O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73

bilan, tashqi sharoitlarga qarshilik  ko`rsatish darajasi bilan belgilanadi. 
      Xarakterning barqarorligi va o`zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining 
zaruriy shartlaridandir. Odam xarakter xususiyatlari juda xilma – xil hayot 
sharoitlarida ham, qarshilik qiluvchi sharoitlar bo`lishiga qaramay, uning xatti – 
harakatlarini boshqaradi. Odam tashqi vaziyatga bog`liq bo`libgina qolmay, balki 
tashqi vaziyatni uning o`zi yaratadi. 
    Xarakterning plastikligi xarakterning barqarorligi singari muhitga aktiv ta’sir 
qilish shartlaridandir. Tashqi sharoitning ta’siri ostida xarakter xususiyatlari  
o`zgaradi. Xarakter plastiklik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun istalgan 
odamning xarakterini tarbiyalash mumkin. 
    Xarkter strukturasida shaxsning individual – psixologik xususiyatlarning 
hamda psixik protsesslarning namoyon bo`lish aktivligiga qarab quyidagi ijobiy 
xarakter xususiyatlarini ko`rsatish mumkin. 
1.
 
Xarakterning ma’naviy tarbiyalanganligi. 
2.
 
Xarakterning  muvozanatlashganligi 
3.
 
Xarakterning aniqligi 
4.
 
Xarakterning kuchi 
5.
 
Xarakterning qa’tiyligi 
6.
 
Xarakterning yaxlitligi 
    Xarakterning  ma’naviy  tarbiyalanganligi odamning hulq  atvorning 
yo`nalishini xarakterlaydi.( Insonparvarlik, xushfe’l va h.k)  
    Xarakterning  muvozanatlashganligi shaxsning odamlar bilan bo`ladigan 
muloqotda va faoliyatda o`zini olishda ifodalanadi. 
    Xarakterning kuchi oldinga qo`yilgan maqsad yo`lida butun kuchini safarbar 
qilishda ifodalanadi. 
    Xarakterning aniqligi shaxsning xulq - atvorini uning ishonchiga, ma’naviy – 
siyosiy tasavvuriga, yo`nalishiga mos tushishda ifodalanadi. 
   Xarakterning  qat’iyligi shaxs xatti harakatlarning  o`ylanganligi, o`z 
qarashlarining va qabul qilgan qaroriga amal qilishda ifodalanadi. 
Xarakterning yaxlitligi so`z va ish birligida ifodalanadi.  
5.
 
Xarakterning shakllanishi. 
   Odam xarakteri bir qator omillar ta’sirida shakllanadi. Bular quyidagilardir: 
1.
 
Ijtimoiy muhit 
2.
 
Tarbiya 
3.
 
Oila 
4.
 
O’z - o`zini tarbiyalash 
5.
 
Maktab jamoasi.    
     Bizga  ma’lumki  shaxs  munosabatlari  ijtimoiy  munosabatlar  bilan 
belgilanadi. Bunda butun bir ijtimoiy tuzumni xarakterlovchi keng ijtimoiy 
munosabatlar katta ahamiyatga ega. Moddiy muhtojlik yoki ta’minlanganlik, 
ishsizlik yoki kelajakka ishonch, ijtimoiy tenglik – bularning xammasi faqat 
shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki, xarakter individual 
xususiyatlarining tarkib topshiga xam ta’sir ko`rsatadi. 
     Ijtimoiy  muhitda  –  sinf  jamoasida, mehnatda xayrixohlik, o`rtoqlik, 
 
birdamlik, badjahillik, kelisha olmaslik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib 
 
151


topishi mumkin. Bugun tashvish, taraddudlar yolg`iz bir bolaga qaratilgan 
oilalarda, ota – onalar o`rtasida doimiy janjal bo`lib turadigan oilalarda 
xarakterning o`ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Xuddi shuningdek, maktabdagi 
shaxslararo munosabatlar xam xarakterni bir qator maxsus xususiyatlarini tarkib 
toptiradi. 
   Ijtmoiy va shaxslararo munosabatlar jamiyatning hamma a’zolari uchun bir 
xildir. Lekin, shaxsning ayni bir xil munosabatlari mutlaqo xar xil individual 
xarakterlarda amalga oshiriladi. Psixikaning ayni bir xil individual sifat 
xususiyatlari shaxsning tegishli ijtimoiy tipik munosabatlari bilan birga 
qo`shilgandagina xarakter xususiyatlarini belgilash mumkin 
   Xarakterning  shakllanishida  tarbiyaning ta’sirini XVIII asrda yashagan 
frantsuz allomalari  Gelьvetsiy va Didro ta’kidlashagan edi. Bu to`g`rida 
Gelьvetsiy «butun mening hayotim uzoq muddatli tarbiyadan iborat» – deydi odam 
o`zining hayoti davomida tarbiyalanadi va shu sababli uning xarakteri uzluksiz 
o`zgarib turadi. 
  Maktabdagi  tarbiya  jarayonida o`quvchilarga qanday talablar qo`yilsa, shu 
asosda o`quvchi xam o`z -o`ziga talablar qo`ya boshalaydi va shu bilan ota – 
onalar birinchi navbatda qanday shaxsni tarbiyalayotganliklarini aniq bilishlari 
lozim. Ana shunda ular o`zlari yo`l qo`ygan xatolarini aniqlaydilar. Bolani 
tarbiyalashda ota – onalarning o`zaro munosabati, oiladagi mehnat rejimi, ota – 
onalarning bola bilan qiladigan  muomalasini axamiyati katta kasb etadi. 
   Maktabda va oilada o`tkaziladigan tarbiyani amalga oshirilishi, rahbarlantirish 
va jazo usullari to`g`ri qo`llanishi lozim. O’quvchi xarakterini shakillanishida oila 
tarbiyasining ahamiyati sifatida ikki xolatni aytaylik: oilada birdan – bir yakka 
bolani va uyda asosan o`z xoliga tashlab qo`yilgan bolani olib ko`rish mumkin. 
Oilada birgina bo`lgan bola kollektivsiz o`sadi, u ko`pincha ota – onasining 
maxsus muhabbat manbai xisoblanadi. Bular bolada xudbinlik, o`jarlik, 
mustaxkamsizlik kabi salbiy xarakter xislatlprining o`sishiga zamin bo`ladi. 
      Maktab  o`quvchisining  x’arakterini tarkib toptirishda uning faoliyatini 
to`g`ri tashkil qilish, xulq - atvorning (ma’lum xarakatga undovchi fikrlar, xis – 
tuyg`ular, maqsadlar sistemasini) to`g`ri motivlarini tarbiyalash xal etuvchi ta’sir 
ko`rsatadi. Birgina faoliyatning o`zida shaxsning turli xarakter sifatlarini tarkib 
toptirish mumkin. Lekin o`quvchi tomonidan faoliyat jarayonida qo`llanagan 
xarakatlarning barqaror va o`zgarmas bo`lishi uchun ular aloxida sifatga ega 
bo`lishlari kerak. Ular avtomatlashgan bo`lishlari kerak. Xarakat usullarining 
avtomatlashuvi ma’lum dinamik stereotip xosil qilinishi bilan bo`lgan shartli 
reflektor funktsional xolatning, ya’ni xarakter fiziologik asosining zaruriy 
natijasidir. Shu tufayli jiddiy sharoitlarda zudlik bilan biror qarorga kelishida 
xarakter ifodalanadigan ish – xarakatlar taxminan o`ylab ko`rmasdan va 
ikkilanishsiz yuzaga keladi. 
   Maktab  o`quvchisi  oiladagi  tarbiyada ota – onalarning xarakter 
xususiyatlariga, maktabda esa o`qituvchilarning xarakter xususiyatlariga ma’lum 
darajada taqlid qiladilar. Xarakterning tarkib topishida taqlidchilikning axamiyati 
o`p jixatdan ifodali ish – xarakatlarning o`quvchi emotsional kechinmalariga ta’siri 
bilan belgilanadi. Agar bola xushfe’l, mexribon odamning imo – ishoralarini, 
 
152


yuzidagi ifodali xarakatlarni ovozning itonatsiyalarini tashqaridan taklid qilish 
orqali o`ziga singdirib olgan bo`lsa va  bular odatga aylanib qolgan bo`lsa, 
o`quvchi xarakatlarini belgilovchi kechinmalarning ichki tuzilishi xam o`zgaradi. 
Ammo xuddi ana shuning uchun sof tashkil taklidchanlik asosida faqat xarakatning 
avtomatlashuvi xosil qilinar ekan, taklidjchilik xarkterning rivojlanishi va 
tarbiyalanishi asosiy va xal qiluvchi rolni o`ynay olmaydi. Agar taklidchanlik xatti 
– xarakat namunasiga taklid qilish uchun mo`ljallangan shaxsning ma’lum 
munosbatlari tomonidan motivlashtirilgan bo`lgandagina xarakter xususiyatlari 
tarraqiyotning shartiga aylana – aylana oladi. 
5. Xarakterning namoyon bo`lishi va uning o`rganish metodlari. 
Shaxsning xarakterri bir qancha sharoitlarda namoyon bo`ladi, bular 
quyidagilardir: 
1.
 
Xarakterning faoliyatida namoyon bo`lishi. 
2.
 
Xarakterning nutqda namoyon bo`lishi 
3.
 
Xarakterning odamning tashqi ko`rinishida namoyon bo`lishi. 
4.
 
Xarakterning turli vaziyatlarida namoyon bo`lishi. 
    Xarakter  odamning  aktiv  faoliyati jarayonida uning ish – xarakatlariga 
bog`liq ravishda sodir bo`ladi. Maktabda xarakterning tarkib topishi dastavval 
ta’lim faoliyatida, undan so`ng asosan maktab qoshidagi uchastkada qilinadigan 
ishlarda va maktab ustaxonasidagi  mashg`ulotlarda amalga oshiriladi. Katta ishli 
odamlarda xrakterning tarkib topishida mehnat faoliyati asosiy rolь o`ynaydi. 
     Xarakterning tarkib topishida aktiv faoliyatning roli shundan iboratki, xuddi 
shu aktiv faoliyatlarida xarakterni ifodalaydigan xarakterning individual o`ziga xos 
usullari xosil bo`ladi. 
      Shaxsning  odamlar  bilan  bo`lgan  muloqatida, so`zlashish uslubida ma’lum 
darajada xarakter xislatlari namoyon bo`ladi. Kundalik xayotimizda biz kamgap, 
yoki ezma odamlarni, muloqatga tez kirishuvchan odamlarni uchratamiz. 
Xarakterni bilishda odam ko`p gapiradimi yoki kamgapmi, samimiy, turli odamlar 
bilan bir xil gaplashadimi, yoki yo`qmi, qanday so`z ifodalaridan foydalanadi, 
nutqning uslubi katta axamiyatga egadir. 
Kundalik xayotimizda biz indamas odamlarni, muloqatga tez kirishuvchan 
odamlarni uchratamiz. Muloqatga tez kirishuvchanlik xarakterning quyidagi 
xususiyatlarini: o`ziga ishonuvchanlikni, qiziquvchanlikni, sezgirlikni, ezmalik esa 
o`zini tuta olmaslikni, odamlardan yaxshi taassurot qoldirish istagini kuchligini 
bildiradi. 
      Indamaslik, kamgaplik ba’zi odamlardan o`z so`ziga javobgarlik xissini 
kuchliligini bildiradi. Ba’zi odamlarda o`zga odamlar bilan fikirlashi istagi 
yo`qligini bildiradi. 
Nutq odamning samimiylik, rostgo`ylik, xususiyatlarini xam namoyon qiladi. 
Buni biz Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» asaridagi Otabek bilan Kumush 
o`rtasidagi munosabatda, ularning bir – birlariga yo`llagan maktublarida 
ko`rishimiz mumkin. 
    Odamning  nutq  uslubida  uning  narsa va xodisalarga bo`lgan emotsional 
munosabati bildiryapti. Bunga misol kelib biz Xamzaning «Boy ila xizmatchi» 
asridagi Gofir monologini keltirishimiz mumkin. Gofir o`z nutqida o`sha davrda 
 
153


yuz bergan voqealarga, boylarga o`zining munosabatini bildiradi. 
      Xarakterning  nutqi  namoyon  bo`lishi ko`p kirrali. Shu sababli odam 
nutqining aloxida bir tomoni bo`yicha chiqarish noto`g`ri bo`ladi. Biz xar doim 
odamga xarakteristika borayotganda uning nutq xususiyatlarning turli tomonlarini 
xisobiga olishimiz lozim. 
     Odam xarakter xususiyatlari uning tashqi ko`rinishida xam namoyon bo`ladi. 
Xarakter xususiyatlari mimika va pantomimikalarda xam ifodalanadi. Ba’zi 
odamlar doim kulib turishadi, ba’zilari qovog`ini uyub turishadi, ba’zilari 
xayronlik ifodalangan bo`ladi. 
     Xarakterologik  jixatdan  kulgi  turlicha bo`ladi: ba’zilari ko`zi bilan kulib 
turishadi, ba’zilar butun yuzi bilan kulishadi, ba’zilar ayyorona kulishadi.  
     Kulgi va mimikalar asosida odamning tipik niqobi shakillanadi va u odamning 
xarakterini ifodalaydi. Odam uchun tipik bo`lgan mimika xayot vaziyatlarida 
reflektor ravishda namoyon bo`ladi. Odamning tashqi ko`rinishidan xarakteriga 
baho berish murakkabdir, chunki ba’zi odamlar o`z xarakter xususiyatlarini tashqi 
xatti-xarakatlar bilan niqoblashishadi. Lekin odam qanchalik suniy ravishda rolь  
o`ynamasin vaqti –vaqti bilan o`zining     «niqobini» yechadi va xaqiqiy xarakter 
xususiyatlarini namoyon qiladi. Bu asosan nizoli vaziyatlardan ekstremal 
sharoitlarda namoyon bo`ladi. O’ktam Usmonovning   «Girdob», Chingiz 
Aytmatovning «Qiyomat»  romanidagi qaxramonlar xulqida kuzatamiz.  
     Odam  xarakterini  o`rganish  uchun uni biz turli vaziyatlarida uoq vaqt 
kuzatishimiz, so`z va ish birligini taaqqoslashimiz lozim. 
Xarakterni o`rganish metodlari quyidagilardir: 
1.
 
Kuzatish 
2.
 
Eksperiment  
3.
 
Suxbat 
4.
 
Erkin insho 
5.
 
Faoliyat maxsulini analiz qilish 
 
 Xarakter shakllanishning asosiy omillari 
1.Oila. Oiladagi tarbiya. Ota-onalarning shaxsiy o`rnagi. 
2.Maktab. O’qituvchilarning shaxsiy namunasi. O’rtoqlari. 
3.Maktabdan tashqaridagi faoliyat.  Teatr, kino, sport mashg`ulotlari. 
4.Jismoniy rivojlanishi va sog`ligi.     
1.
 
O’quvchining yo`nalishi. 
2.
 
Yo`nalishning mazmuni. 
3.
 
a(g`oyaviy-siyosiy yo`nalishi vatanga bo`lgan muxabbat, jamoat ishiga 
qiziqish, javobgarlik va burch xissi)                                             
4.
 
b (mexnatga bo`lgan munosabat) maktabga, ta’limga, aloxida predmetlarga 
qiziqish. Fanga, sa’atga bo`lgan qiziqish. 
v (o`ziga va boshqalarga bo`lgan munosabati o`z-o`ziga baxo berishi, kamtarlik 
ota-onasiga, o`qituvchilarga, do`stlariga bo`lgan munosabati). 
2. Yo`nalishning psixologik xarakteristikasi.    
a) ongliligi, fikirlashi 
b) yo`nalishi emotsionalligi (entuaziazm, quvnoqligi, yumor xissi) 
 
154


v) maqsadga intiluvchanligi. 
 
 III. Xarakterning irodaviy sifatlari. 
1.
 
Aktivlik  
a) Qat’iyatlilik 
b) jasurlik 
v) mustaqillik, tashabbuskorlik. 
2.
 
Yig`inchog`ligi. 
a) o`z -o`zini nazorat qilish 
b) o`ziga ishonchi komilligi 
v) intizomliligi 
  IY Psixik tuzidishi (sklad) 
1.
 
Xarakterning yaxlitligi. 
2.
 
Xarakterning murakkabligi 
3.
 
Xarakterning dinamikligi 
  V Xarakter va  shaxsning boshqa psixik komponentlari. 
1.
 
Xarakter va temperament. Temperamentning boshqarilishi. 
2.
 
Xarakter va qobiliyatlar. 
3.
 
O’z  qobiliyatlarini rivojlantirishi. 
 
 
Asosiy adabiyotlar 
 
1.
 
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’saғasida... T., «O’zbekiston», 1997. 
2.
 
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga 
xizmat etsin. T., «O’zbekiston», 1998. 
3.
 
Karimov I.A. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. Toshkent., «Sharq»,1999. 
4.
 
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.T ,«Sharq»,1999. 
5.
 
Ageev B.C. Mejgruppovoe vzaimodeystvie: sostialno-psixologicheskie 
problemo’. M., 1990. 
6.
 
Aidriyanova  V.I.  Pedagogicheskie  texnologii  i  pedagogicheskoe masterstvo 
(uchebnoe posobie). Tashkent, 2005. 
7.
 
Asmolov A.G. Psixologiya lichnosti. Uchebnik. M, 1990. 
8.
 
Vasilev V.L. Yuridicheskaya psixologiya. SPb., 2002. 
9.
 
Diligenskiy G.G. Sostialno-politicheskaya psixologiya. M., Novaya shkola, 
1996. 
10.Dushkov B.A. Psixologiya tipov lichnosti, narodov i epox. Ekaterinburg, 
2001. 
11.Kitov A.I. Ekonomicheskaya psixologiya. M., 1987. 
12.Kolominskiy Ya.L. Psixologiya obheniya. M, 1974 
13.Mavlonova P., To’raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika (darslik). Toshkent
«O’qituvchi», 2001. 
14.Mayers D. Sostialnaya psixologiya. S.-P., 1998. 
15.Pedagogika (ma’ruzalar matni). N.Ғaybullaev va b., Toshkent, 2000. 
16.Prakticheskaya psixologiya./ Pod red. M.K.Tutushkinoy, M., 1998. 
 
155


17.Sostialnaya psixologiya./ Pod red. A.M.Stolyarenko, M., YuNITI, 2001. 
18.Shibutani T. Sostialnaya psixologiya. M., 1998 
19.Chufarovskiy Yu F Yuridicheskaya psixologiya. M., 2002. 
20.Yakubova Z.Yu. Shaxs yo’nalishi va qobiliyatlarning muvofiqligi. Qo’qon, 
1989. 
21.Yakubova Z.Yu. va boshqalar. Shaxs inqiroz holatlarining ijtimoiy-psixologik 
sabablari va ularning oldini olish. Toshkent, 1997. 
22.Yakubova Z.Yu. «Ijtimoiy psixologiya» fanidan ma’ruzalar matni. Toshkent, 
1999. 
 
23.
Yakubova Z.Yu. i dr. Psixologiya i pedagogika (uchebnoe posobie). Fergana, 
2000. 
24.
Yakubova Z.Yu. i dr. Psixologiya menedjmenta (uchebnoe posobie), 
Tashkent, 2002. 
 
Qo’shimcha adabiyotlar 
 
1.
 
Abulxanova-Slavskaya K.A. Strategiya jizni. M., 1991. 
2.
 
Badmaev B.Ц. Psixologiya: kak ee izuchit i usvoit, M., Uchebnaya lit-ra 1997, 
254 s. 
3.
 
Gorbatenko AC. Obidaya i prikladnaya psixologiya. Rostov-n/D.: Izd-vo 
«Feniks», 2002. 
4.
 
Levi V.L. Iskusstvo bmt drugim. M., 1980 
5.
 
Klimov E.A. Obshaya psixologiya. Obsheobrazovatelnj kurs. Uchebnoe 
posobie. M.: YuNITI-DANA, 1999, 511 s. 
6.
 
Laplansh J., Pontalis J.B. Slovar po psixoanalizu. M., Vyushaya shkola. 1996, 
624s. 
7.
 
Nemov PC. Psixologiya: Ucheb. dlya stud. V 3-x kn. M.: VLADOS, 1999. 
8.
 
Petrenko V.F. Osnovi psixosemantiki. M., MGU. 1997, 400 s. 
9.
 
Psixologiya. Pedagogika. Etika: Uchebnik dlya vuzov. M.: Zakon i pravo, 
YuNITI, 1999, 350 s. 
10.Psixologiya. Uchebnik / Pod red. A.A. Krnlova.M.: Prospekt, 1999-584 s. 
11.Rogov E.I. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa. V 2-x kn. M., 
VLADOS, 1999, 384, 478s. 
12.Romanov V.V. Yuridicheskaya psixologiya. M., 1998. 
13.Romanov V.V. Yuridicheskaya psixologiya. Uchebnik. M., "Yurist" 1999. 488 
s. 
14.Stankin M I. Psixologiya upravleniya. Prakticheskoe posobie. M.: Biznes-
shkola "Intel-Sintez", 1999, 304 s. 
15.Sostialnaya psixologiya lichnosti v voprosax i otvetax. Uchebnoe posobie. / 
Pod red. V.A Labunskoy. -M.: Gardariki. 1999, 397 s. 
 
 
 
156

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə