|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiMashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
talabalarda hujayraning bo'lin-
ishi haqidagi bilimlaridan foydalanish, adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko'nikma-
larini rivojlantirish.
Mashg’ulot jihozlari:
endomitoz bo'linish bosqichlari tasvirlangan jadval,
drozofila so'lak bezidagi politen xromosomalar aks etgan slaydlar.
Bo'linayotgan hujayralar ma'lum vaqt muzlatilsa yoki bo'linish duki
mikronaychalarini buzuvchi modda (kolxitsin) ta'sir ettirilsa, bo'linish to'xtaydi.
Bo'linish duki buzilib xromosomalar qutblarga tortilmasdan o'zining siklini davom
ettiradi: yo’g’onlashib yadro qobig’i bilan o'raladi. Natijada xromosomalari hech
qayerga tarqalmay o'zida qolgan yirik yadroli hujayralar vujudga keladi. Bunday
hujayra tarkibida DNK 4s ni xromosomalar 4 n ni tashkil etganligi uchun u diploid
emas tetraploid bo'ladi. Bunday hujayralar G1 bosqichdan chiqib S bosqichga
kirishlari va kolxitsinning ta'siri olib tashlansa yana mitotik yo'l bilan bo'linishi va
4n ga ega bo'lgan avlod berishi mumkin. Bu usul seleksiyada poliploid organiz-
mlarni olishda ishlatiladi.
Ma'lum bo'lishicha tabiatda ham normal diploid organizmlarda DNK miqdori
bir necha karra ko'p bo'lgan yirik yadroli organizmlar uchraydi. Bu hujayralar so-
matik poliploidiya mahsulotidir. Bu hodisa
Dostları ilə paylaş: |
|
|