O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


    23-rasm. Piyoz ildizchasi hujayralarida mitoz (



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

84 
 
23-rasm. Piyoz ildizchasi hujayralarida mitoz (
x
1500) 
a – interfaza; б – profaza; в,г – metafaza; д – anafaza; е,ж – telofaza;                                   
з – ikkita qiz hujayra. 
 
Metafaza
 
Bo'linish dukining shakllanishi tugaydi va xromosomalar ekvatorial chiziqda 
to'planadilar. 
Erta  prometafazada  xromosomalar  hujayra  markazida  oldingi  yadro  o'rnida 
notekis yotadilar. Ularning xaotik (betartib) harakati kuzatiladi. 
Metafaza  davomida  xromosomalar  hujayra  ekvatorida  bir  chiziqda  tizilib 
metafaza  plastinkasini  hosil  qiladilar.  Plastinkada  yirik  xromosomalar  hujayraning 
chekkalarida  maydalari  hujayra  markazida  joylashadi.  Bu  fazada  xromosomalar 
maksimal qisqarib, qalinlashgani uchun ularni sonini va morfologiyasini xuddi shu 
davrda o'rganishadi. Metafaza mitozning tinim davri hisoblanadi, chunki bu vaqtga 
kelib  xromosomalar  harakati  to'xtaydi.  Kechki  metafazada  xromosomalar  hara-
katdan  to'xtab  bir  tekis  yotadilar:  ularning  sentromera  uchastkalari  dukning 
markaziga,  yelkalari  hujayra  chekka  qismiga  qaragan  bo'ladi.  Xromosomalar  tar-
kibidagi xromatidlar bir-biridan ajraladi. Ular orasida faqat sentromera uchastkasida 
bog’lanish saqlanadi, shuning uchun X ko'rinishiga ega bo'ladi.
 
Anafaza
 
To'satdan  boshlanib,xromatidlar  orasidagi  sentromera  bog’lari  uzilib,  bir-
biridan  hujayraning  ikki  qutbi  tomon  tez  harakat  qila  boshlaydilar.  Anafaza-  mi-
tozning  eng  qisqa  fazasi.  Xromosomalar  V  ko'rinishiga  ega  bo'lib,  uchi  bo'linish 
qutblariga yelkalari bo'linish markaziga qarangan bo'ladi. Sentromeradagi kinetoxor 


 
85 
uchastkalari  xromosomalar  harakatini  boshqaradi.  Bu  harakat  tortuvchi  iplarning 
qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Anafaza oxirida bo'linish duki zichlashib ekva-
tor chizig’ida to'planadi va fragmoplastni hosil qiladi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə