O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

poliploidiya
  bo'linish  dukining 
buzilishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  Bunda  xromosoma  kondensatsiyalanadi.  Bu  ja-
rayon 
endomitoz 
deyiladi, chunki xromosomalarning kondensatsiyasi va o'zgarishi 
yadroning ichida yadro qobig’i erimasdan sodir bo'ladi. Endomitoz boshida xromo-
somalar  kondensatsiyalanadi  va  yadro  ichida  yaxshi  ko'rinadigan  bo'lib  qoladi. Bu 
bosqich  oddiy  mitozning  profaza  va  metafazasi  singari  o'tadi.  Shundan  so'ng  xro-
mosomalar  ko'rinmaydigan  holatga  kelib  yadro  oddiy  interfaza  ko'rinishiga  ega 
bo'ladi,  lekin  hajmi  kattalashadi.  Keyingi  DNK  replikatsiyasidan  keyin  endomitoz 
takrorlanadi.  Natijada,  poliploid  (32n)  va  gigant  yadrolar  hosil  bo’ladi.  Kartoshka 
tuganagi  hujayralarida  xromosomalar  doim  spirallashgan  holatda  bo'lib  interfaza 
davri qisqarib ketgan. 
Poliploid  hujayralar  hosil  bo'lishining  yana  bir  usuli  metafazada  bo'linish 
dukining  bo'lmasligi  natijasida  hosil  bo’ladi.  Bunda  ham  ikkita  xromosomalar 
to'plamining qo'shilishi kuzatiladi. 


 
98 
Poliploid  somatik  hujayralar  hosil  bo'lishining  boshqacha  usuli  sutemi-
zuvchilarda kuzatiladi. S davridan keyin 4s DNK ga ega bo'lgan hujayralar mitotik 
bo'linadilar  va  uning  hamma  fazalarini  o'tadilar,  lekin  telofazadan  keyin  sitokinez 
ro'y bermaydi. Natijada 2 yadroli hujayra hosil bo’ladi (2n+2n). Bu hujayra yana bir 
marta  S  davrni  o'tishi  natijasida  ikkala  yadro  4s  DNK  va  4  n  xromosalarga  ega 
bo'lib  qoladi.  Bunday  hujayra  mitozga  kirib  metafazada  ikkala  yadrodagi  hujay-
radagi xromosomalar qo'shiladi (8n) va keyingi normal bo'linishdan 2 ta tetraploid 
hujayra  hosil  bo’ladi.  Shu  usul  bilan  jigar,  buyrak,  ko'z  setchatkasi,  oshqozonosti 
bezida poliploid hujayralar hosil bo’ladi. 
Bu jarayonning biologik ahamiyati nimadan iborat? Shuni aytish kerakki, bu 
holat yuqori takkomillashgan, maxsus vazifalarni bajaruvchi hujayralarda uchraydi. 
Bunday  hujayralar  bo'linishda  ishtirok  etmaydi.  Hasharotlardagi  politen  xromoso-
malar  hasharotning  metamorfozi  natijasida  lizislanadi.  Endomitoz  natijasida  hosil 
bo'lgan  hujayralar  mitoz  yo'li  bilan  ko'paya  olmaydi,  ular  faqat  amitoz  yo'li  bilan 
ko'payadi.  
Somatik  poliploidiyaning  asosiy  mohiyati  hujayralar  o'lchamini  katta-
lashtirish orqali ular unumdorligini oshirishdan iborat. 
Butunlay  differensiatsiyaga  uchragan  hujayra  bir  vaqtning  o'zida  ham  o'zi-
ning ko'payishi uchun kerak va to'qimaning faoliyati uchun kerak mahsulotlarni sin-
tezlay olmaydi. Ba'zan bunday o'tishlar organizm uchun zarar ham bo'lishi mumkin. 
Masalan, nerv hujayralari bo'linishi uchun ular bajarayotgan vazifasini o'chirib turib 
keyin  bo'linishga  kirishi  mumkin.  Endoreproduktsiya  hujayralarga  asosiy  vazifasi-
dan  uzluksiz  ravishda  o'z  hajmini  kattalashtirib  ish  maydonini  kengaytirishga 
yordam  beradi.  Poliploidiya  natijasida  vegetativ  va  generativ  a'zolar  o'sadi.  Kar-
toshka tuganagining kattalashishi endomitozlangan hujayralar hajmining ortishi na-
tijasida bo'ladi. 
O'simliklarda poliploidiya bitta turga kiruvchi organizmlar xromosomalarinig 
qo'shilishidan- avtopoliploidiya yoki chatishrirish natijasida har xil turlarga kiruvchi 
organizmlar xromosomalarining qo'shilishidan - allopoliploidiya xos bo'lishi mum-
kin.  Poliploidlar  orasida  bitta  xromosomasi  kam  yoki  ko'p  bo'lgan  o'simliklarni 
uchratish mumkin. Bu holat aneuploidiya deyiladi. 
Aneuploidiya  anafazada  gomologik  xromosomalar  ajralmasdan  hujayraning 
bitta qutbiga tortilishi natijasida hosil bo’ladi. 
Diploid  to'plamiga  bitta  ortiqcha  xromosoma  qo'shilgan  organizmlar 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə