O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

                                                         Amitoz
 
Hujayraning  to'g’ri  bo'linishi  yoki  amitoz  mitozdan  oldin  ta'riflangan.  Bu 
bo'linish mitozga nisbatan kam uchraydi. Amitoz yadrosi interfaza holatida bo'lgan 
hujayraning bo'linishi. Amitoz ikkita hujayraning hosil bo'lishiga olib kelishi kerak, 
lekin ko'p hollarda u bir nechta yadroli hujayralar hosil bo'lishiga olib keladi. 
Deyarli  barcha  eukariotlarda  uchraydi.  Odatda  amitotik  bo'linish  yadrocha 
shakli va soni o'zgarishidan boshlanadi. Ular fragmentatsiyaga uchraydi yoki uzayib 
ko'payadi-shunda gantellalar shakliga kiradi.  
Yadrochalar  bo'linishidan  keyin  yadro  bo'linadi.  Yadro  to'g’ri  bo'linishining 
bir qancha usullari bor. 
1.Tortmaning  hosil  bo'lishi.  Bunda  yadro  ham  gantel  shaklida  cho'zilib  tort-
maning uzilishi natijasida ikkita yadro hosil bo’ladi.  
2.Yadro yuzasida chiziq paydo bo'lib, u kattalashib yadroni ikkiga bo'ladi. 
3.  Fragmentatsiya  (bo'laklanish).  Yadro  yuzasida  ichkariga  qaragan  bo'rtma 
hosil bo'lib u yadro ichiga botib kirib uni turli kattalikdagi fragmentlarga ajratadi. 
Amitoz bo'linish hayotini tugatayotgan, o'layotgan, degeneratsiyaga uchragan 
hujayralarga  xos.  O'simliklarda  yuqori  takkomillashgan, vaqtinchalik  to'qimalarda: 
tugunaklar, endosperm, perispermlarga xos. 
Amitoz bo'linish turli patologik jarayonlarda uchraydi ( shamollash, shish). 


 
87 
Amitoz  natijasida  hosil  bo'lgan  yadrolarda  genetik  material  notekis  taqsim-
langan bo'ladi. Shuning uchun bunday hujayralar amitozdan keyin mitoz yo'li bilan 
ko'paymaydi.
  

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə