O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73

aks etishi deb baholash mumkin. 
 Psixik aks ettirish  sust narsa emas, balki u xatti-harakat, ta’sir, o`zaro ta’sir 
kabilarni tanlash bilan bevosita aloqador shaxs faoliyatining muhim jabhasi 
sanaladi. 
 Hozirgi zamon psixologiyasida faoliyat, jarayon va xulk-atvorninng faol 
boshqarilishi teskari aloqa apparatining ishlashini taqozo etadi. Teskari aloqa 
tushunchasi kibernetika, fiziologiya, psixologiya fanlarida keng ko`lamda 
qo`llanilib kelinmokda. Teskari aloqa psixologiya bilan fiziologiya fanlarida har 
bir javob harakati hal qilinayotgan vazifa yaьni muammo miyada baholanilishi 
tushuniladi. P.K.Anoxin nuqtai nazaricha, organizmda muayyan tsikl bilan ish 
bajaruvchi yaxlit sistema mavjud. Mazkur sistemada markazdan javob 
harakatiga buyruq berilishining birorta ham lahzasi teskari yo`nalishda 
harakatning natijasi haqida zudlik bilan axborot yaьni teskari aloqa 
yuborilmaguncha tugallanmaydi. Teskari aloqa apparati  yordami bilan 
organizm o`z xarakatining natijasini obraz  bilan taqkoslab ko`radi. 
A.N.Bernshteyn talqinicha, natijaga nisbatan obraz oldinroq paydo bo`ladi, 
voqelikning o`ziga xos modeli tarzida uning yuz berishi to`g`risida oldindan  
axborot, ma’lumot beradi. 
Yuqorida yuritilgan mulohazalardan kelib chiqkan holda psixologiya faniga 
ta’rif berish mumkin. Psixologiya-voqelikning miyada obraz tarzida yuzaga 
keltiruvchi psixik omillar, jarayonlar, holatlar, qonuniyatlar, xossalar,  fazilatlar, 
mexanizmlar to`g`risidagi fandir. Insonning shaxsiy xususiyatga ega bo`lgan xulk-
atvori va faoliyati vokelikning miyadagi obrazlar yordami bilan boshqarilib 
turadi.       
 Psixikaninng moddiy asoslari to`g`risida fikr yuritilganda, eng avvalo, u 
miyaning xususiyatidir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko`p miqdordagi 
a’zolarining yordami bilan ishga tushadi. A’zolarning ba’zi birlari ta’sirotlarni 
qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga aylantiradi va xatti-harakatlarning 
amalga oshishini nazorat qiladi.  
 Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha o`n million 
yil davom etgan evolyutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning 
fiziologik mexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalanib, buning 
oqibatida organizm muhitning o`zgarishlariga tez reaktsiya qiluvchan, 
moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan. 
 Jumladan, nerv sistemasining asosiy unsurlari nerv hujayralari  hisoblanib, 
ularning funktsiyasi ko`zg`atishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dendritdan, 
aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan 
iborat.Hozirgi zamon fanining ko`rsatishicha, orqa miya va miya naychasi 
reflektor faoliyatining tug`ma yaьni hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta 
yarmm sharlarning qobig`i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan 
boshqariladigan xulk-atvor shakllarining organi sanalanadi. 
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig`i sirtining peshona 
kismlari alohida rolь o`ynandi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va o`ng 
yarim sharlar o`rtasida taqsimlanishi chuqur o`rganilgan. Ma’lumki, psixikaning 
mazmuni tirik mavjudod o`zaro munosabatda bo`ladigan tashqi olam bilan 
 
13


belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy 
biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot 
davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir. Psixologiya fanini muayyan 
soxalarga bo`lishda aniq, yaqqol faoliyatining psixologik tomoni, insonning 
jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi 
asos qilib olingan. Quyida psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to`xtalib 
o`tamiz. 
Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar, 
murakkab ichki bog`lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy tadqiqot 
metodlar, psixikaning filogenetik va ontogenetik o`zgarishlarini, ilmiy 
tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan 
tadqiqot qiladigan soha. Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda 
qabul qilingan nomdan iboratdir. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarining, 
kategoriyalari shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ongini, tadqiqot 
metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirib olib  borilishi  maqsadga  
muvofiqdir. Shuning bilan birgalikda umumiy psixologiyaning tadqiqot 
natijalari psixologiyaning boshqa sohalari uchun asos bo`lib xizmat qiladi. 
Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, 
xolatlar, hodisalar, individual-tipologik xususiyatlarni o`z ichiga oladi. 1. Psixik 
jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur. xayol va boshqalar. 2. Irodaviy 
jarayonlar: motiv, motivitsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish kabilar. 3. 
Hissiy jarayonlar: his-tuyg`ular, emotsiya, kayfiyat, emotsional ton, stress, affekt 
singarilar. Psixik xolatlarga psixik jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining 
ko`rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik holat sifatida kayfiyat, 
psixik xususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi. Umumiy psixologiyadagi 
bu bo`linish shartli ravishda amalga oshirilgan bo`lib, unda jarayon tushunchasi 
umumiy tadqiq qilinayotgan hodisaning jarayoniy xususiyatga ega ekanligi 
ta’kidlanadi, xolos.Psixik xususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinayotgan 
hodisaning mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs 
tuzilishida o`z ifodasini topadi. Umumiy psixologiyadan boshqa sohalar, bilimlar 
asos sifatida foydalaniladi, xuddi shu boisdan u umumiy xususiyatni kasb etadi.  
Eksperimental psixologiya - esperimental metodlar yordamida psixik 
xodisalarni tadqiq qilishning umumiy soxasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan 
ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o`tkazish asosiy rolь o`ynagan. XIX 
asrning o`rtalarida psixolik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental 
psixologik tadqiqotlar o`tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementlar 
funktsiyalarni o`rganish orqali, ya’ni ilk bor sezgi va idrokni o`rganish bilan 
boshlangan. Bu tadqiqotlar eksperimental psixologiyaning falsafa va 
fiziologiyadan mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va 
ob’ektiv shart-sharoit yaratib berdi.  Eksperimental psixologiya fan sifatida ajralib 
chiqishiga V. Nuidt o`zining katta hissasini qo`shgan. Ilk eksperimental 
tadqiqotlar o`zini o`zi kuzatish metodi yordami bilan insonning ichki 
 
14


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə