
12


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə