|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.75
DNK kompaktizatsiyasi
DNKning oqsillar bilan xromatin tarkibidagi o'zaro munosabatidan uning
kompaktizatsiyasi (taxlanishi) amalga oshadi. DNP (dezoksiribonukleoprotein)
molekulasi xromatin tuzilishidagi eng kichik birlik. Uning yuksak darajadagi
taxlanishini mitozda ya'ni xromosoma maksimal darajada kondensatsiyalanib
kompakt yig’ilganida ko'rish mumkin.
Xromosomalar tarkibidagi DNP fibrillarni birinchi marta 1957 yilda X.Ris
topgan bo'lib, ularga elementar xromosoma fibrillari deb nom beradi.
Odamning bitta xromosomasidagi DNK ning uzunligi o'rtacha 4 sm. Metafa-
za xromosomasining uzunligi 4 mkmni tashkil etadi. Demak, odamning metafaza
xromosomasidagi DNK molekulasi 10 000marta qisqarib, taxlanib joylashadi.
DNK tarkibidagi gistonlar guruhlar hosil qilib joylashadi. Har bir guruh 8 ta
gistondan iborat bo'lib, bu tuzilma nukleosoma nomini olgan. Nukleosomaning kat-
taligi 10 nm bo'lib, uning ustida DNK molekulasi o'raladi. Har bir nukleosoma atro-
fida 140 nukleotidlar juftligidan iborat DNK molekulasi o'ralib joylashadi. Natijada
nukleosomani hosil bo'lishida DNK uzunligi 7 marta qisqaradi. Nukleosomalar
orasidagi DNK bo'lagida H1 oqsili joylashadi. DNKning bu qismi linker DNK
deyiladi. Linker DNKning uzunligi 10-60 tagacha nukleotidlardan iborat. Shunday
qilib, fibrill tuzilmasi ipga tizilgan munchoqlarni (marjonni) eslatadi.
H1 gistoni nukleosomalarni keyingi bosqichda kondensatsiyalanishida mu-
him ahamiyatga ega. Bu bosqich xromatin DNK sining keyingi tuzilish darajasidir.
Bunda nukleosomalar 6 tagacha bo'lib birlashib 25 nm diametrga ega bo'lgan
nukleomeralarni hosil qiladi. A.Klug modeliga asosan nukleomeraning bitta
qadamiga (10nm) 6 ta nukleosoma to'g’ri kelsa, DNKning uzunligini 40 marta qis-
qarishiga olib keladi.
Mitoz bo'linishda DNK replikatsiyasi (2 hissa oshishi) natijasida har bir xro-
momsoma ikkita xromatindan iborat bo'ladi. Har bir xromatida ikkita nukleoproteid
iplaridan-xromonemalardan- tuzilgan, demak xromosoma tanasida bu iplar to'rtta.
Xromosomalar tarkibidagi bu tuzilmani birinchi marta 1880 yilda Baranetskiy (Pol-
sha) topgan bo'lib, 1992 yilda Veydovskiy ularni xromonema deb nomlaydi. Xro-
monemalarning zichlashib spirallari tugunchalar hosil qilib joylashishi natijasida
xromomeralar hosil bo’ladi.
DNK ning tuzilish darajalari quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Nukleosoma - DNK spiralining giston oqsillari ustida o'ralishi.
2. Nukleomera - 6-8 ta nukleosomaning globula shaklida birlashishi. Bir nechta
nukleomer larning o'zaro yaqinlashishidan DNP (dezoksiribonukleoprotein)
lar hosil bo’ladi.
3. Xromonema. DNP fibrillalarining nogiston oqsillari yordamida rozetkasimon
tuzilmalarni hosil qilishi.
4. Xromomera. Xromonemalarning spiralsimon yig’ilishidan hosil bo'lgan xromo-
soma iplari.
|
|
|