O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Miqdoriy  sitokimyoviy  usullar



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Miqdoriy  sitokimyoviy  usullar.
  Sitologik  usullar  uzluksiz  takomillashib, 
murakkablashib  bormoqda.  Endilikda  shunday  sitokimyoviy  tekshirish  usullari 
yaratildiki, ular yordamida faqat hujayralar takibidagi moddalar, ya'ni elementlarn-
ing  sifati  emas,  balki  ularning  miqdorini  ham  aniqdash  mumkin.  Bunday  usullar 
sitologiyada miqdoriy sitokimyoviy tadqiqot usullari deb nom oldi. Ular yordamida 
odatda, muayyan to'qima va hujayralar tuzilmasi aniqlanadi. 


 
16 
Radioavtografiya  usuli.
  Bu  usul  yangi  zamonaviy  usul  bo'lib  uning 
yordamida  hujayra  va  to'qimalardagi  moddalar  almashinuvi  o'rganiladi.  Buning 
uchun hayvon organizmiga ovqat hazm qilish sistemasi orqali yoki in'yeksiya yo'li 
bilan  har  xil  radioaktiv  elementlar  yoki  nishonlangan  birikmalar  yuboriladi.  Radi-
oaktiv  fosfor-P,  uglerod-C,  oltingugurt-S,  vodorod-H  yoki  har  xil  izotop, 
chunonchi,  radioaktiv  izotop  kabilalar  shular  jumlasidandir.  Mazkur  moddalardan 
birortasi eksperemintal hayvon organizmiga u yoki bu yo'l bilan kiritilgach, har xil 
muddatlarda ajratib olingan a'zolardan bo'lakchalardan sitologik preparatlar tayyor-
lanadi. Preparat tayyorlash odatdagi sitologik usul bilan deyarli bir xil. Lekin farqi 
shundaki  mikrotom  yordamida  olingan  kesmalar  alohida  fotoemulsiyaga  solib 
qo'yiladi (bu ishlar albatta, qorong’i joyda bajariladi). Bu vaqtda radioaktiv modda-
lar nuri hujayralarga fotoemulsiya orqali o'tib, kumush bromid donachalarni sensi-
bilizatsiyalab  (sezib)  qabul  qiladi.  Har  xil  muddatlardan  so'ng  shu  qorong’i  joyda 
ularni  xuddi  fotografiya  qog’ozlarini  tayyorlagandek  qilib  yuzaga  chiqaruvchi 
(proyavitel) va boshqa eritmalarga solib ishlov beriladi. Shunda to'qimada radioak-
tiv to'plangan joyida kumush donachalari ko'plab yig’ilib ko'rinadi. Binobarin, ana 
shu  kumush  moddalarning  yig’ilgan  miqdoriga qarab,  a'zodagi  moddalar  almashi-
nuvi tez yoki sekin borayotgani haqida xulosa chiqarish mumkin.  

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə