O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm.Sathiy yuzada nuqtalarning joylashishi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
2.1-rasm.Sathiy yuzada nuqtalarning joylashishi
 
 
 
 
 
 
 


14 
ya’ni sathiy yuza yer yuzining har bir nuqtasidan tushirilgan shovun chizig’i to’g’ri 
chiziq bilan kesib o’tadi.  
Yerning  asosiy  sathiy  yuzasi  okeanlarning  tinch  turgan  suv  sathini  Yerning 
quruqlik qismi ostidan u hamma joyda shovun chizig’ini to’g’ri burchak bilan kesib 
o’tadigan qilib davom ettirilgan deb faraz qilinganda hosil bo’lgan sathiy yuzadir. 
Yerning  asosiy  sathiy  yuzasi  bilan  cheklangan  yumaloq  geometrik  shakl  Yerning 
shakli bo’lib, geoid degan nom bilan yuritiladi. Binobarin, Yerning shakli deganda, 
uning  quruqlik  qismidagi  past-balandliklar  e’tiborga  olinmaydi.Chunki  Yer 
yuzining ko’proq qismini (71%) okean va dengizlar, ozroq qismini (29%) quruqlik 
tashkil etadi. Bundan tashqari Yer radiusi 6371,11km, quruqlikning okean sathidan 
o’rtacha  balandligi  atigi  875  m,  bu  esa  Yerning  umumiy  kattaligiga  nisbatan 
nihoyatda kichikdir.  
Yerning geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa Yer bag’ridagi 
jinslarning  joylashishi  va  zichligiga  bog’liq.  Jinslarning  joylashishi  va  zichligi 
yerning  hamma  qismida  bir  xil  bo’lmaganligidan  geoid  yuzasi  ham  murakkab 
“to’lqinsimon”  bo’ladi.  Masalan,yer  bag’rining  biror  qismida  atrofidagi  tog’ 
jinslariga  nisbatan  yuksak  zichlikdagi  T  massa  joylashgan  deylik,bu  massaning 
tortish  kuchi  atrofdagi  jinslarning  tortish  kuchidan  ortiq  bo’lganligidan  C  va  E 
nuqtalardagi  shovun  chiziqlari  T  massaga  tomon  og’ishadi.  Natijada  sathiy  yuza 
KNL yoyi bo’yicha emas, balki KML yoyi bo’yicha o’tadi. 
Yer  po’stlog’ini  tashkil  etgan  jinslarning  zichligi  hozirga  qadar  to’liq 
o’rganilmaganligi sababli geoidninng aniq shaklini bilish hal qilinishi qiyin bo’lgan 
juda  og’ir  masaladir.  Keyingi  yillarga  qadar  geoid  shaklini  aniqlash  oliy 
geodeziyaning asosiy vazifasi deb hisoblanilar edi. Yerning tabiiy yuzasini aniqlash 
uchun  olim  M.S.Molodenskiy  geoid  shakliga  to’gri  keladigan  kvazigeoid  deb 
ataladigan  yordamchi  yuzani  taklif  etdi.  Okeanlar  sathida  geoid  bilan  kvazigeoid 
yuzalari  bir-biriga  mos,  lekin  quruqlikda    ular  bir-biridan  farq  qiladi:  tekislikda 
ulardagi  farq  bir  necha  santimetr  bo’lsa,  tog’li  rayonlarda  eng  ko’pi    1  m,  baland 
tog’li  rayonlarida 2m ga yaqin. Shuning uchun geodeziyada ko’pchilik masalalarni 
yechishda geoid bilan kvazigeoid yuzasi bir-biriga to’g’ri keladi deb qabul qilinadi. 


15 
Geoid  (kvazigeoid)  shakli  murakkab  bo’lganligidan,  uni  biron  ma’lum  geometrik 
shakl bilan ifodalash mumkin emas. Shuning uchun geodezik masalalarni yechishda 
bevosita geoidga asoslanib bo’lmaydi.  
Geodezik  o’lchashlar  geoidni 
aylanma 
ellipsoidga, 
ya’ni 
ellipsoidning  kichik  o’qi 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə