|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.endoreproduksiya
- DNK miqdori or-
tiqcha bo'lgan hujayralarning yuzaga kelishidir.
Bunday hujayralarning yuzaga kelishi mitozning borishida qandaydir
buzilishlar yuzaga kelishi natijasida paydo bo'ladi. Mitozning bir qancha nuqtasi
bo'lib ularni blokada qilish natijasida bo'linish to'xtab poliploid hujayralar rivojla-
nadi. Bular G2 dan mitozga o'tish davri, profaza, metafaza davrida va sitotomiya
jarayonining buzilishi poliploidiyaga sabab bo'ladi.
Xromosomalarning
kondensatsiyasi
kuzatilmaydi.
Ba'zi
umurtqasiz
hayvonlarda poliploidiya darajasi katta bo'ladi. Tut ipak qurtining so'lak ajratuvchi
bezi hujayralari yadrosi ploidligi ko'pligidan shoxlanib ketgan bo'ladi. Askarida
qizilo'ngachi hujayralari 100ming s DNKga ega.
Endoreproduksiyaning bir ko'rinishi
politeniya
hodisasidir. Politeniyada S-
sintez- davrdagi DNK replikatsiyasida xromosomalar despiralizatsiya holida qolib
bir-biridan ajralmaydi va kondensatsiyalanmaydi. Shu holatda ular yana keyingi
replikatsiya sikliga o'tadilar yana ikki hissa oshadilar va yana ajralmaydilar. Na-
tijada, ko'p ipli politen xromosoma hosil bo’ladi. Bu xromosomalar hech qachon
mitozda ishtirok etmaydi, ular interfaza xromosomalari bo'lib, DNK va RNK sinte-
zida ishtirok etadilar. Mitotik xromosomalardan o'lchamlari, yo’g’onliklari bilan
farq qiladilar, chunki bir qancha iplar tutamidan iborat bo'ladilar. Drozofila
pashshasining politen xromosomasi mitotik X xromosomasidan ming marta katta va
70-250 martagacha uzunroqdir. Ularning hujayradagi soni gaploid bo'ladi, chunki
gomologik xromosomalar qo'shilib konyugatsiyalanadi. Drozofilaning somatik hu-
jayrasida 8-ta xromosoma. So'lak bezida - 4 ta bo'ladi.
Politen xromosomalar tuzilishi jihatidan ham farq qiladilar. Ular uzunligi
bo'ylab bir xilda tuzilmagan: disklar, diskaro qismlar va puflardan (shishlardan)
tuzilgan (27-rasm).
|
|
|