O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-rasm. Xromosomalarning tuzilishi. A - Xromosoma turlari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

22-rasm. Xromosomalarning tuzilishi. A - Xromosoma turlari:                     
a-akrosentrik, b-submetasentrik, c-metasentrik; Б. В. Xromosomaning ichki 
tuzilishi; 1-sentromera; 2-DNKning spiralsimon o'ralgan ipi; 3-xromatidalar; 
4-yo'ldoshcha; 5-ikkilamchi belbog'
 
Metafaza xromosomalari matriksi
 
Matriks  xromosoma  tanasini  o'rab  oladi,  tarkibi  RNK  dan  iborat.  Mitoz 
davomida  matriks  metafazadan  boshlab  shakllanadi.  Telofaza  oxirida  matriks  xro-
mosomalar atrofida granulalar ko'rinishida to'planadi. Demak, matriks mitotik xro-
mosomalarning  granulyar  va  fibrillyar  tuzilmasi.  Matriks  mahsulotlari  interfazada 
sintezlanadi. 
Xromosomaning  uzunligi  bo'yicha  uning  irsiy  jihatdan  faolligi  bir  xil  emas, 
xromosomalarni  maxsus  buyoqlar  bilan  bo'yalganda,  uning  ayrim  qismlari  to'q 
bo'yalib,  boshqa  qismlari  esa  och  bo'yaladi,  ya'ni  geteroxromatin  va  euxromatin 
hosil qiladi.  
Geteroxromatin  qismida  xromosomalar  qattiq  spirallashgani  uchun  to'q 
bo'yaladi, bu yerda asosan nofaol genlar joylashgan. 


 
79 
Euxromatin  qismida  esa  faol  genlar  joylashadi  va  bu  yerda  xromosomalar 
spirallashishi bo'shroq bo'ladi. Shuning uchun och bo'yaladi.  
Geteroxromatin  uchastkalari  telomerlar,  sentromeralar,  yadrocha  markazi 
atrofida uchraydi. 
Fakultativ  va  strukturaviy  geteroxromatin  ajratiladi. Fakultativ  geteroxroma-
tin vaqtinchalik kondensatsiya holatiga o'tadi, bunda uning yuzasida sintez jarayon-
lari  to'xtaydi.  Lekin  bu  holat  vaqtinchalik  bo'lib,  funksional  faolligi  tiklanganda 
yana euxromtinga aylanadi. 
Strukturaviy geteroxromatin bunday holatga o'tmaydi. Unda hech qanday sin-
tez jarayonlari bormaydi.  
Geteroxromatinning  ba'zi  bo'laklari  yadro  ichki  membranasida  joylashadi. 
Uning bu aloqasi shunchalik mustahkamki sentrifugalash natijasida ham uzilmaydi. 
Bog’lanishlar yadro poralari joyida yo’q. 
Xromosomalarning  uzunligi  0,2-5,0mkm,  eni  0,2-3,0mkm  bo'lishi  mumkin. 
Ayrim hasharot va amfibiyalarning xromosomalari yirik, zamburug’ va suvo'tlarin-
ing  xromosomalari  esa  mayda  bo'ladi.  Odam  xromosomalarining  kattaligi  1-10 
mkm ga teng. 
Bir  hujayradagi  barcha  xromosomalar  yig’indisi  xromosoma  to'plami 
deyiladi. Ikki xil to'plam farqlanadi – gaploid- “ n” va diploid- “2n”.
 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə