O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)




O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA 
 
 O’RTA MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI 
 
 
 
 
 
 
G. S. K U T U M O V A    I. I. I N O G A M O V 
 
G E O D E Z I YA VA 
 M A R K S H E Y D E R L I K    I S H I 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                    TOSHKENT -2020 



UO`K 622.1 
Taqrizchilar: NaimovaR. Sh. - 
ToshDTU, KIMF  
                       “Konchilik ishlari”kafedrasi  professori. 
                        Egamberdiyev A.- 
O`zMU, “Kartografiya” kafedrasi  
                        dotsenti, t.f.n. 
 
KUTUMOVA G.S., INOGAMOVI.I.
 Geodeziya va marksheyderlik ishi 
 O`quv qo`llanma.T.: 2020.  329 - b. 
 
 
 
Ushbu  o`quv  qo`llanmada  Geodeziya  va  marksheyderlik  ishi  fani  
haqida  umumiy    ma`lumotlar  berilgan.  Bularga  fanda  qo`llaniladigan 
koordinatalar  tizimi,chiziqni  yo`naltirish  burchaklari,  lahimlarni  yo`naltirish, 
syomka  turlari,  chiziqli,  burchakli,  balandli    o`lchash  ishlari  nazariyasi  , 
zamonaviy o`lchash asboblari, nivelirlash usullari, geodezik tarmoqlarini barpo 
qilish  va  yirik  masshtabdagi  topografik  tasvirga  olish  usullari  keng  yoritilgan. 
Geodeziyadan o`quv amaliyoti davrida , ochiq kon ishlarini olib borishda va yer 
osti  konlarida    marksheyderlik  ishlarni  xavfsiz  olib  borishda  tabiatni  himoya 
qilish  bo`yicha  asosiy  tushunchalar    keltirilgan.  O`quvqo`llanma  5311600  – 
“Konchilik ishi”(tarmoqlar bo`yicha)  yo`nalishi I va II kurs bosqich  bakalavr 
talabalari foydalanishi uchun mo`ljallangan. 
 
В  учебном  пособии  изложены  общие  сведения  о  геодезии  и 
маркшейдерии.  Рассмотрены  теория  и  методика  выполнения  угловых, 
линейных  измерений;  методы  нивелирования,  приборы,с  помощью 
которых  выполняется  указанные  работы,  дано  представление  о 
геодезических сетях, подробнее освещены вопросы построения съемочных 
сетей и методы выполнения крупномасштабных топографических съемок. 
Приведены  основные  положения  организации  безопасного  ведения 
геодезических,  маркшейдерских  работ  при  полевых  и  подземных 
условиях. 
 
In this tutorial out lines the basics of geodesy and marksh.The theory 
and  a  technique  of  performance  of  angular  and  linear  measurements  are 
considered; levelling methods; devices with which help the specified works are 
performed. Representation about geodetic - mark networks is given. Questions 
of  construction  of  surveying  networks  and  methods  of  performance  of  large-
scale topographical survey are taken up more in detail. Substantive provisions of 
the  organisation  of  safe  conducting  geodetic  and  marksh  works  in  field 
conditions  are  resulted.  The  basic  requirements  to  wildlife  management  are 
described at field works. 



SO‘Z BOSHI 
O`zbekiston  o`z yer osti va yer usti boyliklari bilan fahrlanadi- bunga sabab 
bu  zaminda  Mendeleev  davriy  sistemasidagi  barcha  elemenlarni  izlab 
topilganligidir. Shu sababli O`zbekiston konchilik sanoati rivojlangan mamlakatlar 
qatorida    turadi  desak  yolg`on  bo`lmaydi.Respublikamiz  hozirgi  kunda  konchilik 
sanoatini rivojlanishining yangi davri, yangi konlarning ochilishi va o‘zlashtirilishi 
davrini o‘tmoqda.  Shu bilan birga O`zbekistonning iqtisodiy rivojlanish suratini har 
tomonlama  tezlatish  uchun  og`ir  sanoatni    yanada  yuksalishiga  yordam  beradigan 
tarmoqlarni  rivojlantirish  katta  ahamiyatga  egadir.  Kochilik  korxonasini 
rejalashtirishdavomida esa  uniyer  yuzasida olib borilishi kerak bo`ladigan  ishlarni 
va yer ostida olib boriladigan geodezik va marksheyderlik ishlarni yuqori darajada 
optik    o`lchash  asboblari  bilan    olib  borish,  hisoblash  ishlarini  aniq  yuritish,yer 
yuzasi uchun planlar  yaratishni ,yer ostida bajarilishi kerak bo`ladigan boshlang`ich 
ishlarni loyihalarni yaratish zarur bo`ladi. 
Ushbu  masalalarni  hal  etish  uchun    yuqori  aniqlikda  ihslovchi  o`lchash 
asboblari  alohida rol o‘ynaydi. Chunki bu o`lchash asboblaridan  konlarni o`rganish, 
konlarni  ochish  davridan  boshlab,  kon  ishlari  tugash  davrida    ham  foydalanish 
mumkin bo`ladi.. 
Dаvlаt  tilidа  tayyorlangan  bu  o`quv  qo`llanmani  yaratishda  o`lchash 
asboblariga, yer yuzasida va konlarda olib boriladigan ishlarga oid bo`lgan аtаmаlаr 
sof o‘zbek tilidа berish аnchа mushkul ish bo‘lgаnligidаn muаlliflаr bu borаdа jiddiy 
qiyinchiliklаrgа  uchrаdi.  O`quv  qo`llanmani  rasmiylashtirishda  yaqindan  yordam 
bergani uchun mualliflar,A.D.Mingbayevaga o`z minnatdorchiliklarini  bildiradilar.  
O`quv    qo‘llаnmаdа  yo`l  qo`yilgan  bа’zi  xatoliklar,kamchiliklar,аtаmаlаrgа 
e’tirozbildirilishmumkin,  muаlliflаr  o‘quv  qo‘llаnmа  to‘g‘risidаgi  bаrchа  fikr  vа 
mulohаzаlаrni mаmnuniyat bilаn ularni inobatga oladi.. 
 
                                                                                             

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə