O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 235,07 Kb.
səhifə1/4
tarix22.11.2017
ölçüsü235,07 Kb.
#11334
  1   2   3   4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI


“BADIIY GRAFIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

Boboqandova Marhabo

Rang tasvirda “Bahor” mavzusida kompozitsiya ishlash uslubiyati
5140700–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi

bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun


BITIRUV MALAKAVIY ISHI
ILMIY RAHBAR: D.OMONOV

Bitiruv malakaviy ishi “Badiiy grafika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2011 yil ___ maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnoma №___)


Kafedra mudiri: dots. M.Umarov

Bitiruv malakaviy ishi YaDAKning 2011 yil ___ iyundagi majlisida himoya qilindi va ____ ball bilan baholandi (bayonnoma №___)


YaDAK raisi: ____________________________________________________

A’zolari: ____________________________________________________

____________________________________________________

____________________________________________________

Samarqand-2011

MUNDARIJA


Kirish

I-Bob. Tasviriy san'atning tarbiyaviy ahamiyati.

1.1Tasviriy san’atda rang tasvirining o’rni va ahamiyati

1.2 Akvarelda ishlash texnologiyasi va usullari. .

1.3 Guash bo’yog’ida ishlashning yo’llari



II-Bob. Rang tasvirda ishlashda moybo’yoqdan foydalanish.

2.1 Mоybo’yoqdа tаsvirlаrni ishlаshning o’ziga xos tomonlari

2.2 Iliq va sovuq ranglar hamda ularning qo’llanilishi.

2.3 Manzara janrida kompozitsiyasining yaratilishi.



III. Xulosa

IV. Adabiyotlar

Kirish
Tasviriy san'at – bu go`zalliklar dunyosi. Uni tushunish va qabul qilishni qanday o`rganish mumkin? Buning uchun eng avvalo tasviriy san'atning ifodaviy tilini o`zlashtirish, uning turlari va janrlari haqida tushunchaga ega bo`lish va rangtasvir texnikasi va texnologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo`lish lozim.

Shuning uchun ham tasviriy san'at o`qituvchisi o`z ish faoliyatida o`quvchilarga faqat san'atning nazariy asoslari va uning ifodaviy tilinigina o`rgatib qolmasdan, balki tasviriy san'at materiallari va asbob-uskunalari haqidagi ma'lumotlarni ham yetkazishlari juda muhim.

Tasviriy san'atni o`rganish, uning texnik asoslarini o`rganishdan boshlanadi.

Xuddi shu bilimlar tasviriy san'atning turli ko`rinishlari bilan muvaffaqiyatli shug`ullanishga sharoit yaratadi.

Universitetlarning badiiy grafika fakultetlari va san'at litseylarida materialshunoslik va tasviriy san'at vositalariga kam e'tibor qilinadi. Bu esa ta'lim jarayonida juda katta uzilishlarga olib keladi.

Ushbu uslubiy qo`llanmada tasviriy san'at vositalari, asbob-uskunalari va materiallari bilan tanishtirishni va rangtasvir texnikasi va texnologiyasining ijodiy imkoniyatlarini ochib berish maqsad qilib qo`yilgan.

Materiallarning xususiyatlari bilan tanishish ijodiy jarayonda muhim rol o`ynaydi.

Talabalar tasviriy san'atning texnik asoslarini o`rganib bo`lishganidan so`nggina rassom-pedagog ularni qalamtasvir va rangtasvirga o`rgatadi.

Rangtasvir materiallarini yaratish texnologiyasi amaliy kimyo asosida rivojlandi va ilmiy xarakterga ega. Bu texnologiyani rangtasvirchilar amaliy ish jarayonida yaratishgan va yillar davomida o`rganishgan.

Qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha yangi tasviriy vositalarning rivojlanishi rangtasvir qoidalarini san'at, shuningdek hunarmandchilik sifatida ko`rsatib kelgan.

Bo`yoqni birinchi bo`lib ibtidoiy jamoa davrida yashagan inson kashf qilgan. Hayvonlar qoni, moy, ko`mir, tuproq ham o`sha davrlarda ishlangan bo`yoqlarning tarkibiy qismi bo`lgan. Bo`yoqlarni tayyorlash malakalari hozirgi kungacha ham o`zgarishsiz yetib kelgan, lekin asosiy tarkibiy qismlari va ishlab-chiqarish texnikasi o`zgarib ketgan.

Bo`yoqlar pigment va bog`lovchi vositalardan tarkib topadi. Pigment (lat. Pigmentum)- bu bo`yovchi modda hisoblanadi. Keyingi boblarda bu to`g`rida batafsil to`xtalib o`tamiz.

Italyan rassomi, me'mori va yozuvchisi Jorjo Vazari 1550-1568 yillarda birinchi «San'at tarixi» kitobini yozadi va bu kitobida moybo`yoqni kashf etgan aka-uka Yan van-Eyklar haqida ma'lumot beradi. Moybo`yoq rangtasvirda XV asrdan buyon qullanila boshlandi. Shungacha kartinalar, ayniqsa yog`ochga ishlangan rasmlar tuxumli tempera bilan ishlangan. Bu kartinalarni yaratishda rantasvir uchun murakkab materiallar va bog`lovchi elementlardan foydalanganlar. Lekin, ular qisqa vaqtda ishdan chiqqan va bo`yoqni yana tayyorlash zarur bo`lgan. Bo`yoqlarda bog`lovchi vosita sifatida moylardan foydalanila boshlagandan keyin, bo`yoq tayyorlash jarayoni bir muncha osonlashadi. Bundan tashqari bo`yoqlarning yorqinligi va ranglarning aniqligi oshdi. Turli bo`yoq qatlamlarini bir-biriga qo`yilishi nozik rang nyuanslarini keltirib chiqardi.

Moylar bo`yoqlarning qurish jarayonini sekinlashtirdi, shuning uchun ham uzoqvaqtishlash mumkin bo`lib qoldi. Quruq bo`yoqqa ham yangi qatlam yaxshi urnashadi,shu bilan birga oldingi qatlamning rangi uchmaydi va erib ham ketmaydi.Shunday qilib rassomlarga ancha yengillik bo`ladi.Rassom vaqtdan yutadi. U kartina uchun qancha vaqtishlaydi va ish jarayonida shakllarni bo`yoq bilan yaratishga imkoniyat oladi.

Tаsviriy sаn’аtdа uning rаngtаsvir vа grаfikа tushunchаlаri mаvjud bo’lib, ulаr bir-biridаn ishlаnish yo’llаri hаmdа uslublаri, tаsviriy vоsitаlаri bilаn fаrqlаnib turаdi. Rаng insоn hаyotidа muhim аhаmiyat kаsb etuvchi hоdisаdir. U turli аziyatlаrdаоdаmgа hаr-хil tа’sir etаdi. Shuning uchun biz аyrim pаytlаrdа rаnglаrni «quvоnchli» vа kаyfiyatimizni tushkunligini ifоdа etish mumkin bo’lgаn «хirа» dеb аtаshimiz bеjiz emаs. Insоn qаdimiy pаytlаrdаnоі rаngning аnа shundаy хususiyatlаrini hisоbgаоlib, o’z fаоliyatidа unumli fоydаlаnib kеlgаnligi mа’lum. Аyniqsа, shundаy vоsitа sifаtidа rаssоmlаr ustаlik bilаn fоydаlаngаnlаr. Аsаrlаrigа rаng bilаn jilо bеrib оdаmlаr kаyfiyatigа turlichа tа’sir etib fikrlаr uyg’оtаdigаn tаsvirlаr yarаtishgа erishgаnlаr. Shuning uchun tаsviriy sаn’аtning judа ko’p turlаri vа jаnrlаridа rаng hаmdа uni ishlаtа bilish judа kаttааhаmiyatgа egаdir. Аmmо u qаlаmtаsvirning muhim ekаnligi bilаn quvvаtli ekаnligi mа’lum hаqiqаtlаrdаn eng аsоsiysi dеsаk to’g’ri bo’lаdi. Shuning uchun qаdimdаn qаlаmtаsvir chizishgа rаngtаsvirning аsоsi sifаtidа qаrаsh shаkllаngаn. Аmmо rаng хususiyatlаrini yaхshi bilish hаr bir tаsvir chizishni o’rgаnuvchi uchun judааhаmiyatlidir.

Tаsviriy sаn’аtdа uning rаngtаsvir vа grаfikа tushunchаlаri mаvjud bo’lib, ulаr bir-biridаn ishlаnish yo’llаri hаmdа uslublаri, tаsviriy vоsitаlаri bilаn fаrqlаnib turаdi. Rаng insоn hаyotidа muhim аhаmiyat kаsb etuvchi hоdisаdir. U turli аziyatlаrdаоdаmgа hаr-хil tа’sir etаdi. Shuning uchun biz аyrim pаytlаrdа rаnglаrni «quvоnchli» vа kаyfiyatimizni tushkunligini ifоdа etish mumkin bo’lgаn «хirа» dеb аtаshimiz bеjiz emаs. Insоn qаdimiy pаytlаrdаnоі rаngning аnа shundаy хususiyatlаrini hisоbgаоlib, o’z fаоliyatidа unumli fоydаlаnib kеlgаnligi mа’lum. Аyniqsа, shundаy vоsitа sifаtidа rаssоmlаr ustаlik bilаn fоydаlаngаnlаr.


Ishning maqsadi. 1. Bitiruv malakaviy ishini bajarish. Talabalarni estetik idrok qilish qobiliyatlarini o’stirish, ularni tabiat, san’at va hayotdagi go’zalliklarni idrok etishga o’rgatish.

2. Talabalarning estetik didini tarbiyalash, ularni go’zallikni baholay olish haqiqiy go’zallikni xunuk va voqyea narsalardan farqlay bilishga odatlantirish.

3. Talabalardagi ijodiylikni tarbiyalash va o’stirish.

4. Balabalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish.

5. Rangshunoslik fanidan olgan bilimlarini amalda qo’llash.

Tadqiqot obyekti. Bitiruv malakaviy ishi uchun qo’yilgan pastanovka (ya’ni, manzara) mavzusi asosida bajarilgan turli xil variantdagi eskizlar, qoralama ishlar va natyurmort mavzusida ijod etgan rassomlarning asarlaridan reproduksiyalar. Pastanovkaga qo’yilgan narsalarni o’zaro nisbatlarini tavsiya qilish, aniqlash bosqichma-bosqich amalish ishlar bajarish. Amaliy ish jarayonida perspektiva havo perspektivasi va rangtasvir texnologiyasi qonun-qoidalariga amal qilish kompozisiyada detallarning shakli fakturasini rangini amalda qo’llash.

Ishning ilmiyligi. Bitiruv malakaviy ishini bajarishda qalam tasvir qonuniyatlariga qat’iy amal qilish. Buyum va jihozlarning nisbiy o’lchamlarini kompozisiyada aniq tasvirlash kompozisionyig’imini to’g’ri aniqlay bilish. Rangshunoslik qonunlari: rang koloriti gammasi, ranglarning to’yinganligi, narsa va buyumlarning shakli fakturasi kabi tomonlarini asosli ravishda topilishiga kata e’tibor qaratish. Ilmiylik prinsipi, shuningdek, yorug’-soya chiziqli va havo perspektivasi, rangshunoslik qonunlarini o’zlashtirishni nazarda tutadi.

Bitiruv malakaviy ishidan olingan natija. Mavzu asosida kompozisiya chizishda ketma-ketlik prinsipiga amal qilingan. Birinchi navbatda obyekt yoki pastanovka tanlanib, kuzatilib, o’rganilib tavsiya qilingan. Kuzatish va tahlil asosida qoralama ishlar etyutlar bajarilgan. Tayyorgarlik bosqichidan keyin kompozisiya asosiy holatda ko’chirilgan. Bitiruv malakaviy ishini chizishda rangshunoslik va rang texnologiyasining barcha qonun-qoidalariga amal qilingan holda ish bajarilgan.

Mavzuli kompozisiyani ishlash jarayonida ranglarning asosiy xususiyatlari uning yorqinligi (och-to’qligi), tusi va to’yinganligi bilan belgilanadi. Kompozisiyada har qanday predmetning hajmi, shakli, materiali, fazodagi joylashuvi aniqlangan va kompozisiya markaziga bo’ysundirilgan.

Shuningdek, chiziqli perspektiva, havo va rang perspektivasi, rel’f perspektivasi qoidalariga amal qilingan va ish jarayonida qo’llagan. Kompozisiyada bir nechta ranglar yig’indisi hamda ranglar garmoniyasini topishga erishdim.

I-Bob.

Tasviriy san'atning tarbiyaviy ahamiyati.

1.1 Tasviriy san’atda rang tasvirining o’rni va ahamiyati

Tasviriy san'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo'ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go'zallik hissi ortdi, voqelikdagi go'zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bo'ldi. Tasviriy san'at esa o'ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ'ib etuvchi kuchli g'oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go'zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning asarlarida o'z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo'lgan ana shunday san'at hayot go'zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi,

ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da'vat etdi.

Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo'lib qolmay, balki o'zida inson aql-zakovati, hayot to'g'risidagi fikr-o'ylarini aks ettiruvchi ko'zgu hamdir. Jahon san'ati tarixini o'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy tajribalarini o'rganish g'oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so'zsiz. Kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Tasviriy san'at turlariga rangtasvir, arxitektura, grafika, haykaltaroshlik kiradi.

Rangtasvir tasviriy san'atning eng muhim turlaridan bo'lib, maxsus polotnolarga, devorlarga ishlanadi. Tasviriy san'at asarlarida ifodalangan maqsad va mazmunni ochib berishda rang muhim o'rin egallaydi.

Rangtasvir asarlari xarakteriga ko'ra monumental, dekorativ, mo'jaz, dastgohli turlarga bo'linadi.

Monumental rangtasvir me'morchilik bilan bog'liq bo'lib, ular uylarning devorlarini, shiftlarini bezashda qo'llaniladi. Katta hajmda uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi uchun bular yaxlitlashtirilgan holda ishlanadi, ranglar ham shartli ravishda olinadi. Mo'jaz san'at asarlari Turli mamlakatlarda, shu jum ladan, O'zbekiston hududida judahamqadim zamondan taraq qiy etib, qadimiy qo'lyozmalar ga ishlangan. Chunonchi. Alisher Navoiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan rasmlar bunga misol bo'la oladi.

Dastgohli rangtasvir asarlari keng tarqalgan bo'lib, maxsus matolar, karton, yog'och, romkaga tortilgan mato-xolst va shu kabilarga ishlanadi.Dastgohli rangtasvir moybo'yoq.guash, suvbo'yoq, tempera bo'yoqlarida maxsus dastgoh (molbert) larga o'rnatilib ishlanadi.

Grafika – lotincha «grafo» so'zidan olingan bo'lib, «yozaman», «chizaman» degan ma'noni anglatadi. Tasviriy san'atning bu turiga oddiy va rangli qalamda ko'mir, pastel, sangina, suvbo'yoq,guash va tushda ishlangan bezaklar, turli plakatlar, hajviyrasmlar va hakozolar kiradi.

Haykaltaroshlik – tasviriy san'atturlaridan biri. U lotincha «skulpo»so'zidan olinib, qattiq materiallarga «qirqish, kesish, o'yish, taroshlash» orqali ishlov berish ma'nosini anglatadi.



Tasviriy san'atning turlari.

Portret – rangtasvir janrlariichida eng qadimiylaridan bo'lib, kishilarning tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi.

Portret janrida ishlangan tasviriysan'at asarlari bizga musavvir Yashagan davrni,madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi.

Avtoportret – portret janrining ko'rinishlaridan biri bo'lib, musavvir o'zining tashqi qiyofasini o'zi tasvirlaydi.

Manzara – janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko'rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni

tog'u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo'lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan O'. Tansiqboyevning «O'zbekistonda mart», «Jonajon o'lka», «Mening qo'shig'im», N. Kashinaning «Tog'da bahor», Z. Inog'omovning «Arpa o'rimi», «Choyga», R. Temurovning «Bibixonimda bahor», «Ulug'bek madrasasi» asarlari mualliflarga shuhrat keltirdi.

Natyurmort – fransuzcha so'z bo'lib,«jonsiz tabiat» degan ma'noni anglatadi. Bu janrda musavvir asosaninsonni o'rab turgan atrof muhitdaginarsalar,turmushdaqo'llanadiganbuyumlar, oziq- ovqat mahsulotlari, gullar, meva va boshqalarni tasvirlaydi. U o'z asarida tevarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uningxarakterlixususiyatlarini,voqeaqaysi davrda ro'y berayotganliginiham ko'rsata oladi.

Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz uzoq o'tmishda bo'libo'tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. Tarixiy janrning ko'rinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.

Botal janr – «botal» fransuzcha so'z bo'lib, «jang», «urush» ma'nosini bildiradi. U jang manzaralarini o'zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar manzarasi asosiy o'rinni egallaydi. Botalist – rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi jasorati hamda o'z ona Vataniga bo'lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. Leonardo da Vinchi, M.B.Grekov,

G.K. Saviskiy, A.A.Deyneka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir.Animalistik – janr o'zgachatasviriy san'at turidir. Ulotincha «anima», «hayvonotolami» degan ma'noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot dunyosiga zo'r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi.

Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida kata ahamiyatga ega bo'lgan. O'sha davrda ular g'orlarning devorlariga kiyik, qo'tos, mamontlarning suratlarini chizganlar. Qadimgi Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar tuzishda hamda monumental kompozisiyalar yaratishda asosiy hisoblangan, XYI asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Leonardo da Vinchi va A. Dyurerlar ishladilar.

Keksa haykaltarosh va grafik musavvir V.A. Vatagin o'zining asarlarida to'rt oyoqli do'stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.Mashg'ulot rahbari o'quvchilarga nazariy bilim berish jarayonida mazmuniy to'liq ochib berishi uchun jonli nutq orqali so'zlash bilan birga musavvirlar asarlaridan surat – lavhalar, adabiyotlar, kino va diafilmlar va slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

Maishiy janr: tasviriy san'atda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli voqealarni o'zida mujas samlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XYII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari-Piter de Xox, Ostade, Sten, Terborx, Vermer kabilar ijodida namoyon bo'ladi.

Realistik rassomlardan P. Fedotov, V. Perov, V. Maksimov, V. Makovskiy,K.Saviskiy, I. Repin kabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa qo'shdilar. O'zbek rassom laridan R. Ahmedov, M. Saidov Z. Inog'omov, R. Choriyev, G'. Abdurahmonovlar ham shu janrda barakali ijod etib keldilar.


Rang tuslarining nomlari va ranglar gammasi xarakteristikasi:

iliq va sovuq ranglar.

Rangtasvir mashg'ulotlarida ranglar bilan ishlashda talabalarni ko'pchilik hollarda qiynab qo'yadigan narsa ranglarning o'zbekcha nomlarini yaxshi bilmaslikdir.

Talabalarga rangtasvir mashg'ulotlarini olib borish uchun bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisi rangtasvir asoslarini puxta egallash va rangshunoslik nazariyasini mukammal bilishi shart. Shuning bilan birga realistik rangtasvirning nazariy asoslari ilmini o'zlashtirish va amaliy mashq qilish natijasida savodli rangda ifoda yo'llarini o'rganish mumkin. Bu hol, ayniqsa, natyurmort ishlashda, uning ranglari to'g'risida so'z yuritganda ko'zga yaqqol tashlanadi. Ma'lumki bo'yoqlarning 150 dan ortiq ruscha tuslari mavjud.

Ma'lumki tasviriy san'atning barcha turlarida rang muhim rol o'ynaydi. Rang gammasi deganda tasvirlarni ishlash jarayonida qo'llanadigan tus va ranglarning o'zaro muvofiq kelishini tushunamiz. Bu holatni quyidagi jonli misol bilan izohlasak o'rinlidir, masalan, musiqa san'atidagi ovozlar ma'lum notalar yordamida belgilanadi va foydalaniladi. Ular o'z holicha alohida-alohida, bir-biri bilan uyg'unlashtirilmay chalinsa ma'nosiz uzuq-yuluq ovozlardan iborat bo'lib qoladi.

Agar ma'lum bandlikda va tartibda uyg'unlashtirib chalinsa yoqimli bo'lib eshitiladi. Ma'noli tasavvurlar zavq berish qudratiga ega bo'ladi. Ularning sifati ovozlari o'rtasidagi vaqt masofasi, ovozlar yo'g'on-ingichkaligiga ham bog'liq. Rangtasvirlarini shlash jarayonidaham xuddi keltirgan misolimiz kabidir, ya'ni har bir rang va tusning o'z yorqinligi va to'q- ochligi mavjud. Ularni nechog'lik bir-biriga mosini topib, o'zaro muvofiq tarzda qo'llasak shunchalik tasvir sifatida aksini beradi, ma'no tashish quvvatiga ega bo'ladi. Agarbo'yoqlarni tasvir ob'yektiga zidholda birini juda yorqin, boshqasini nursiz qilib o'zaro bog'liqligiga moslamay ishlatsak, rangtasvir ma'nosiz va ta'sirsiz chiqib qoladi. Ranglarning yorqinlik kuchi va to'q-ochligi xuddi tabiatdagidek qilib olish va tasvirlashda qo'llash juda qiyin. Shu sababdan ham ular ochroq yoki to'qroq gammalarda tasvir ob'yektlariga mos tarzda, ma'lum nisbatlarda qilib olinadi. Mo'ljaldagi olingan gammaga moslab tasvirning eng to'q va eng och qismlari darajasi belgilab olinadi. Shunda ishlangan tasvirlar yaxlitlik, qiziqarlilik kasb etadi, ta'sirchan chiqadi.

Har bir narsa va xodisa tasvir etilar ekan, uni xuddi aslidagidek qilib aks ettirish mumkin emas. Buni ko'pchilik san'at nazariyotchilari va rassomlar, amaliyotchilar doimo ta'kidlab keladilar. Zero, tabiatni tasvirlash undan olingan tasuvvurning qay darajadaligiga bog'liq muhimi tabiat ko'rinishi realligi tasavvurini obrazli tarzda ifoda etsa ishonarli bo'lsa shuning o'zi kifoya, o'zbek rassomlari ichida ham rangga juda e'tiborli munosabatta bo'ladigan, uning go'zal uyg'unligini ifodalab bera oladiganlari ko'p. Bunday usta, mahorat egalari mo'yqalam sohiblaridan M.Nabiyev, R.Axmedov, R.Choriyev, B.Burmakin, B.Boboyev, J.Umarbekov, A.Mirzayev, A.Ikromjonov, M.Toshmurodov, A.Nuriddinov, O.Qozoqov va boshqalarning nomlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning ko'plab ajoyib asarlari fikrimizni tasdiqlab turibdi.

Ma'lumki, tasvir ishlashni rang vositasida ishlash jarayonida atrof-muhit holati muhim ahamiyatga ega. Chunki chizilayotgan ob'yektga yorug'lik manbai atrofidagi boshqa buyumlarni ta'siri kuzatiladi. Ular

o'z rangi, tusi bilan o'zaro muvofiq yoki nomuvofiq bo'lishi mumkin. Rassom ana shunday o'zgarishlarni chuqur anglab, tahlil qilib, so'ng ifoda etishi kerak. Aks holda tasvir jonsiz, ta'sirsiz chiqib qoladi, o'rganayotganlar uchun bunday holatlarni hisobga olib tasvirlashda natyurmortlar juda qo'l keladi. Chunki unda buyumlardagi soya, teri, shu'lalar, rang tuslarining o'yini ifodaviyligi yaqqol ko'rinib turadi. Ular tasvir shaklini, yorqinligini, yaxlitligini ko'rsatishda xizmat kiladi. Natyurmortni qanday xonada qo'yilganligini ham uning yorug' yoki qorong'iligi nur derazadan qay holatda va burchak ostida tushayotgani xam muhim ahamiyat kasb etadi. Shu'la («blik») va rangli shu'la («refleks») natyurmortdagi deyarli barcha predmetlarda aks etib turadi. Ayniqsa, yaltiroq sirtli narsalar sathida bu yaxshi sezilib turadi. Chunki ular yorug'likni yutmaydi, balki yog'dulanib qaytaradi. Nurni o'zida sindirib yuboradigan sirtli narsalarda aks shu'lalarni ba'zan sezib olish qiyinroq bo'ladi. Ammo ularni talaba ilg'ab olishini va tasvirlashni

doimo mashq qilishi kerak. Buning uchun xar bir o'rganuvchi yosh rassom o'z bilimini ham nazariy, ham amaliy jixatlarini kitob qo'llanmalaridan o'qib rangtasvir namunalarini muzey va ko'rgazma zallarida ko'rish mumkin.

Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati



Yüklə 235,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə