О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Management and arrangement of the activity the sphere of culture and art



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə9/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158
ДАРСЛИК

Management and arrangement of the activity the sphere of culture and art




1.1

Development of the activity the sphere of culture and art




1.2

Scientific and theoretical schools of management the activity the sphere of culture and art




1.3

Theoretical bases and foreign models of management




1.4

Administration and management




1.5

Information and communication in management




1.6

Resolutions in management




1.7

The process and efficiency in management




1.8

Resolutions in management




Chapter 2

The system of management in culture and art




2.1

What is manager? Its personal and business qualities, and goals




2.2

The qualities of modern manager




2.3

Planning and arrangement of manager practicing




2.4

Business etiquette




2.5

Manager and leading specialist. Methods and approaches of manager, his image




2.6

Arrangement of scientific and creative managing. Management in culture and art, and influence of mental features.




2.7

Self-management




2.8

Management in culture and art, and influence of mental features.




2.9

The progression possibilities of culture and art management




Chapter 3

Politics of management in culture and art




3.1

The juridical and regulatory documents in the sphere of culture and art




3.2

Management and arrangement of the activity of theatres




3.3

Management and arrangement of the activity of museums and exhibition halls




3.4

Management and arrangement of the activity of concert halls and art communities




3.5

Management and arrangement of the activity of amateur and art communities and coteries




3.6

Transformational processes in development of the sphere of culture and art




3.7

Management of the activity of art communities and non-governmental organizations




3.8.

Used literature





Kirish

«Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish» fanini о‘qitishdan maqsad talabalarni boshqaruv muammolariga qiziqtirish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoqlarini oshirishdir. Chunki hozir madaniyat va san’at muassasalarini boshqarish asoslarini va bozor kо‘nikmalarini о‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, badiiy,ijodiy, havaskorlik jamoalarining rahbarlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, konsert tashkilotlari,muzeylar, teatrlar faoliyatining turli sohalarida madaniyat va san’at sohasi boshqaruvchilari, targ‘ibotchilari bо‘lib etishadilar. Madaniyat va san’at muassasalarida boshqarish tizimini takomillashtirish va marketing sohasida tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi.

Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarishni jamiyatning ma’naviy va iqtisodiy negizi bilan о‘zaro bog‘liq holda kо‘rib chiqish lozim, bunda boshqarishning ikki tomoni hisobga olinadi: madaniy-ma’naviy, tashkiliy-iqtisodiy va texnik-iqtisodiy.

San’at – jamiyatning bebaho xazinasi, inson tafakkurining buyuk kashfiyotidir. San’at ijod va mahoratning, tinimsiz izlanishning eng oliy darajasida yaratilgandagina inson kо‘nglini ishg‘ol qila oladi.

Boshqaruv haqida gapirganda yetuk allomalarning “Dunyoda eng qiyin -san’at boshqaruv san’atidir” degan hikmatli sо‘zlari ijod, hayrat, yaratish, yangilik izlab topish, insonlarni hayratga solish uchun yaratilgan san’at haqida aytilgan bо‘lsa kerak. Zero, madaniyat va san’at muassasalari xodimlari uzoq tarixga borib taqaladigan milliy urf-odatlarimiz, ana’analarimiz, xalq og‘zaki ijodiyoti,klassik, mumtoz, zamonaviy qо‘shiqchilik, milliy maqom, baxshichilik, muzeylar va teatrlar, konsert tashkilotlari, ijodiy jamoalarning faoliyatini tartibga soluvchilar, xalqqa yetkazib beruvchilardir.Chunki har bir xalqning san’ati shu xalqni dunyoga tanitadi, jahon sahnalarida shu xalqning nomidan sо‘z aytishga sharoit yaratadi.

Madaniyat va san’at sohasi faoliyatini yaxshilash, madaniyat markazlarining zamon talablari asosida ishlashini ta’minlash, kadrlar salohiyatini oshirish, markazlarda turli xil tо‘garaklar va jamoalarning uzluksiz va samaraliish olib borilishini yо‘lga qо‘yish bugungi kunning kechiktirib bо‘lmaydigan vazifasidir.

Darslikni yozish jarayonida buyuk mutafakkirlarimiz Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarlarida boshqaruv mazmun-mohiyatiga berilgan tarixiy-ilmiy ta’riflar, boshqaruv nazariyasi namoyandalari- fransuz olimi Anri Fayol, amerikalik muhandis-tadqiqotchi Frederik Teylor, nemis sotsiologi Maks Veber tamoyillari, boshqaruv mehnatining asosi hisoblanmish axborot-kommunikatsiyalar, qarorlar qabul qilish asoslari, zamonaviy menejer sifatlari, zamonaviy rahbar xodimlar maqsad va vazifalari, keyingi yillarda О‘zbekistonda olib borilayotgan madaniyat va san’at muassasalarini boshqarish siyosati va tizimi, sohalar taraqqiyotidagi transformatsion jarayonlar, davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlarinig hamkorlik faoliyati,”Xalq artistlari klublari”, bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini jonlantirish, alohida iqtidor talab qiladigan ijodiy oliygohlarda ijodiy imtihonlarning joriy etilishi haqidagi mavzularga alohida о‘rin berildi. Shuningdek, jamiyatda hurmat va nufuzga ega bо‘lgan bilimdon rahbar kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladigan tushunchalar- rahbar faoliyati, rahbar muloqoti, rahbar mas’uliyati, rahbar mahorati, rahbar madaniyati, rahbar farosati borasidagi taniqli olimlarning fikr-mulohazalari ham keltirilgan.

Amalga oshirilayotgan barcha ma’rifiy islohotlardan pirovard maqsad – ertamiz egalarining mehnat va ijod qilishlariga mustahkam poydevor yaratishdan iborat.

Bu borada Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning quyidagi sо‘zlarini ta’kidlamoq lozim:“Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini rо‘yobga chiqarish borasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirildi”1.

Har bir mavzuni о‘rganish jarayonida tayanch sо‘zlar va iboralar, nazorat savollari,har bir mavzu yuzasidan tavsiya qilingan adabiyotlar, sohaga oid ma’lumotlarni mustahkamlashga xizmat qilsa, xorijiy mutaxassislarning rahbarlik, rahbarning dunyoqarashi, zamonaviy menejerlarning imiji, ishga doir etika va etiket, san’at menejmentining kelgusidagi vazifalari, madaniyat va san’at sohasida jahon tajribalari haqidagi fikr-mulohazalari hozirgi globallashuv davrida jahon va о‘zbek madaniyati, san’ati uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.


1 BOB. О‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASI BOSHQARUVI VA ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI

Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə