O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Mashg’ulotning  tarbiyaviy  maqsadi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Mashg’ulotning  tarbiyaviy  maqsadi
:  talabalarni  sitologiyada  qo'lla-
niladigan  tadqiqot  usullari  bilan  tanishtirish  orqali  ularning  ilmiy  dunyoqarashini 
kengaytirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini orttirish. 
Mashg’ulotning  rivojlantiruvchi  maqsadi
:  talabalarning  tadqiqot  usullari 
haqidagi  bilimlarini,  darslik  ustida  mustaqil  ishlash,  mantiqiy  fikr  yuritish 
ko'nikmalarini rivojlantirish. 
Mashg’ulot jihozlari
: turli mikroskoplarning ko'rinishi tasvirlangan slaydlar, 
elektron mikroskop rasmi. 
Sitologiyada qo'llaniladigan tadqiqot usullari bir necha xil bo'lib, zamonaviy 
tadqiqot  usullari  tirik  va  fiksatsiyalangan  (qotirilgan)  tuzilmalarni  o'rganishga  im-
kon beradi.  
Klassik  tadqiqot  usuli  kesmalarni  fiksatsiyalab  bo'yagan  holda  tayyorlangan 
preparatlar hisoblanadi. Bu preparatlarni o'rganishning asosiy usuli mikroskop osti-
da ko'rishdir. Preparatlar juda yupqa va yorug’lik o'tkazadigan bo'lishi kerak. 
Preparatlar ko'pincha yorug’lik mikroskopi ostida ko'riladi. Elektron mikros-
kop eng murakkab molekulyar qismlarni o'rganishga imkon beradi. 
Biologik  laboratoriyalarda  aksari  yorug’lik  mikroskopidan  foydala-
niladi(2rasm).  Bu  mikroskopning  o'ndan  ortiq  turlari  bor.  Ular  elektr  yoki  tabiiy 
yorug’lik  bilan  ishlaydi.  Hozirgi  vaqtda  gistologik  va  sitologik  preparatlarni 
mikroskopda ko'rishning 15 dan ortiq usuli mavjud. Quyida ularning eng asosiylari 
ustida qisqacha to'xtalib o'tamiz. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə