O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Hujayralarning bo'linishi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Hujayralarning bo'linishi
 
Tiriklikning eng asosiy xususiyati – ko'payib o'zidan nasl qoldirishdir. Bir hu-
jayrali  organizmlar  o'z  populyatsiyasini  ko'paytirish  maqsadida,  ko'p  hujayrali  or-
ganizmlar hujayralari o'sish hujayralarni yangilash uchun ko'payadilar. 
Prokariot hujayralar hech qanday bo'linish apparatini hosil qilmay to'g’ridan- 
to'g’ri  ikkiga  bo'linish  –binar  yo'l  bilan  ko'payadilar.  Lekin,  bunda  ikkita  yangi 
DNK molekulasi qiz hujayralarda aniq taqsimlanadi. Bu jarayon quyidagicha amal-
ga  oshadi.  Replikatsiyadan  so'ng  DNK  molekulalari  plazmatik  membrana  bilan 
bog’lanib  qolaveradilar.  Plazmatik  membrana  ikkita  yangi  DNKlar  orasidan  o'sib 
ularni hujayraning ikki tomoniga tortadi. Hujayra to'sig’i rivojlangandan keyin har 
bir molekula yangi hujayrada joylashadi. Bakteriya bo'linishi jarayoni eukariotlarga 
o'xshab fazalarga ajratilmaydi. DNKning replikatsiyasi ularda hujayra sikli davom-
ida uzluksiz ravishda davom etadi. Ya'ni bakteriya hujayrasi doim S davrda bo'lib, 
doimiy  ravishda  ko'payib  turadi.  Bu  holat  atrof  muhitda  ozuqa  etarli  bo'lguncha 
davom etadi. Shundan so'ng hujayralar soni kamayib, ko'pchiligi nobud bo'lib, qol-
ganlari  spora  ko'rinishiga  o'tadi.  Spora  holatida  bakteriyalar  ming  yilgacha  saqla-
nadi. 
Eukariot hujayralar 2 xil usulda : universal , keng tarqalgan mitoz yoki kari-
okinez va kam uchraydigan amitoz usulida bo'linadilar.
 
Mitoz
 
Birinchi  marta  hujayralardagi  yadroning  bo'linishini  1874  yilda  rus  olimi 
I.D.Chistyakov  aniqlagan.  Mitoz  atamasini  birinchi  marta  1882  yilda  V.Flemming 
qo'llagan. 
Bo'linish  sikliga  kirgan  hujayralarda  mitoz  davri  ko'p  vaqtni  egallamaydi. 
Masalan: ildiz meristemasi hujayralarida interfaza 16-30soat, mitozni o'zi - 2-3 soat 
davom etadi. Ichak epiteliysi hujayralarida interfaza 20soat, mitoz - 1 soat kechadi. 
Tuxum hujayraning maydalanish bosqichida butun hujayra sikli 1 soatga bormaydi. 
Mitoz  quyidagi  fazalardan  iborat:  profaza,  metafaza,  anafaza,  telofaza. 
Fazalar  orasida  aniq  chegara  yo’q.  Chunki  mitozning  o'zi  silliq  kechadi.  Faqat 
anafazaning boshini aniqlash mumkin.
 


 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə