|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-rasm. Elektron mikroskopning umumiy ko'rinishi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.3-rasm. Elektron mikroskopning umumiy ko'rinishi
Sitokimyoviy tadqiqot usullari.
Yuqorida aytib o'tilganidek, hozirgi
mikroskoplar yordamida tirik yoki fiksatsiya qilingan (qotirilgan) ob'yektlarning
nozik morfologik tuzilmalari har tomonlama o'rganilsa ham, ammo ularning sifat va
miqdoriy tarkibi to'la ochilmay qolaveradi. Buni, odatda, alohida sitokimyoviy
tadqiqot usullari yordamida o'rganiladi.
Sifatiy sitokimyoviy usullar.
Bu usullar sitologik va kimyoviy tekshirish
usullarini birga qo'llash natijasida kelib chiqqan. Binobarin, sifatiy sitokimyoviy
tekshirish usullari yordamida organ, to'qima va hujayralarning kimyoviy tuzilishi,
ularda boradigan kimyoviy jarayonlar o'rganiladi. Ular yordamida hujayralarda
sodir bo'lib turadigan moddalar almashinuvi jarayonlari haqida aniq tasavvurga ega
bo'lish mumkin. Hozirda sitokimyoviy usullar qo'llab, hujayralar tarkibidagi ami-
nokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va lipidlar hamda fermentlar
faolligini aniqlash mumkin. Masalan, gallosianin RNKni binafsha rangga bo'yaydi
va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |
|
|