O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


  Tiriklikning  hujayrasiz  va  hujayraviy  shakllari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

18 
Tiriklikning  hujayrasiz  va  hujayraviy  shakllari.
  Qaysi  hujayra  va  or-
ganizmda  metabolizm  (moddalar  almashinuvi),  ko'payish,  harakatlanish  kabi  ja-
rayonlar  sodir  bo'lib  tursa  u  tirik  hisoblanadi.  Rang  -  barang  organik  olamda  tiri-
klikning ikki xil: hujayrasiz va hujayraviy shakllari tafovut etiladi. 
Hujayrasiz shaklga 
viruslar
 kiradi. Hujayraviy shaklga 
prokariotlar, eukar-
iotlar
  mansubdir.  Virusning  mavjudligi  1892  yilda  ilk  bor  botanik  olim  D.I. 
Ivanovskiy  tomonidan,  tamaki  bargining  kasalini  o'rganish  natijasida  topilgan.  Bu 
mavjudotlar mayda bo'lib, bakterial filtrdan ham o'tib ketadi. Viruslar o'z tuzilishiga 
ko'ra  o'ta  sodda  bo'ladi.  Ularda  oqsil  g’ilof  (kapsid  )  ga  o'ralgan  bir  molekula 
nuklein kislotasi mavjud. Ko'pgina viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat yana bir 
parda - adperkapsid bilan o'ralgan. Viruslarning tuzilishi faqatgina elektron mikros-
kop orqali o'rganiladi. 
Hujayralardan  tashkil  topgan  tirik  tabiat  olamining  barcha  organizmlari  ikki 
yirik guruhga bo'linadi. 
1.  Prokariotlar  (
pro
-  avvalgi, 
karion
  -  yadro)  bakteriyalar,  ko'k  yashil  suv 
o'tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, ba'zilarida avtotrof yoki 
fotoavtotrof jarayonlari bilan boradi, ko'payishi - jinssiz. 
2. Eukariotlar - bir hujayralilar, zamburug’lar, o'simlik va hayvon hujayralari.  
Bakteriyalar  juda  xilma  -  xil  bo'lib,  ular 
murein
  moddasidan  iborat  zich 
qobiq bilan o'ralgan bo'ladi. Ko'pgina bakteriya hujayralari shilliq kapsula- qo'shim-
cha  himoyaviy  pardaga  ega.  Bakteriyalarda  ribosomadan  boshqa  hujayra  ichki  or-
ganoidlari bo'lmaydi. Uning genetik materiali halqa hosil qilgan DNKdan – 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə