|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Telofaza
Xromosomalarning qutblarga tortilib bo'lgandan keyin boshlanadi. Erta telo-
fazada xromosomalar dekondensatsiyalanadilar (iplari yoyiladi) va hajmlari ortadi.
Ularning sitoplazmadagi pufakchalarga tegib turgan joyida yadro membranasi hosil
bo'la boshlaydi. Yadro qobig’i tiklangandan keyin xromosomalarning SAT zon-
alaridan yadrocha shakllanadi.
Bo'linish duki buzilib uning moddalari hujayra ekvatorida fragmoplastni hosil
qilib, undan o'z navbatida yangi plazmatik membrana elementlari hosil bo'lib, ikkita
hujayra orasida to'siq hosil qiladi.
Endoplazmatik to’r elementlari anafazada hujayra ekvatoriga joylashib, bu
yerda zich o'ramni hosil qiladi va qiz hujayralarning orasida to'siq hosil qilishda
ishtirok etadi.
Telofazaning muhim hodisasi- sitokinez. O'simliklarda hujayra ichida to'siq
hosil bo'lishi bilan boradi. Hujayra markazida endoplazmatik to’r elementlaridan
tuzilgan fragmoplast hosil bo’ladi. Endoplazmatik to’r elementlari pektin moddasini
sintezlay boshlaydilar, ular pufakchalar ko'rinishida hujayra markazida to'planib
chekkalarga qarab tortiladi. Vakuolalar qo'shilib plastinkani hosil qiladi. Plazmatik
membrana plastinka bilan qo'shilib yangi membranani hosil qiladi.
Hayvonlarda plazmatik membrananing ichkariga botib kirishi haqida “qis-
qaruvchi xalqa” farazi mavjud. Unga asosan hujayraning kortikal qatlamida plaz-
matik membrananing ostida mushak hujayralaridagi fibrill tolalariga o'xshash
tuzilmalar joylashgan bo'lib, ularning qisqarishi plazmatik membrananing ichkariga
botib kirishini ta'minlaydi.
Mitoz har doim ham sitokinez bilan tugamaydi. Ba'zi hujayralar-
da(endosperm) bir necha marta bo'linish sikli takrorlanib, sitokinez ro'y bermagan-
ligi uchun yirik ko'p yadroli hujayralar hosil bo’ladi.
Hujayra va yadro bo'linishini stimullovchi faktorlarga DNK , RNK va oqsil-
larning faol sintezi, tashqi muhitning ijobiy ta'siri, moddalar almashinuvi ja-
rayonining yuqori darajada bo'lishi kiradi. Mitozni tormozlovchi faktorlarga keskin
harorat(shok), zaharli moddalar, narkotiklar kiradi.
Mitoz butun hujayraning bo'linishi bo'lgani uchun hujayraning hamma kom-
ponentlari bunda ishtirok etadi. Endoplazmatik to’r membranalari mayda element-
larga, Golji apparati alohida diktiosomalarga ajraladi. Hujayra markazi
mikronaychalar bilan to'lgani uchun hujayra komponentlari va organoidlari chekka
qismlarga suriladi. Hujayra bo'lingandan keyin organoidlar passiv ravishda ikkita
hujayraga taqsimlanadilar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|