O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

Yerning shaklini 
geoid deb
 atalishini taklif etdi. Shundan so’ng  Yerning haqiqiy shakli bo’lgan geoid 
shakliga  yaqin  keladigan  va  undan  juda  farq  qiladigan  ellipsoidning  kattaligini 
aniqlash  zaruriyati  paydo  bo’lib  qoldi.  Buning  uchun  yer  yuzining  faqat  bir 
qismigina  emas,  balki  turli  joylarida  o’tkazilgan  gradus  o’lchash  natijalaridan 
foydalanishga  to’g’ri  keldi.  Geoid  shakli  Yerning  tortish  kuchiga  bog’liq 
bo’lganligidan gravimetrik ishlar ham olib borildi. 
 
Yerning  kattaligini  aniqlashda  Rossiyada  bajarilgan  gradus  o’lchashning 
ahamiyati  juda  katta.Masalan,  1816  yildan  boshlab  geodezist  K.I.Tenner 
rahbarligida  Rossiyaning 
harbiy  chegarasidagi 
guberniyalarda,  astronom 
V.Ya.Struve rahbarligida Boltiq bo’yi guberniyalarida gradus o’lchash ishlari olib 


11 
borilib, bu ishlar 1850 yigacha davom etgan va Dunay daryosining quyilish joyidan 
to Skandinaviya yarim orolining shimoliy qirg’og’igacha bo’lgan 25º20’ meridian 
yoyining  uzunligi  hisoblab  chiqarilgan.Bu  yoyga  “Struve  yoyi”  deb  nom 
berilgan.Bu  XIX  asrning  birinchi  yarmida  bajarilgan  eng  yirik  gradus  o’lchash 
hisoblanadi. 
 
 Geodeziya  fanini  nazariy  jihatdan  rivojlantirishda  rus  olimlari  P.L. 
Chebishev.,  A.P.  Bolotov.,  N.Y.  Singer.,  va  boshqalar  salmoqli  hissa  qo’shgan. 
1928yilda  mashhur  geodezist  F.N.Krasovskiy  davlat  hududida  geodezik  tayanch 
shoxobchalarni  barpo  etish  va  topografik  tasvirga  olish  ishlarining  dasturini  tuzib 
chiqqan.1933yilda  davlat  hududini  gravimetrik  planini  olish  ishlari  olib 
borilgan.1945  yilda  sobiq  ittifoq  hududining  1:1000000  masshtabli  xaritalari 
tuzilgan.  Aerotopografik  tasvirga  olish  ishlariga  F.V.Drobishev.,  M.D.Koshin., 
A.N.Lobanov, 
N.G.Viduyev, 
G.F.Glotov, 
N.N.Lebedevlar 
muhandislik 
inshootlarini  barpo  etishda  geodezik  ishlarni  bajarish  usullarini  yaratishga  katta 
hissa qo’shganlar. 
 
Hozirda  ham  o’zbek  olimlari  ham  yirik  korxonalarda  olib  boriladigan 
geodezik  va  marksheyderlik    ishlarni  bajarish  usullarni  tadqiq  qilishda  samarali 
ishlar qilganlar. Hozirda ham Geodeziyava marksheyderlik ishi fani xalq manfaatini 
ko’zlab,  xalq  xo’jaligini  rivojlantirish  va  mamlakatimiz  mudofaa  qobiliyatini 
oshirish uchun xizmat qilmoqda. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə