O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73

funktsiyalarini o`rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimental ishlar 
turlicha hayvonlarda o`tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko`pchiligi 
T.L.Morgan, E.L.Torndayklar tomonidan olib  tushirilgan. Eksperimental 
tadqiqotlar orqali faqat psixik funktsiyalargina emas, balki hissiyotlarning 
individual variantlari ham kiritilgan. Eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari 
psixologiya sohalarining nazariyasiga asos bo`lib xizmat qiladi. 
Mehnat psixologiyasi -  insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining 
qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat 
psixologiyasining ob’ekti ishlab chiqarishda va mehnatda shaxsning faoliyati, uni 
ishdan bo`sh vaqtining, dam olishining ishlab chiqarishga ta’sirini ham 
tekshirgan. Mehnat unumdorligiga ishchini boqish uchun ketgan sarflar miqdori 
ko`p bo`lsa, unga qancha qulay shart-sharoit yaratilsa, shunchalik ijobiy ta’sir 
yuzaga keladi. Shu asosda yuqoridagi fanlar mehnatkashga psixologik iliq muhit 
yaratish uchum mehnat psixologiyasiga yordam beradi. Mehnat psixologiyasining 
asosiy vazifasi ishlab chiqarish munosabatlarini ijobiylashtirish, mehnatkashlarga 
zarur shart-sharoit yaratib berish, kasbiy kasalliklarning, ishlab chiqarishda 
jismoniy falokatlarning, psixologik zo`riqishlarning oldini olishdir. 
Aviatsiya psixologiyasi    -    aviasanoat  va    aviaxizmatchilarning mehnat 
faoliyatida kechuvchi psixologik qonuniyatlarni o`rganadi. Aviatsiya 
psixologiyasining predmeti murakkab aviatsiya tizimini boshqarishdagi inson 
psixikasining rolini tekshirishdan iborat. Aviatsiya psixologiyasi ob’ekti shaxs 
faoliyati, jamoa tuzilishini tashkil qilishning shart-sharoitlari hisoblanadi. 
Aviatsiya psixologiyasi sub’ekti uchuvchilar, muhandis, texnik xizmat ko`rsatish 
tarkibini tashkil etuvchi styuardessalar va boshqalar. Aviatsiya psixologiyasi 
soha sifatida uchuvchi qurilmalar yaratilishi vaqtidan, ya’ni XIX asrning oxiri va 
XX asrning boshlaridan vujudga kelgan. Aviatsiya psixologiyasi tug`ilishining 
asosiy sababi uchuvchi apparatlar ishlatishda va boshkarishda inson omili 
xavfsizligiga shart-sharoit yaratish ehtiyojidir. Aviatsiya psixologiyasi 
psixologiyaning boshqa sohalari bilan uzviy bog`likdir. 
Muhandislik psixologiyasi  -  inson va mashina o`rtasidagi munosabatni, 
insonga mashinaning psixologik ta’sirini va insonning mashina bilan munosabati 
jarayonining psixologik qonuniyatlarini tadqiqot metodlari yordami bilan 
o`rganuvchi psixologiya sohasi. Muhandislik psixologiyasi fan-texnika 
revolyutsiyasi ta’sirida vujudga kelgandir. 
     Kosmik psixologiya  -  vaznsizlik va bo`shliqda aniq mo`ljal ola bilmaslik 
sharoitida, organizmda juda ko`p ortiqcha taassurotlar yuklangan paytda ro`y 
beradigan nerv-psixologik zo`riqish bilan bog`liq bo`lgan alohida holatlar 
tug`ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan 
psixologiya sohasi ekstremal psixologiya-insonning o`zgargan muhit shart-
sharoitlarida psixik faoliyatining kechishi qonuniyatlarini o`rganadigan 
psixologiya sohasi. Ekstremal sharoitda insonga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi: 
monotoniya, makon o`zgarishi, xavf omili, vaqt, shaxsiy ahamiyatga molik 
axborotning o`zgarishi, yolg`izlik, guruhiy izolyatsiya va hayotiy xavf. 
Ekstremal sharoitga inson moslashining biologik vazifasi ekstremal sharoitda 
ishlovchilarni tanlab olish mashqlantirish, trening o`tkazishdan iborat. 
 
15


Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta’lim muammolarini tadqik qiladigan 
psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq 
rivojlanishi, bilin  faoliyatining va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni 
tarbiyalashning psixologik muammolarini o`rganadi.  
Pedagogik psixologiyaning maqsadi - o`qitishning oqilona rivojlantiruvchi 
ta’sirini, shart-sharoit va boshqa psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda 
kuchaytirishdir. 
Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkiichi yarmida ijtimoiy tarakqiyotning 
ta’siri natijasida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari 
pedagogik psixologiya rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar. Bundan tashqari, 
pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishda o`sha davrda yuzaga 
kelgan psixologik yo`nalishlar ham o`zining ijobiy ta’sirini o`tkazgan. 
Bixevioristik psixologiya yo`nalishi pedagogik psixologiya uchun asos qilib 
tarbiyachi va o`qituvchiga vosita qilib tashqi muhit ta’sirini oladi. Tashqi muhit 
qanchalik ijobiy ta’sir qiluvchi omil bo`lsa, ya’ni qulay shart-sharoit vujudga kelsa
demak, shaxsning tarbiyalanishi shunchalik ijobiy kechadi. 
Hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning 
individual psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta’siri hamda boshqa 
odamlar o`rtasidagi muloqot, muomala ta’siri borligini, shuningdek, yana bir 
qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim orali 
o`qitish va tarbiyalash yotadi. Pedagogik psixologiyani shartli ravishda bir 
necha turga ajratish mumkin: a) ta’lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) 
o`qituvchi psixologiyasi; g) oliy maktab psixologiyasi kabilar. 
 Tibbiyot  psixologiyasi  - kasallarning davolanishi, gigiena, profilaktika, 
diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Tibbiyot 
psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasalliklariing kechishi, ularning shaxs 
psixologiyasiga ta’siri qonuniyatlari, insonning kasallikdan sog`ayishiga 
mikrosotsial guruh ta’siri o`rganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o`z ichiga klinik 
psixologiya, patopsixologiya, neyropsixologiya kabi bo`limlarni qamrab oladi. 
Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga psixoterapiya sohasini ham kiritadilar. Tibbiyot 
psixologiyasining asosiy muammosi kasallikni davolashning inson 
psixologiyasiga ta’sirini tadqiq qilishdir. Uning asosiy muammosi insonning 
psixologiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi va shu bilan davolanishni tezlashtiruvchi, 
ijobiy davolash muhitini tashkil qilishdir. Psixik hodisalar bilan miyaga fiziologik 
tuzilishlar o`rtasidagi nisbatni o`rganadigan soha-neyropsixologiya. Dorivor 
moddalarning kishi psixik faoliyatiga ta’sirini tekshiradigan soha- 
psixofarmokologiya Bemorlarni davolash uchun psixik jihatdan salomatligini 
ta’minlash chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug`ullanuvchi soha- 
psixoprofilaktika. 
 Yuridik  psixologiya  - hukuk doirasidagi munosabatlar odamlarning psixik 
faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o`rganuvchi 
psixologiya sohasi. Eksperimental psixologiya ta’siri ostida XX asrning 
boshlarida yuridik psixologiya sohasida ilk laboratoriya tadqiqotlari o`tkazilgan. 
Bu tadqiqotchilar guvohlarning ko`rsatmalarini va so`roq olib borish asoslarini 
o`rganishni maqsad qilib qo`ygan edilar. Yuridik psixolog sifatida yozuvchi 
 
16


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə