O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Mashg’ulotning  rivojlantiruvchi  maqsadi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Mashg’ulotning  rivojlantiruvchi  maqsadi
:  talabalarning  hujayra  o'limi 
ko'rinishlari va unga sabab bo'ladigan omillar haqidagi bilimlarini , mustaqil mush-
ohada yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish. 
Mashg’ulot  jihozlari:
  apoptoz  tanachalari  tasvirlangan  rasm,  shikastlangan 
va nekroz yo'li bilan nobud bo'layotgan to'qima qismi tasvirlangan slaydlar.
 
Ko'p  hujayrali  organizmlarda  alohida  olingan  yoki  bir  guruh  hujayralarning 
nobud bo'lib turishi (o'limi) bir hujayrali organizmlarning nobud bo'lishi kabi tabiiy 
holdir. Hujayralarning nobud bo'lishiga morfologik yoki biokimyoviy omillar sabab 
bo'lishi  mumkin.  Hujayra  o'limining  ikki  ko'rinishi  mavjud:  nekroz  (yunoncha  ne-
krosis-“nobud  bo'lish”)  va  apoptoz  (  yunoncha  “tushib  qolish”,  “parchalanish”). 
Apoptozni hujayraning programmalashtirilgan o'limi deb ham atashadi. 
Nekroz 
Hujayra  o'limining  bu  ko'rinishi  hujayra  membranasining  o'tkazuvchanlik 
xossasining buzilishi  natijasida  ichki  gomeostazning  buzilishi bilan  bog’liq bo'lib, 
hujayra  ichidagi  ionlar  kontsentratsiyasi  buzilib, mitoxondriyalar  tiklanmas  o'zgar-
ishlarga va hamma hayotiy jarayonlarning to'xtashiga olib keladi. Nekroz plazmatik 


 
106 
membrananing  shikastlanishiga,  ko'pgina  zaharli  moddalar  ta'sirida  membrananing 
shimish  kuchining  pasayishiga,  energetik  jarayonlarning  buzilishiga  olib  keladi. 
Bunda  plazmatik  membrananing  o'tkazuvchanlik  xossasining  ortishi  natijasida  hu-
jayra ichiga suv kirib, u shishadi, sitoplazmada Na
+
 va Ca
2+
 ionlari kontsentratsiyasi 
oshadi,  vakuolyar  tizim  komponentlari  membranalari  uzilib  sitozolda  oqsil  sintezi 
to'xtaydi,  lizosoma  gidrolazalari  sitoplazmaga  chiqib  hujayra  lizislanadi.  Sitoplaz-
madagi bu o'zgarishlar bilan bir vaqtda yadroda ham o'zgarishlar kechadi. Nekroz-
ning  o'ziga  xos  tomoni  shundaki  unga  katta  guruh  hujayralar  uchraydi.  Nekrozga 
uchragan  hujayralar  leykotsitlar  hujumiga  uchrashi  natijasida  to'qimaning  shu 
qismida shamollash jarayonlari rivojlanadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə