O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Geografik, geodezik, fazoviy, astronomik va Gauss-Kryugerning



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

2.2. Geografik, geodezik, fazoviy, astronomik va Gauss-Kryugerning 
 to`g`ri burchakli koordinatalar tizimi 
Biror nuqtaning boshlang’ich deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan joylashgan 
o’rnini  ifodalovchi  miqdorlar  shu  nuqtaning  koordinatalari  deyiladi.  Fan  va 
texnikaning  turli  sohalarida  xilma-xil  koordinata  tizimlari  qo’llaniladi.  Geodeziya 
asosan  geografik  koordinata,  to’g’ri  burchakli  koordinata  va  qutbiy  koordinata 
tizimlaridan foydalaniladi.  
Geografik  koordinata
  katta  hududlarda  geodezik  tayanch  shoxobchalari 
o’tkazish natijalarini ishlab chiqishda, Yerning shakli va kattaligini aniqlashda, Yer 
sun’iy  yo’ldoshlarini  kuzatishda,  kosmik  triangulyatsiya  o’tkazishda  va  boshqa 
masalalarni yechishda qo’llaniladi. Yer sun’iy yo’ldoshlarini kuzatishda va boshqa 
maxsus  masalalarni  yechishda  fazoviy  to’g’ri  burchakli  koordinata  tizimidan 
foydalaniladi.  
1928  yildan  boshlab  mamlakatimizda  geodezik  masalalarni  yechishda  va 
topografik kartalar tuzishda zonal tizimli to’g’ri burchakli koordinata keng qo’llanila 
boshlandi.  Yer  yuzidagi  nuqtalarning  koordinatalarini  aniqlashda  bu  koordinata 
geografik koordinata bilan birgalikda asosiy koordinata bo’lib hisoblanadi.  


17 
Kichik  hududda  olib  boriladigan  geodezik  o’lchashlar  vaqtida  nuqtalarning 
bir-biriga nisbatan o’rnini aniqlashda , yassi , to’g’ri burchakli koordinata va qutbiy 
koordinata tizimlaridan foydalaniladi.  
Nuqtalarning koordinatalarini hisoblab chiqarishda Yerning shakli va kattaligi 
asos qilib olinganligidan koordinata tizimlaridan avval Yerning shakli  va kattaligi 
haqida qisqacha to’xtab o’tamiz. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə