O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Kartalar klassifikatsiyasi. Topografik karta va uning elementlari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

5.2 Kartalar klassifikatsiyasi. Topografik karta va uning elementlari 
Plan va kartalarni mazmuni, masshtabi va xususiyatlariga qarab gruppalarga 
bo’lish mumkin. Yer yuzasi va uning ayrim qismlarining landshafti bir xil aniqlik 
va to’liq tasvirlanadigan plan va kartalar masshtabiga ko’ra uchta asosiy gruppaga 
bo’linadi:  masshtabi  1:5000  va  undan  yirik  bo’lsa-topografik  plan,  masshtabi 
1:10000 dan 1:500000 gacha bo’lsa topografik karta, masshtabi 1:1000000 va undan 
kichik  bo’lsa-geografik  karta  deb  yuritiladi.  Plan  va  kartalarning  bunday  uch 
gruppaga bo’linishi rasmiy instruksiyalarda ko’rsatilgan. Lekin shuni aytish zarurki, 
1:5000  va  1:2000  masshtabdagi  topografik  planlar  shartli  to’g’ri  burchakli 
koordinatalar  tizimida  tuzilmay  MDH  da  qabul  qilingan  to’g’ri  burchakli 
koordinatalar  zonal  tizimida  tuzilgan  taqdirda  har  bir  3
o
  li  zonaning  eng  chekka 
qismlarida Yerning sferikligidan ro’y beradigan chiziqlar xatoligi sezilarli darajada 
bo’ladi,  plan  tuzishda  bu  xatoni  e’tiborga  olishga  to’g’ri  keladi.  Shunga  ko’ra 
bunday  paytda  1:5000  va  1:2000  masshtabli  topografik  planlar  topografik  karta 
bo’lib  hisoblanadi; lekin  ishlab chiqarishda bunday kartalarni topografik plan deb 
yuritish qabul qilingan.  
Topografik planda va yirik masshtabli topografik kartalarda territoriyalar juda 
aniq va mukammal tasvirlanadi, ulardagi deyarli barcha tafsilotlar masshtabli shartli 
belgilar  bilan  ko’rsatiladi.  Shuning  uchun  topografik  plan  va  yirik  masshtabli 
topografik  kartalardan  muhandislik  ishlarida,  territoriyani  aniq  va  mukammal 
o’rganishda, shuningdek aniq o’lchash va hisoblash ishlarida, joyda oriyentirlashda 
va boshqa ishlarda keng foydalaniladi.  
Topografik  karta  va  planlar  asosan  joyda  tasvirga  olish  yoki  aerofototasvir 
yo’li bilan tuziladi va barcha boshqa kartalarni tuzishda asos bo’lib xizmat qiladi.  
Masshtabi  1:200000  dan  1:500000  gacha  bo’lgan  kartalar  obzor-topografik 
kartalar  deb  ham  yuritiladi.  Ularda  yer  yuzidagi  obyektlar  yirik  masshtabli 
topografik kartalardagiga nisbatan birmuncha umumlashtirib ko’rsatiladi. Masalan, 
topografik  kartalarda  ayrim  bino,  ko’cha,  maydon,  park  va  boshqalar  batafsil 
ko’rsatilsa, obzor-topografik kartalarda aholi yashaydigan punktlar kvartallar tarzida 
tasvirlanadi.  Obzor-topografik  kartalar  asosan  topografik  kartalar 
yoki 


44 
aerofototasvirlar  tasviridan  foydalanib  tuziladi.  Xalq  xo’jaligini  rivojlantirish 
planlari  va  loyihalarini tuzishda,  yirik qurilish  inshootlarining o’rnini belgilashda, 
territoriyani dastlabki o’rganishda ayni shu kartalardan foydalaniladi. Territoriyani 
geografik jihatdan o’rganishda, maxsus kartalar hamda mayda massshtabli kartalar 
va atlaslar tuzishda obzor-topografik kartalarga asoslanadi.  
Geografik kartalarda territoriya ancha umumlashtirib tasvirlanadi. Ularda yer 
yuzidagi  obyektlarning  deyarli  barchasi  masshtabsiz,  shartli  belgilar  bilan 
ko’rsatiladi.  Shuning  uchun  ham  territoriyani  umumiy  o’rganishda  geografik 
kartalardan foydalaniladi. Yer yuzidagi obyektlardan tashqari turli tabiiy va ijtimoiy 
hodisalar ham tasvirlangan geografik kartalar maxsus kartalar deb yuritiladi. Maxsus 
tabiiy geografik kartalarga geologik, gidrologik, geofizik, botanik, ilmiy va boshqa 
kartalarni,  maxsus  sotsial-iqtisodiy  kartalarga  esa  tarixiy-iqtisodiy,  ma’muriy-
siyosiy va boshqa kartalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.  
Topografik kartalar yirik masshtabli bo’lganligidan ularda territoriya ma’lum 
kattalikdagi qismlarga bo’linib, har bir qism alohida alohida varaqda qabul qilingan 
kartografik  proyeksiyada,  masshtab  hamda  ramkada  tasvirlanadi.  Topografik 
kartaning  har  bir  varag’idagi  territoriyaning  o’lchami  ma’lum  qoida  va 
nomenklaturaga  asosan  olinadi.  Topografik  kartaning  ana  shu  elementlari, 
kartografik  to’ri,  masshtabi,  nomenklaturasiga  uning  matematik  elementlari 
deyiladi;  yer  yuzining  topografik  kartada  tasvirlanadigan  tafsilotlari  esa  kartaning 
geografik  elementlari  deb  ataladi.  Geografik  elementlar  territoriyaning  relyefi, 
gidrografiyasi, o’simlik va tuproq ko’rsatkichlari, aholi yashaydigan punktlar hamda 
bazi  bir  xo’jalik,  siyosiy  ma’muriy  elementlardan  iborat.  Topografik  kartadan 
foydalanishni  osonlashtirish maqsadida uning ramkasidan tashqarida turli chizma, 
sxema va yozuvlar beriladi. Bular topografik kartaning yordamchi elementlaridir. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə