O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73

A.K.Doplning qahramoni Sherlik Xolmsni atash mumkin. Yuridik psixologiya 
bo`yicha tadqiqot ishlari o`sha vaqtlarda V.Shtern, K.Yung va boshqa 
psixologlar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik yuridik psixologiyaning o`ziga 
xos tadqiqot yo`nalishlari vujudga keldi: jinoyatchilar shaxsini tadqiq qilish, 
guvohlik ko`rsatuvchilar ko`rsatmalarini tekshirish, sud psixologiyasi 
ekspertizasining nazariy va amaliy tomonlari ishlab chiqilgan Yuridik psixologiya 
umumiy psixologiyaning metodlari va o`ziga xos ularning shakllarini qo`llaydi. 
Hozirgi zamonda uning bir qancha bo`limlari mavjuddir: kriminal psixologiya, 
sud psixologiyasi, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash psixologiyasi kabilar. 
Harbiy psixologiya - harbiy faoliyatining inson psixikasiga ta’siri, harbiy 
faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o`rganuvchi, tadqiq 
qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish 
- harbiy psixologiyasi-ning asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda 
shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik 
xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining 
o`zgarish, bo`linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik 
tuyg`usini shakllantirish birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy 
psixoyaogiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik 
psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy qonuniyatlar 
yotadi. 
Sport psixologiyasi - sport  musobaqalari va mashqlanish faoliyatda inson 
psixikasining rivojlanishi, guruxiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini 
tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi, mazkur soha XX asrning 60-70 yillarida jadal 
sur’atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning 
individual psixologik farqlarini o`rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib 
esa sport psixologiyasi o`rganayotgan muammolar ko`lami pasaydi, shu boisdan 
uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta’sir 
o`tkazuvchi muhim shart-sharoitlarni yoritib berishdir. Bundan tashqari, sport 
psixologiyasi sportchilarini shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga 
psixologik yordam ko`rsatish jabhalari bilan ham shug`ullanadi. 
Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo`lib, tijorat 
ta’sirining psixologik negizlari, ob’ektiv shart-sharoitlarini, ehtiyojning 
individual, yoshga, jinsiga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat 
ko`rsatishning psixologik omillariii aniqlaydigan soha. Savdo psixologiyasi 
savdo-tijorat reklamalari va  shu bilan  birga   sotuvchi-xaridor munosabati, 
kishilarga ta’sir o`tkazish, ularda iliq his-tuyg`u, ishonch uyg`onish mexanizmlari, 
mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish,  ijtimoiy ahamiyatini tushuntira 
bilish, kabi masalalarni tadqiq qiladi. 
Ijodiyot psixologiyasi badiiy qadriyatlarni o`zlashtirishda, ularning yangi 
ko`rinishlarini ijod qilishda va shu qadriyatlar inson tomonidan idrok qilishda 
kechadigan psixologik holatlarni hamda bu holatlarning shaxs hayoti, faoliyatiga 
ta’sirini o`rganuvchi psixologiya sohasi. Ijod psixologiyasi bir tomondan 
psixologizm ta’siri ostida, ikkinchi tomondan esa aksilpsixologizm iskanjasida 
rivojlanadi. Psixologizm tarafdorlari badiiy asarlar yaratilmish individual ong 
ta’sirida vujudga keladi, deb talqin tasdiqlashadi. Aksilpsixologizm bu 
 
17


asarlarga sub’ektning psixik faoliyatining ta’sirini inkor qiladi. 
Yosh psixologiyasi shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson 
tug`ilishidan to umrining oxirigacha bo`lgan davrni, ya’ni ontogenezni 
o`rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi 
sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan bo`lib, u fan va texnika taraqkiyoti, 
jamiyat talabiga binoan bolalar psixologiyasi taraqqiyotida qo`llanilgan. Yosh 
psixologiyasi hozirgi zamonda bolalar psixologiyasi, o`smirlik va o`spirinlik 
psixologiyasi, yetuklik psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. U 
insonning ontogenezda rivojlanish jarayonida psixik holatlarning kechishi, psixik 
funktsiyalarning  roli, ularning o`zgarishi, harakatlantiruvchi kuchlar, 
mexanizmlar, ta’sir o`tkazuvchi ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar, taraqqiyot 
qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi umr o`tishi bilan psixologik 
farqlar, individual-psixologik xususiyatlar o`rganishini o`rganadi, tadqikotlarda 
madaniy, ijtimoiy-tarixiy, milliy ta’sirni hisobga oladi. Shuning uchun yosh 
psixologiyasining ob’ektlari o`ta murakkab bo`lib, taraqqiyotlar taraqqiyotini 
tekshirishii takozo qiladi. Yosh psixologiyasining asosiy vazifalaridan biri - 
bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi, yosh davrlari inqirozi 
bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam ko`rsatish chora-
tadbirlarini ishlab chikishdan iboratdir. Yosh psixologiyasi pedagogik 
psixologiyaning ilmiy, amaliy, tajribaviy asosi bo`lib hisoblanadi, lekin boshqa 
sohalari bilan xam uzviy alohida faoliyat ko`rsatadi, inson kamolotining o`ziga xos 
xususiyatlari to`g`risida ijtimoiy ahamiyagga molik materiallar to`playdi. 
Maxsus psixologiya - normal psixik rivojlanmagan tug`ma yoki keyinchalik 
orttirilgan nuqsonlar ta’siri ostidagi insonlarning psixologiyasini tadqiqot qilish 
sohasi. Uning bir necha bo`limlari xukm suradi: patopsixologiya-rivojlanish 
jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallikning turlicha kechishi, 
psixikaning tamoman izdan chiqishi hollarini o`rganuvchi soha;  surdopsixologiya 
- quloq eshitishning butunlay kar bo`lib qolgunga qadar jiddiy kamchiliklari, 
nuqsonlari bilan shug`ullanuvchi, bolani voyaga yetkazishning omilkor yo`l-
yo`riqlarini topuvchi, korrektsion-tuzatish ishlarini olib boruvchi soha; 
giflopsixologiya - chala ko`ruvchi va mutlaqo ko`zi ojiz odamlarning psixologik 
rivojlanishini tadkiq qiluvchi soha. Maxsus psixologiyaning yana o`ziga xos tor 
bo`limlari ham mavjud bo`lib, insonlarnipg kasalligi, nuqsonini, aql-idrok 
darajasi, nutq faoliyati patologiyasiga binoan tashkilot ishlari olib boriladi. 
 Qiyosiy  psixologiya  - psixologiyaning murakkab bo`limlaridan biri bo`lib, 
psixikaning filogenetik xolatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan sohasi. 
Qissiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, 
ularning xulq-atvoridagi o`xshashliklar va tafovutlar sabablari tekshiriladi, 
harakatlantiruvchi kuchlar, ta’sir o`tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi. 
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo`g`inidan iborat bo`lib, u turli 
guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-
harakatlarini o`rganadi.  
Differentsial psixologiya  -  shaxslar o`rtasidagi tafovut va farqlarni hamda 
guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya’ni 
psixologik farqlarini o`rganuvchi isixologiya sohasi. Differentsial psixologiyaga 
 
18


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə