|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
27-rasm. Drozofila so'lak bezidagi politen xromosomalar3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.97
27-rasm. Drozofila so'lak bezidagi politen xromosomalar.
A. Umumiy ko'rinishi; Б. Shish uchastkalari
Disklar-kondensatsiyalangan xromatid uchastkalari. Ular bir-biridan qalinligi
bilan farq qiladi. Ularning umumiy soni 1,5-2,5ming tagacha bo'ladi.
Disklar diskaro qismlar bilan ajratilgan. Ular ham disklar singari xromatin fi-
brillaridan tuzilgan, lekin ancha bo'sh taxlangan.
Politen xromosomalar yuzasida shishlar ko'rinadi, ular disklarning dekonden-
satsiyalanishi natijasida hosil bo’ladi. Shishlarda RNK sintezlanadi. Demak shishlar
transkripsiya joyi hisoblanadi. Shishlar xromosomalar yuzasidagi vaqtinchalik
tuzilmalar hisoblanadi. Organizm rivojlanishi mobaynida ular muayyan joyda va
vaqtda hosil bo’ladi. Ularning hosil bo'lishi gen faolligi natijasidir. Ularda hasharot-
lar rivojlanishining turli bosqichlarida turli oqsillarning sintezi uchun RNK hosil
bo'lib turadi.
Xromosomalardagi disk va shishlarning joylashishi turga xos belgi bo'lgani
uchun genetik usullar yordamida turli genlar joylashish joyi, morfologiyasi o'r-
ganilib ular asosida xromosoma xaritasi tuzilgan.
Endoreproduksiyaning boshqa ko'rinishida
Dostları ilə paylaş: |
|
|