95
Jinssiz ko'payishda qiz organizm ona organizmning bitta hujayrasidan (2ga
bo'linish, shizogoniya, spora orqali) yoki bir guruh hujayralaridan paydo bo'ladi
(vegetativ ko'payish).
Vegetativ ko'payish
o'simliklar orasida keng tarqalgan. Hayvonlarda jinssiz
ko'payish asosan sodda tuzilishga ega bo'lgan parazitlar orasida keng tarqalgan. Bu
usul orqali parazitlarning soni keskin ko'payadi va ular noqulay sharoitlarni o'tkaza-
di.
Evolyutsiya jarayonida dastlab jinssiz ko'payish paydo bo'lgan bo'lib u or-
ganizmlarning asosiy guruhlari uchun xosdir. Jinsiy ko'payish genetik
o'zgaruvchanlikni va avlodlarning morfo-fiziologik xilma-xilligini ta'minlaydi. Bu
esa evolyutsion va ekologik jihatdan juda muhim va samaralidir.
Jinsiy ko'payishning asosini jinsiy jarayon tashkil etadi. Bu jarayonda
ota va
ona organizmining gametalari (irsiy materiali) qo'shilishi va zigotani hosil bo'lish-
idan boshlanadi. Jinsiy jarayonni infuzoriyalardagi konyugatsiya
jarayonida ku-
zatish mumkin. Bunda ikkita infuzoriya o'zaro vaqtinchalik ko'prik bilan bog’lanadi
va u orqali irsiy axborot almashinadi. Bu jarayondan keyin irsiy jihatdan ota-ona
organizmidan farq qiluvchi organizmlar paydo bo'ladi. Konyugatsiyadan keyin in-
fuzoriyalarning soni o'zgarmaydi va shuning uchun bu yerda ko'payish kuzatil-
maydi. Keyin infuzoriyalar jinssiz yo'l bilan ko'payadi. Bundan tashqari sodda
hayvonlarda kopulyatsiya ( qo'shilish) jarayoni ro'y beradi va
ikkita organizm
qo'shilib irsiy axborot almashinadi. Evolyutsiyaning keyingi bosqichlarida kupayish
jinsiy ko'payish jarayon bilan bog’lanadi.
Jinsiy ko'payish jarayonida ota-ona organizmlar
jinsiy organlarida gaploid
gametalarni hosil qiladi va ularning qo'shilishidan diploid zigota hosil bo’lishi kuza-
tiladi. Zigotaning bo'linib rivojlanishidan yangi organizm - embrion, murtak - hosil
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: