O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73

F.Galьton asos solgan bo`lib, u individual farqlarni statistik analiz qilish uchun bir 
qancha usullar va asboblar yaratgan. Differentsial psixologiya terminini nemis 
psixologi V.Shtern o`zining «Individual farqlar psixologiyasi» asarida ishlatgan. 
Differentsial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri - testdir. Avval ikdividual 
testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo`llanila boshlangan, ular asosan aqliy 
rivojlanishdagi farqlarni o`rganishga karatilgan bo`lib, muayyan vaqt o`tgandan 
so`ng proektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi, intilishdagi, 
hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir. 
Psixologiya inson qobiliyatlari genetik, biologik omillarga asoslangan, degan 
g`oya mavjud bo`lib, ta’kidlanishicha, ular go`yoki nasldan naslga o`tadi. 
Hozirgi zamon differentsial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari 
yordami bilan shaxslarning qobiliyati bo`yicha tanlashda ilmiy printsip va 
qonuniyatlarga asoslanadi. 
Psixofiziologiya  - odamlarning individual psixologik va psixofiziologik 
farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini o`rganuvchi psixologiya 
sohasi. Psixofiziologiyaning ikkita asosiy tadqiqot yondashuvi mavjud: a) 
mustaqil amaliy tadqiqotlarda olingan fiziologik va psixologik natijalarni o`zaro 
solishtirish, qiyoslash; b) biron bir faoliyatda fiziologik funktsiyalar o`zgarishini 
o`rganish. 
Ijtimoiy  psixologiya - odamlarning ijtimoiy guruxlarga birlashishini, bu 
guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulk-atvorini, ijtimoiy 
psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni 
tadqiqot qiluvchi psixologiya sohasi. Qadimgi zamondan ijtimoiy psixologik 
voqelik falsafiy nuqtai nazardan o`rganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa 
munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga asos bo`lib 
psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etnografiya, krimonologiya, falsafa kabi 
fanlar xizmat   qilib kelgan.  Ijtimoiy  psixologiya   fan   sifatida   muloqot,   
muomala   qonuniyatlari,   shaxslararo munosabat, individual va guruxiy o`zaro 
ta’sir, guruhlarning ichki  va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy 
xolatlarni   tekshiradi. 
 Ijtimoiy  psixologiya bir necha sohalarni o`z ichiga qamrab oladi: din 
psixologiyasi, oila psixologiyasi, muomala psixologiyasi, kichik gurux 
psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson 
tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya va boshqalar. 
Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy ong bilan 
shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o`rganuvchi psixologiya sohasi. Din 
psixologiyasi XIX asrning oxiri XX  asrning boshlarida vujudga kelgan bo`lib, 
insonni ibodat qilishdagi, diniy an’analarni, rasm-rusumlarni bajarishdagi hissiyot 
hoxishlarini    o`rganishni    o`z   oldiga    maqsad    qilib    qo`yadi.    Diniy 
psixologiyani o`rganish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshirilmokda: 
a) umumiy nazariya: diniy ong, uning tuzilishi, diniy hissiyot, dinning shaxs 
shakllanishidagi ahamiyati; 
b) din psixologiyasi differentsialini: ijtimoiy muhit va tarixiy davrdan 
shakllangan   ong  va     xissiyot    tadqiqoti;  
v) diniy guruh psixologiyasi;  
 
19


g)diniy rasm-rusumlar psixilogiyasi;  
d) xurfikrlilik ta’limi psixologiyasi kabidir. 
Siyosiy psixologiya  -  jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik 
xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta’sirchanlik va ta’sir o`tkazish jarayonlari kabi 
jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.               
Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o`rganuvchi fanlararo tadqiqot 
qilishga yo`nalgan psixologiya soha. Oila psixologiyasi oilaning psixologik 
muammolarini o`rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar 
taqsimlanishi, er-xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlari, 
jinsiy tafovutlarga asoslanib muloqotga kirishish kabilarni o`rganadi. Oila 
psixologiyasi tomonidan to`plangan materiallar oila musgahkamligini saqlash 
uchun maslahatlar berishda, har bir sotsiologik va psixologik dasturlar tuzishda 
qo`llaniladi. Shuningdek, oila tiplari, tuzilishi, ierarxiyasi, ularga ta’sir qiluvchi 
ob’ektiv va sub’ektiv omillar ham mazkur sohaning tadqiqot predmetiga kiradi. 
Boshqaruv psixologiyasi - jamiyatda faoliyat ko`rsatayotgan shaxslar, guruhlar 
va jamoalar o`rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan nazorat, baholash, 
munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati 
xususiyatlarini tadqik qiladigan ijtimoiy psixologiyaning sohasi.            
Parapsixologiya - hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, 
tushuntirish qiyin bo`lgan psixik hodisalarni o`rganadi. Ekstrosensorika - o`ta 
sezuvchanlik, telepatiya-fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va 
hokazo. Parapsixologiyaga qiziqish qadimdan mavjud bo`lib, unga nisbatan ixlos to 
hozirgi kungacha kamaygani yo`q, goho uni psixotronika deb ham atashadi. 
Xiromatiya-qo`l kaftiga qarab fol ochish inson kelajagi va uning taqdiri haqida 
oldindan bashorat qilishdan iborat noilmiy soha.  
Mavzu yuzasidan savollar  
1.
 
Psixologiya fanining kelib chiqish tarixi 
2.
 
«Rux» tushunchasi va mohiyati 
3.
 
Hozirgi zamon psixologiyasining asosiy tarmoqlari 
4.
 
Psixik holatlar va xususiyatlar 
Tayanch iboralar 
Psixik jaraenlar, psixik holatlar, psixik xususiyatlar, kuzatish, suxbat, anketa, 
sotsiometriya, test va psixologiya sohalari.     
 
 
 
 
20


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə