100
lan xarakterli bo'lib, uning rivojlanishi buyrak, jigarni shikastlantiradi. Oshqozono-
sti bezi Langergans orolchalaridagi hujayralarda insulin gormoni ishlab chiqariladi.
Bu hujayralarda betta granulalari sonining kamayib ketishi natijasida gormon ishlab
chiqarilishi kamayadi va kasallik rivojlanadi. Bir guruhga tegishli hujayralarda yuz
beradigan o'zgarishlar sekin- asta boshqa guruh hujayralarini ham qamrab oladi.
Shuni aytish kerakki, normal sog’lom organizmda muntazam ravishda hujay-
ralar nobud bo'lib turadi. Bular qon hujayralari, qoplovchi va ichak epiteliysi hujay-
ralari o'zini vazifasini o'tagandan so'ng hozirgacha noma'lum sabablarga ko'ra
ularda biror bir funksiyaning o'chishi hujayra o'limiga olib keladi. Ko'pgina hujay-
ralar embrional rivojlanish davrida nobud bo'ladi. Masalan, vaqtinchalik a'zolarni
hosil qilishda ishtirok etadigan hujayralar. Nobud bo'lgan hujayralar to'qimadan
fagositoz yo'l bilan chiqariladi. Ularning o'rni yangi hujayralar bilan to'ldiriladi.
O'limdan oldin bu hujayralarda sintez jarayonlari to'xtab faolligi kamayadi,
vakuolyar tizimi qismlarga ajraladi, mitoxondriyalar o'zgarishga uchraydi va lizo-
soma ichidagi fermentlar tashqariga chiqishi natijasida hujayra lizislanadi (erib ket-
adi).
Shikastlangan hujayralarda ATF sintezi to'xtab kislorodga bo'lgan ehtiyoj
oshadi.
Yadroning strukturaviy o'zgarishida xromatin kondensatsiyalanib yadro
ichida sintez jarayonlari kamayadi.
Hujayra nobud bo'lishida xromatin koagulyatsiyasi, ya'ni uning agregatlar
ko'rinishida yadroda yig’ilishi kuzatiladi (
Dostları ilə paylaş: